Viktoriat
- qadimgi Rim kumush tangalaridan biridir. Viktoriat kumush
tangasi miloddan avvalgi 269 yildan zarb qilina boshlagan. Viktoriatning og‗irligi
3,9 grammga teng bо‗lgan. Keyinchalik Rim dinori keng muomalaga kiritilib zarb
qilina boshlaydi, chunki dinorlar juda kо‗plab davlatlarda muomalada edi. Shuning
uchun viktoriatga bо‗lgan talab pasaya bordi va asta-sekin muomaladan chiqib
ketdi.
Rim respublikasi о‗zining oltin tangalari bilan ham dunyoga mashhur
bо‗lgan. О‗sha tangalardan biri aureusdir. ―Aureus‖ lotincha sо‗z bо‗lib, ―oltin‖
degan ma‘noni bildiradi. Aureus Rim oltin tangasi birinchi bor Yuliy Sezarning
harbiy yurishlaridan keyin zarb qilina boshladi. Ungacha Rimda oltin tangalar juda
kam chiqarilgan, ular sanoqli miqdorda bо‗lgan. Masalan, Avgust davrida oyiga 40
ta oltin Rim funti chiqarilgan va u 8,19 grammga teng bо‗lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |