3-Mavzu: Numizmatika fani, shakllanishi va taraqqiyoti. G‟arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/40
Sana03.01.2022
Hajmi0,91 Mb.
#315134
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
3-mavzu ma'ruza matni

Shohruh  tangalari. 

Amir  Temur  pul  va  moliya  siyosatini,  hamma  o‗lkalar 

uchun  yagona  bo‗lgan  pul  birligi  chiqarish  bilan  Amir  Temur  tomonidan  olib 

borilgan umumiy pul siyosatini mantiqiy yakunlagan holda, uning sevimli nabirasi 

-  Ulug‗bek  oxiriga  еtkazgan.  Uning  tangalarida  ulug‗  Amir  Temur  tamg‗asi 

tushirilgandi. Lekin bundan birmuncha vaqt oldin, uning otasi ―Shohruh tangalari‖ 

nomli kumush tangalar va ―misqoli‖ tangalari muomalada yurgan.  

  Shohruh  Mirzo  Movarounnahr  va  Xurosonning  bosh  hukmdori  sifatida 

Astrobod,  Buxoro,  Domg‗on,  Isfahon,  Qushon,  Kirmon,  Qum,  Nishopur,  Marv, 

Samarqand, Sabzavor, Sova, Sultomiya, Tabriz, Xorazm, Hirot, Sheroz va boshqa 

shaharlarda  o‗zining  kumush  tangalarini  zarb  qildi.  Tangalarning  old  tomoniga 

―Lo iloha illoloh Muhammad rasul Olloh

‖ deb Qur‘ondan kalima yozilgan bo‗lsa, 

uning  to‗rt  burchagiga  dastlab  to‗rt  halifa  -  Abu  Bakr,  Umar,  Usmon  va  Ali 

nomlari  yozilgan.  Orqa  tomoniga  esa  asosan: 



―Sulton  al-a‘zam  Shoxruh  bahodir 

xaldolloh  mulikixu  va  sultanahu‖

  deb  yozilgan  so‗zlar  bilan  birga,  bu  kumush 

tangalar zarb qilingan sana va shaharlarning nomi qayd etilgan.  

  Ulug‗bek  mis  tangalari  Buxoro,  Qarshi,  Samarqand,  Termiz,  Shahrisabz, 

Shohruhiya  va  Andijon  shahrida  chiqarilgan.  Keyinchalik  eski  tangalar 

muomaladan  chiqarilib,  yangiga  almashtirilgan  va  bu  tangalar  avvalgisidan  farqli 

o‗laroq markazlashgan holda chiqarila boshlagan.  

  Ulug‗bek  tomonidan  pul  muomalasini  tartibga  solgan  chuqur  islohot 

o‗tkazilgan. U nafaqat ko‗zga ko‗ringan olim, balki qobiliyatli moliyachi bo‗lgan. 

Shuning  uchun  Ulug‗bek  tangalari  XV1  asrning  boshlarigacha  muomalada 

bo‗lgan. 

Islohotlar  quyidagicha  edi:  1428  yilda  bu  vaqtga  qadar  chiqarilgan  kichik 

qiymatli  mis  tangalarini  ishlatish  ta‘qiqlangan,  ularni  bir  muncha  vaqt  davomida 

yangi, kattaroq qiymatga ega bo‗lgan tangalarga almashtirish mumkin bo‗lgan, shu 

yili  Movarounnahrning  ko‗p  shaharlarida  yangi  tangalar  chiqarila  boshlangan. 

Almashtiruv  muddati  o‗tgandan  keyin  Buxorodan  tashqari  hamma  shaharlardagi 

pul  zarbxonalari  yopilgan.  Mis  tangalar  faqat  Buxoro  shahrida  ko‗p  yillar 

mobaynida  chiqarilgan  va  Ulug‗bek  hayotligida  ham  va  uning  o‗limidan  keyin 

ham savdoni bir xil sharoitda rivojlanishini ta‘minlagan.  



Mirzo  Ulug‗bek  Movarounnahrdagi  savdo-sotiqni  rivojlantirish  va  bozorda 

savdo muomalasida yuritilgan mis pullarni tartibga keltirish maqsadida 1428-1429 

yillarda pul islohotini o‗tkazib, mis pullarni yangi ko‗rinishdagi shaklda zarb qildi.  

O‗rta  Osiyo  hududidan  topilgan  juda  ko‗p  dafinalar  (xazinalar)ni  o‗rganish 

jarayonida  shu  narsa  ayon  bo‗ldiki,  Ulug‗bek  1420  yillari  birinchi  marta  pul 

islohoti  o‗tkazib,  zarb  qilgan  mis  pullarning  aversining  burchak  shaklida 

tasvirlangan  yulduzcha o‗rtasiga: 

zarb  Samarqand  adliya

  -  deb  yozdirgan  bo‗lsa, 

reversida esa ya‘ni bu pullarning zarb qilingan 823/1420-yili arabcha so‗zlar bilan 

yozilgan. 

823/1420  yillari  Samarqandda  zarb  qilingan  mis  pullar  1428-29  yillari 

Buxoroda zarb qilingan pullar bilan bir dafinada topilmaydi yoki juda kamdan-kam 

uchraydi.  Bundan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkin:  1420  yillari  Samarqandda 

zarb  qilingan  tangalar  (mis  pullar)  1428-29  yillari  Buxoroda  zarb  qilingan  pullar 

bilan almashtirilgan, ya‘ni 1420 yillari Samarqandda zarb qilingan eski mis pullar 

yig‗ib olinib, o‗rniga yangi ko‗rinishdagi pullar muomalaga chiqarilgan. 

1428-29  yillarda  zarb  qilingan  tangalar  aversining  markaziy  qismiga  ―zarbi 

Buxoro‖  deb  yozilgan  bo‗lib,  uning  chor  atrofi  turli  gulsimon  naqshlar  bilan 

bezatilgan,  orqa  tomoniga  esa  bu  pullarni    zarb  qilgan  sanalar  yozilgan: 

―Fi  at 

tarix  sanai  isna  salosina  va  sammia‖,  ya‘ni  832/1428—29  yil

  -  deb  yozilgan. 

Bunday  mis  pullar  faqat  Buxoroda  emas,  balki  butun  O‗rta  Osiyoda  eng  ko‗p 

tarqalgan. 832/1428-29 yillarda zarb qilingan pullarning bunday ko‗p topilishining 

asosiy  sababi,  bu  pullar  bu  sana  bilan  zarb  qilinibgina  qolmasdan,  balki  undan 

keyingi  yillarda  chiqarilgan  pullarga  ham  1428  yil  sanasi  qo‗shib  zarb 

qilinganidadir.  Huddi  shunday  tangalar  Movarounnahrdagi  boshqa  shaharlarda 

ham,  Xuroson,  Andigon  (Andijon),  Qarshi  (Kesh),  Termez,  Samarqand  va 

Shohruhiyada  ham  zarb  qilingan  bo‗lsa,  keyinroq  bunday  pullarni  zarb  qilish 

asosan  Buxoroga  markazlashtirilgan.  832/1428-29  yillari  zarb  qilingan  mis  pullar 

XV  asrling  oxiri  va  XVI  asrning  boshlarida  ham  savdo  muomalasida  bo‗lgan. 

Lekin  bu  pullarning  ustiga  har  bir  shahar  o‗z  tamg‗asini  urib  muomalaga 

chiqargan. 

Abdullatif  Samarqand  saltanatida  6  oy  hukmronlik  qilgan  bo‗lsa  ham  o‗z 

nomidan  pul  chiqarishga  ulgurdi.  Bu  tangalarga  o‗z  nomi  bilan  birga    bobosi  

Shohruh  nomini ham qo‗shib zarb  qildirdi: 



As-Sulton al-a‘zam Abdullatif bahodir 

ibn Shohruh bahodir ibn Temur  Ko‗ragon. Samarqand,sanasi  853/1449). 

Abdullatif  o‗ldirilgandan  so‗ng  Samarqand  taxtini  Ulug‗bekning  jiyani  

(Mirzo Ibrohimning o‗g‗li) Mirzo Abdulla egalladi. U Samarqandda bor-yo‗g‗i bir 

yil  hukmronlik  qildi  va  shu  vaqt  ichida  o‗z  nomidan  tanga  pullar  zarb  qildi.  Bu 

pullarning aversiga odatdagiday Qur‘ondan kalima va dastlab to‗rt halifaning nomi 

yozilgan edi.  




1451  yili  Samarqand  hukmronligini  o‗zini  Mironshohning  nabirasi,  Sulton 

Muhammadning  o‗g‗li  deb  yuritgan  Mirzo  Abusaid  egalladi.  Abusaid  Shoxruh 

vafotidan  keyin  parchalanib  ketgan  Temuriylar  davlatini  birmuncha  tiklashga 

muvaffaq bo‗ldi. U o‗z nomidan tangalar zarb qildi.  

Abusaid  vafotidan  so‗ng  o‗g‗li  Sulton  Ahmad  1469  yili  Samarqand  taxtiga 

o‗tirdi.  Sulton  Ahmad  Samarqandda  1469-1494  yillari  hukmronlik  qilib  o‗z 

nomidan  tanga  pullar  zarb  qildi.  Bu  tangalarning  reversiga: 

As-Sulton  al-a‘zam 

Sulton Axmad Ko‗ragon xaldolloh ta‘olo mulikixu va sultonaxu, zarb Samarqand) 

deb yozdirgan.

  

1495 yili uning ikkinchi o‗g‗li Boysunqur 18 yoshida Samarqand taxtiga ega 



bo‗ldi  va  1497  yilga  qadar  hukmronlik  qilib  o‗z  nomidan  tanga  pullar  chiqardi. 

Boysunqur  tangalarining  reversiga: 



―As-Sulton  al-a‘zam  xaldolloh  mulikixu  va 

sultana-hu‖

  deb  yozdirgan.  Tanganing  markaziy  qismida  yumaloq  doira  ichiga 



Sulton  Boysunqur  g‗ozi,  901‖/1495-96

  -  deb  yozilgan  bo‗lsa,  tangalarning 

aversiga: 

―Lo  ilox  illoloh  Muhammad  rasul  Olloh,  atrofiga  esa  avvalgi  to‗rt 

halifaning  nomi  va  sifatlari:  Abu  Bakr  as-Siddiq,  Umar  al-Farrux,  Usmon  zul-

nurayn,  Ali al-Murtazoi‖

 - deb yozilgan. 

Sulton  Husayn  Boyqaro  zamonida  (1470-1506)  Xurosonning  Astrobod, 

Mashhad,  Marv,  Sabzavor  shaharlarida  oltin,  kumush  va  misdan  tangalar  zarb 

qilinib, savdo muomalasida keng yuritildi.  

Temur va Temuriylar tangalarida ramziy ma‘noni anglatuvchi doira kvadratli 

geometrik  shakllar  borki  ular,  ularning  ichida  4,  6,  8  qirrali  yulduzlar  yoki 

uchburchak,  besh  burchak  va    olti  burchakli  belgilar  bor.  Bunday  shakllarni 

me‘moriy inshootlarda (ya‘ni, saroy, machit, madrasa) ham ko‗rish mumkin. 


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish