5. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari.
Qobiliyatlar odamga shaxsning hamma individual psixologik xususiyatlari kabi qandaydir tabiat
tomonidan tug`ma ravishda tayyor holda berilmaydi, balki faoliyat jarayonida tarkib topadi. Odam
dunyoga hech qanday psixik xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan
keladi. O`z zamonasida Platon “qobiliyatlar tug`ma ravishda berilgan bo`ladi va odam foydalanadigan
barcha bilimlar uning “absolyut bilimlar” ideal olamida bo`lishligi haqidagi tasavvurlardan iboratdir” -
degan edi. XVII asrda Dekart tug`ma g`oyalar haqidagi ta`limotni gavdalantirilgan. Bu kambag`allarni
o`qitib bo`lmaydi, deb ularga past nazar bilan qarashga, ularni kamsitishga reaktsion fikrlarga olib keladi.
Qobiliyatning tug`maligini inkor qilish absolyut tabiatga ega emas. Psixologiya qobiliyatning tug`ma
ekanligini tan olmas ekan, bu bilan miyaning tuzilishi bilan bog`liq bo`lgan differentsial xususiyatlarning
tug`maligini inkor qilmaydi. qobiliyat taraqqiyotining daslabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo`ladigan
miya tuzilishining, sezgi a`zolari va funktsional xususiyatlari - layoqat deb ataladi. Layoqat ko`p
qirralidir. Faoliyat tomonidan qo`yilgan talablarning tabiatiga bog`liq ravishda aynan bir xil layoqatlar
asosida har xil qobiliyatlar rivojlanishi mumkin.
F.A.Gallning fikricha odamning hamma qobiliyatlari “aql” va “qobiliyat” sifatlari miya yarim
sharlarida o`zining maxsus qat`iy markazlari mavjud ekan, ya`ni bu sifatlarning taraqqiyot darajasi miya
tegishli qismlarining miqdoriga to`g`ridan to`g`ri bog`liqdir. SHuning uchun odamning kalla suyagiga bir
qarash yoki boshidagi dumboqchalarini shunchaki paypaslab ko`rish orqali go`yo odamning
qobiliyatlarini aniqlasa bo`ladi. Layoqatning miya miqdori massasi va og`irliga bog`liq haqidagi faraz
ham bekor qilingan. Katta yoshdagi odam miyasining o`rtacha og`irligi 1400 g. ga yaqin bo`ladi.
I.S.Turgenev miyasining og`irligi 2012, D.G.Bayronniki 1800 g, mashhur ximik YU.Libixniki 1360 g,
yozuvchi A.Fransniki 1017 g bo`lgan. eng katta miya aqliy jihatdan nuqsoni bor odamga taalluqli ekanligi
aniqlangan.
Qobiliyat va irsiyat. 1675 yilda F.Galtonning “Talantning irsiyatga bog`liqligi uning qonunlari va
oqibatlari” degan kitobi nashr qilingan. Bunda muallif bir necha yuzlab mashhur kishilarning qarindoshlik
aloqalarini o`rganib, talant yoki onadan irsiyat yo`li bilan o`tadi degan xulosaga kelgan. Biroq
Galltonning xulosalari ilmiy jihatdan asoslanmagan edi. Baxlar oilasida musiqaga bo`lgan talant
dastavval 1550 yilda ma`lum bo`lgan. Bu talant 1800 yillarda yashagan qandaydir Regina So`sannadan
so`ng tamom bo`lgan. Umuman Baxlar oilasida 57 dan ko`p musiqachi bo`lgan. Ularning 20 tasi mashhur
bo`lgan. Bend degan skripkachilar oilasida 9 ta mashhur musiqachi bo`lgan. Gaydon oilasida ikkita
mashhur musiqachi bo`lgan. Ko`pchilik hollarda mashhur odamlarning nasl - nasablarini o`rganish
biologik irsiyatdan emas, balki hayot sharoitining nasldan naslga o`tishidan, ya`ni qobiliyatlar
taraqqiyotiga yordam berishdan ekanligi ma`lum bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |