Ijtimoiyish



Download 10,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/74
Sana02.01.2022
Hajmi10,86 Mb.
#311427
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
Bog'liq
Ijtimoiy ish etikasi

Hantkasabalar bilan o'zaro munosabatlar:

-   ham kasblaringiz  va  boshqa  m utaxassislam ing  kasbiy  tayyor- 

garligi va am aliy faoliyatiga hurm at bilan munosabatda boMing;

289



-  ularga ijtim oiy ish sam aradorligiga erishishlarida qoMingizdan 

kelgan yordam ni bering;

-  ham kasblaringiz va boshqa  m utaxassislam ing turlicha  fikrlari 

va am aliy yondashuvlariga hurm at bilan m unosabatda boMing;

-   tegishli  instantsiyalarda  tanqidiy  mulohazalaringizni  toMa 

m as’uliyat bilan bayon qiling;

-  ham kasablaringiz,  boshqa  m utaxassislar va  ko‘ngillilar orasi- 

da  bir-birlarini  o ‘zaro  m ukam m allashtirish  va  o ‘zlarini  namoyon 

qilish  m aqsadida  bajarilayotgan  bilimlar,  ko‘nikm alar va g ‘oya!arni 

olishga va tarqatishga boMgan harakatlarga ko‘maklashing;

-   m ijozlar  manfaatlari  yoki  axloq  m a’yorlari  buzilishi 

to ‘g ‘risidagi har qanday maMumotlarni tegishli  idoralarga yetkazing;

-  ham kasblaringizni  adolatsiz hurujlardan himoya qiling.

K asbga  m unosabat:

-   kasbning qadrini, bilim lar va m etodologiyasini him oya qiling, 

ulam i  om m alashtirish  va  takom illashtirishga  o ‘z   hissangizni 

qo'shing;

-   ijtim oiy 

ishdagi 

professionalizmni 

koMaring, 

uni 


har 

tom onlam a takom illashtirishga harakat qiling;

-   kasbingizni  o ‘rinsiz tanqiddan  him oya qiling,  kasbingiz zarur 

ekani  to‘g'risidagi  ishonchni  mustahkam lash  uchun  imkoni  bor 

ishlam ing barchasini qiling;

-   kasbingizni,  uning  nazariyalari,  usullari  v a  amaliyotini 

konstruktiv tanqid qiling;

-   yangi  va  m avjud  boMgan  ehtiyojlarni  qondirish  uchun  zarur 

boMgan  ijtim oiy ishning yangicha yondashuvlari va usullarini  ishlab 

chiqishni har tom onlam a rag‘batlantiring.

Ijtim oiy xizm atchining m ajb u riy atlari:

-   v a’zxonlik qilmaslik, buyruq bermaslik, ta ’qiqlamaslik;

-   m ijoz  shaxsining  sha’ni  va  betakrorligini  hurm at  qilib  uni 

harakatga, tashabbusga, ijodga undash;

-   m ijozga  quloq  tuta  bilish,  sabr-toqat  ko‘rsatish,  m uam m o  va 

vaziyatni  tushunish,  uning  o ‘m iga  o ‘zini  q o 'y a   bilish,  nazokat  va 

odob ko‘rsata bilish;

-   muloqotmand  boMish,  ochiq  boMish,  m ijozni  «gapirtira 

bilish», birgalikda m uam m olarning yechim ini aniqlash;

-   atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli boMish;

290



-  mijoz va uning atrofidagilar o ‘rtasida vosita, bogMovchi halqa 

Im'lish,  mijozga  ko‘rsatilayotgan  xayriya  yordami  orqali  uning 

lh a ’ni pastga urilishiga yoM qo‘ymaslik;

-  mijoz  bilan  ishlashda  norasm iy  bo‘la  bilish,  mijozning  o‘z 

imiummolarini  hal  qilishda  m aslahatchi,  ko‘makchi  vazifasini 

Itajarish; o ‘zaro m unosabatlam i tenglik asosidagi dialogga qurish;

-   doimo  insonparvarlik  va  mehribonlik  nuqtayi  nazaridan 

yondashish;

-   mijozni m uhokama qilmaslik va unga tanbeh bermaslik;

-   shaxs yoki odam lar guruhiga g‘ayriinsoniy va diskriminatsion 

yondashuvlaming oldini olish;

-   mijozni jism oniy  yoki  ruhiy  o ‘ng‘aysizlikdan,  asabiylashish- 

dan, xavfdan va haqoratlardan himoya qilish;

-   o ‘z   xulq-atvorining  yuksak  axloqiy  andozalarga  mosligini 

saqlash,  har  qanday  makrlar,  birovlarni  aldash,  порок  xatti- 

harakatlami  istisno qilish;

-   doimo faqatgina m ijoz manfaatlari yoMida harakat qilish;

-   o ‘ziga  ko‘m akchilam i  topa  bilish,  ijtimoiy  ishni  rivojlanti- 

rishda jam oatchilik ko‘magini ta ’minlash;

-   faqatgina  o‘zi  vakolatli  boMgan  doirada  ish  yuritish,  o ‘z 

ishining sifati uchun shaxsan m as’ul boMish;

-   tashqi ta ’sir v a bosimlarga berilmaslik;

-   mijozni  qoMlanilayotgan  tadbirlar,  unga  ko‘rsatilayotgan 

yordam,  yozuvlar,  to ‘planayotgan  m a’lum otlar  haqida  xabardor 

qilish;

-   o 'zin in g   kasbiy  munosabatlaridan  shaxsiy  m aqsadlar  yoMida 

foydalanmaslik;

-   vaziyatlam i  m uhokama  qilish  va  baholashda  faqat  kasbiy 

maqsadlar bilan ishtirok etish;

-   m ijoz  ishonib  bildirgan  sim i  hurmat  qilish  v a  uni  fosh 

etmaslik;

-   ko‘rsati!gan  xizm atlar  uchun  haqni  faqat  qonuniy  asoslarda 

olish;

-   bajarilgan ish uchun qimmatbaho sovg‘alar olmaslik;



-   kasbiy  bilimlari,  mahorati,  malakasini  uzluksiz  oshirib 

borishga intilish;

-   o ‘z  am aliy faoliyatini kasbiy bilim lar asosida tashkil etish;

291



—  kasbning  obro‘si  va  pokligini  him oya  qilish  v a  orttirishga 

intilish;

—  kasbiy  o ‘zaro  munosabatlar  va  o 'z a ro   ta ’sir  jarayonida 

ham kasblar  ishonchiga  hurmat  bilan  qarash,  nazokat  va  adolatni 

saqlash;

—  kim  boMishidan  q at’iy  nazar,  hamkasbi  axloqqa  zid  harakat 

qilsa, unga qarshi choralar ko‘rish.

Odatda,  sovuqqonlik  deb  baholanadigan  kasbiy  me’yorlarni 

buzish  yoki  xatolar «beg'am lik,  m alakasizlik yoki  oldindan o ‘ylan- 

gan  niyat  tufayli  kasbiy  m e’yorlam i  buzish»  sifatida  baholanadi. 

Ijtimoiy  ish  xodim lari  maxfiylikni  buzganlari,  bolalar  bilan  yomon 

m unosabatda  boMinayotgani  haqidagi  shubha  to ‘g ‘risida  xabar 

bermaganlari,  suiiste’molliklar, so‘z  bilan haqoratlash yoki jism oniy 

zo ‘ravonlik  tahdidi  singari  holatlarga  befarqlik,  xatti-harakatlar 

yordam ida  haqoratlash.  davolash  yoki  axloq  tuzatish  muassasasiga 

xato  natijasida  yotqizish  tufayli  erkinlikni  cheklagani  uchun  sud 

tom onidan ta ’qib qilinishi mumkin.

M alaka tavsifi  bilan  belgilangan  m ajburiyatlam i  bajarish  uchun 

ijtimoiy 

ish 


xodim i 

o‘zining  quyidagi 

huquqlaridan 

keng 


foydalanadi:

—  m ijozlarning  manfaatlarini  qonun  chiqam vchi  va  ijroiya 

hokimiyati organlarida ifbdalash va himoyalash;

—  m axsus  m a’lumot  to ‘g ‘risidagi  diplom  yoki  sertifikat 

boMgani taqdirda davlat yoki xususiy ijtim oiy am aliyotni yuritish;

—  m ijozlar  ehtiyojlari  bilan  bog'liq  m a’lumotlarni  to'plash, 

aholi orasida sotsiologikso'rovlar, diagnostik tadqiqotlar o ‘tkazish;

—  m ijozlarning  ijtimoiy  va  shaxsiy  m uam m olarini  hal  qilish 

to ‘g‘risidagi  rasm iy  so‘rovlar  va  iltimoslari  bilan  jam o at  tashki- 

lotlariga, davlat m uassasalariga m urojaat qilish;

—  o ‘z   faoliyati  doirasidagi  u  yoki  bu  m uam m oning  holati 

to ‘g ‘risida  davlat idoralariga axborot berish;

—  ijtim oiy  tashabbus  v a  faollik  k o ‘rsatganlari  uchun  ota-ona- 

lar,  oilalar,  ijtimoiy  ish  ko‘ngiIIarini  taqdirlash  to ‘g‘risida korxona- 

lar  va  m uassasalar,  tijorat  tuzilmalari  va  jam o at  birlashm alariga 

takliflar kiritish;

—  oiladagi  tarbiya,  ijtimoiy  ishdagi tajribani  om m aviy axborot 

vositalari yordam ida targ‘ib qilish  uchun faol  ish yuritish;

292



muayyan  ijtimoiy  muammolami  hal  qilishga  qaratilgan 

Jnmoat tashabbuskorlik harakatlariga boshchilik qilish.

Ijtimoiy  ishning  asosiy  maqsadi  —  farovonlik  to ‘g ‘risida  qay- 

U'urish  va  shaxsning*  oilaning, jam iyatning  imkoniyatlari  va  qobi- 

llyallarini  me’yordagi  ijtimoiy  faoliyatga  yo4naItirishdir.  Ijtimoiy 

ish  xodimlari  odamlar  baxtli  boMishi,  o ‘zlarining  hayotidan  (oila- 

Itdnn,  ishidan,  maMumotidan,  sogMigMdan,  maoshidan,  uy-joyidan, 

dam  olishidan  va  s h .o \)  ko‘ngli  toMishi  uchun  barcha  zarur 

nnrsalarni  bajaradilar.

Maqsadga erishish yoMari:

♦  mijoz bilan tanishish (jam iyat ham,  ijtimoiy guruh ham, inson 

Him «mijoz» boMishi mumkin), vaziyatni baholash;

♦  imkoniyatlarni  aniqlash,  muammolami,  muhtojliklarni  diffe- 

irntsiatsiyalash;

♦  muammolami  yechishda  yordam  berish,  imkoniyatlarni 

amalga oshirish;

♦  kuzatish v a g 6am xo‘rlik qilish;

♦  ijtimoiy ishning o ‘ziga xos qadriyati;

♦  yaqinlariga nisbatan m uhabbat,  qayg‘urish, hamdardlik;

♦  befarq boMmaslik;

♦  mijozning  ichki  salohiyatiga,  vaziyatni  o czgartirish  imko- 

nlyatiga ishonch;

♦  yordam  berish va qurbon berish  istagi;

♦  bilimlarni jam lash;

♦  tajribaga ega boMish;

♦  ijtimoiy ijod.

Ijlimoiy  ish  xodimi,  ijtimoiy  xizmatchi,  m ijozga  yordam  bera 

limb, quyidagi funksiyalarni bajaradi (V. G. Bocharova bo‘yicha):

♦  tashxis  qo'yish -  mutaxassis  «ijtimoiy tashxis»  qo‘yadi,  psi- 

ROlogik  va  yoshga  oid  xossalarni,  insonning  qobiliyatlarini  o ‘rga- 

Itedl,  uning  manfaatlari  olam iga,  muloqot  doirasiga,  uning  hayoti 

nhflroltlnriga  kirib  ketadi,  nisbiy  va  salbiy  ta’sirlarni,  muammolami 

itnlqlaydi;

♦  tashkiliy  -  mutaxassis  u  yoki  bu  faoliyatni  am alga  oshiradi, 

d im   olishning  m azm uniga  ta’sir  ko‘rsatadi,  ishga  joylashishga, 

Im b ly   yo‘nalishga-  va  moslashishga  yordam  beradi,  o ‘smirlar  va 

ynnhlnr  (ashkilotlari  faoliyatini  markazlashtiradi,  mijozni  tibbiy,

293



ta’lim,  madaniy,  sport,  huquqiy m uassasalar va xayriya tashkilotlari 

bilan o ‘zaro ta ’siriga ta ’sir o ‘tkazadi;

♦  prognostik  -  m utaxassis  m ikrorayon  v a  m a’lum  bir  m ikro- 

sotsium ning ijtimoiy rivojlanish jarayonini dasturlashtirish va oldin­

dan  aytib  berish  bo'yicha  ijtim oiy  ishda  qatnashadigan  turli 

institutlarning faoliyatida ishtirok etadi;

♦  ogohlantirish  -  profilaktik va  ijtimoiy-terapevtik -  mutaxassis 

salbiy ta’sirlar oldini olish va bartaraf etishning ijtimoiy-huquqiy, yu- 

ridik va psixologik mexanizmlarini harakatlantiradi v a ularda o‘zi ham 

qatnashadi, muhtojlarga sotsioterapevtik yordamni tashkii etadi, jam i­

yatda huquqlarning  himoyasini  ta’minlaydi,  o'sm irlarga va yoshlarga 

ijtimoiy va kasbiy o'zini o ‘zi aniqlash davrida yordam ko'rsatadi;

♦  tashkiliy-kom m unikativ  —  m utaxassis  ko‘ngilli  yordamchi- 

larning,  aholining  ijtim oiy  ishga,  birgalikda  m ehnat  qilish  va  dam 

olishga,  xizm at  bo'yicha  v a  shaxsiy  m uloqotlarga  kirishishiga  ko‘- 

maklashadi,  axborot  to'playdi  v a  turli  ijtim oiy  institutlar  o'rtasida, 

ularning m ijoz bilan ishlashida o 'z a ro  ham korlikni y o 'lg a  qo'yadi;

♦  qo'riqlash-him oya  qilish  -  m utaxassis  mijozlarning  manfaat­

larini  him oya  qilish  uchun  huquqiy  m e’yorlarning  barcha  majmu- 

yini  ishga soladi,  m ijozlar huquqiga nisbatan bevosita yoki  bavosita 

g 'ay ri  qonuniy  harakatlarga  y o 'l  qo'yayotgan  shaxslarga  nisbatan 

davlat  tom onidan  m ajburlash  v a  yuridik  javobgarlik  choralari 

qo'llanilishiga yordam ko'rsatadi.

U lar avvalo  ijtimoiy  ishning quyidagi  yo'nalishlarida  namoyon 

bo'iadi:

a) oilaga yordam berish;

b) ekstremal vaziyatlarda va «xatar guruhlari» bilan  ishlash;

d) sog'liqni saqlash tizim ida ishlash;

e) ta ’lim sohasida ishlash;

f) bandlik xizm atlarida ishlash.

Tegishli xizm atlam ing xodim larisifatida,  ijtimoiy ish xodimlari 

o'zlarini  birinchi  navbatda  aholining  ijtim oiy  z a if  guruhlarining 

him oyachilari  deb  his  qilishlari  kerak.  O 'zining  vazifasini  profes­

sional  darajada  am alga  oshirish  uchun  ular odam larning qanday  ri- 

vojlanayotganlari,  o 'z a ro   ta’sir qilayotganlari,  o'zgarishlari,  o'qish- 

Iari, qiyinchilik va m uam m olarga m unosabatlari, alohida odam larga 

ijtimoiy  shart-sharoitning  ta’sir  o'tkazishini  bilishlari,  shuningdek,

294



Itihontirish  va  majburlash  usuliarini  ularning  o‘z   faolliklarini 

r i i r i a n t i r i s h  yoMida nozik biriktirishni bilishlari  lozim.

Ijtimoiy  ishdagi  muhim  jih at  — biz  ko‘pincha  boshqa  odam lar 

uchun  nima  kerakligini  hal  qilish  huquqiga  ega  em asligim izni  ang- 

litshga, ularning o ‘zlari m avjud variantlardan eng maqbulini tanlash- 

цп  izn  berishim izga  boMgan  ishonch.  Odatda,  ularning  mavjud 

muqobilliklarni anglab yetishida, xulq-atvorning mavjud variantlari- 

dan  har  birining qiyosiy  ustunliklari  va  kamchiliklarini  baholashda, 

qwrorlarni ongli va oqilona qabul qilishda yordam  kerak boMadi.

Bunday  yondashuv  davlat  vakillari  odam larning  o ‘zini  qanday 

lutishlari  lozimligini  zo ‘rlik  bilan  tushuntirish,  ularga  yordam 

kn'rsatishni belgilashda o'zlarining tavsiyalarini tiqishtirish an'anasi 

bilan  bogMiq  avtoritar  yondashuvdan  keskin  farq  qiladi.  Mushkul 

ahvolga  tushib  qolgan  odam larga  o ‘zlarining  his-tuyg‘ularini 

Ifodalash,  tanglik  holatidan  chiqish  yoMlarini  topish,  tegishli  qaror 

qabul  qilish  va  uni  hayotga  tatbiq  etishda  yordam   berish  uchun 

avtoritar  ish  usullaridan  voz  kechishdan  tashqari  har  bir  odam   o ‘z 

luiyotini o ‘zi muvaffaqiyatli tarzda tashkii etish huquqiga egaligi va 

luyoqatliligiga chindan ishonish ham zarur.

Ijtimoiy  ish  kasbiy  faoliyatini  rivojlantirishda  ijtim oiy  ish 

xodimlarining  kasbiy  manfaatlarini  ifodalaydigan,  yagona  kuchga 

birlashtiradigan  hamda  ularning  o ‘rni,  mavqeyi,  huquqiari  va 

mas’uliyatiga  oshirishga  ko‘m aklashadigan  tashkilotlar  tashkii 

otilishi  juda  muhimdir.  Shunda  ijtimoiy  ish  xodim larining  mehnat 

jnmoasi,  jum ladan,  tashkilotlari  ham  o ‘z   madaniy  namunalarini 

lull 


lab  chiqadi.  Bu  tashkilot  m adaniyati  deyiladi.  M utaxassislar 

llkriga  ko‘ra,  har qanday  tashkilot  yaxlit tizim  sifatida  amal  qilishi 

uchun, u ikki asosiy vazifani bajarishi lozim:

1) muhitga moslashishi;

2) ichki integratsiya.

Tashkiliy  madaniyat  ana  shu  vazifalarning  am alga  oshishini 

ta'm lnlaydi.  Tashkiliy  madaniyat,  m utaxassislar  fikriga  ko‘ra, 

quyidagi qismlardan iborat:

I.  KMiqod -  odam ning tashkilotda nim a to‘g ‘ri ekanligi  haqida 

iiiNiivvurlari.

II.  Q a d riy a tla r  -   tashkilotda  hukmron  boMgan  qadriyatlar 

failikilotda  nimani  muhim  deb  hisoblashni  belgilab  beradi.

295



Amerikalik  tadqiqotchilar  T.Piters  va  R.Uoterman  mehnat jam oasi 

madaniyati va uning m uvaffaqiyati o ‘rtasidagi bog‘liqlikni o ‘rganib, 

turli  m ehnat jam oalarining  m uvaffaqiyatini  ta ’minlovchi  bir  qator 

qadriyatlar tizimini asoslab berganlar.

III. 

M e’y o rla r -  bu odamlarga o'zini qanday tutish kerakligini 



va  ulardan  nima  kutilayotganligini  bildirib  turuvchi  xulq-atvor 

qoidalaridir.  Xulq-atvor m e’yorlari  mehnat jam oasi  foliyatidagi  b a’zi 

holatlar,  halollik  va  qonunchilikka  rioya  etish,  ijtimoiy  adolat 

tamoyillarini buzmasligi, manfaatlar to‘qnashuvi paytidagi  xulq-atvor, 

boshqa tashkilotlar haqida axborot olish va h.k. ni Ifoda etadilar.

IV. X u lq -atv o r -  ish davomida odamlar boshqalar bilan birga ha- 

rakatga  kirishgan  paytda  va  ish jarayonida  amalga  oshiradigan  kun- 

dalik harakatlar (odatlar, rituallar, shuningdek, muomala madaniyati);

V.  Psixologik  m u h it  —  guruhning  ichki  sohalarining  m ustah­

kam tizim i bo‘lib, u  em otsional kayfiyatda, jam o a fikrida va faoliyat 

natijalarida namoyon bo‘ladi. Tashkilotdagi m uhit -  bu odamlarning 

mehnat jam oasidagi  m adaniyatni qabul qilishlari va bu  haqdagi o ‘y- 

fikrlari  ham da tuyg‘ularidir.  Guruhdagi, jam oadagi  munosabatlami 

o'rgangan holda unga baho berish mumkin.

M u v affaq iy atli fao liy at y u rita y o tg a n   ta s h k ilo tla r tashkiliy

m a d a n iy a ti q a d riy a tla ri

2 -ch iz m a.

296



Shunday  qilib,  ijtimoiy  ish  xodimlari  birlashgan  tashkilot 

mndaniyati  -   u  yoki  bu  tashkilotdagi  barcha  xodim larning  xatti- 

luirakatini  belgilab  beruvchi  um um iy  qadriyatlar,  e ’tiqodlar,  muno- 

N iih u t la r  

yig‘indisidir.  Ular  aniq  ifodalangan  bo‘Imasligi  mumkin, 

iinimo  to 6g ‘ridan  to ‘g‘ri  ko‘rsatm alar  y o 'q   paytda  odam larning 

xn1

1

i-harakatlari  va  o ‘zaro  aloqalarini  ma’Ium  m a’noda  belgilab 



beradi  va sezilarli darajada umumiy ishni  bajarish jarayoniga hamda 

lashkilotning hayotiy faoliyati xususiyatiga ta ’sir ko‘rsatadi.




Download 10,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish