18
Xosildorlikni tuproqga fosfor, azot va kaliy solish xisobiga, oshirilishi.
2-jadval
Maxsulot turi
1t solingan o’g’it xisobiga (N
2
, P
2
O
5
, K
2
O) xosildorlikni
o’sishi, t
N
2
P
2
O
5
K
2
O
Paxta
10-14
5-6
2
Shakar lavlagi
120-160
50-55
40-50
Bug’doy
12-15
7-8
3-4
Xosilni, o’g’it qo’llash xisobiga o’zgarishi (ts/ga).
3-jadval
O’g’itsiz
O’g’it bilan
Paxta
8-9
27-30
Bug’doy
7-8
20-40
Shakarqamish
100-120
200-500
Mineral o’g’itlardan foydalanilganda paxta va boshqa texnika ekinlarining xosili
tobora ortmoqda. Masalan, 1930 yilda O’rta Osiyo respublikalarida xar gektar yerdan
7-8 s paxta olingan bo’lsa, xozirga paytga kelib, gektaridan o’rta xisobda 29,2 s xosil
olinmoqda. Tuproqga solingan xar 1 kg fosfor qo’shimcha 6-7 kg paxta, 50-60 kg
kartoshka, xar 1 kg azot esa qo’shimcha ravishda 15-20 kg paxta va 150 kg kartoshka
olish imkonini bermoqda. Mineral o’g’itlar ekinning xosildorligiini oshirishi bilan
birgalikda maxsulotlar sifatini xam yaxshilaydi: dondagi oqsil va kartoshkadagi
kraxmal
miqdorlarini ko’paytiradi, paxta tolasining pishiqligini oshiradi.
Xosildorlikni oshirishdagi omillarni baxolashda: AQSh da 50% gacha. Frantsiyada
50-70% gacha qo’shimcha xosil olish o’g’itlar xissasiga to’g’ri keladi. O’tkazilgan
tadqiqotlar natijalariga ko’ra, xosildorlikning oshirishdagi o’g’itlarning ulushi MDX,
mamlakatlarining
qoratuproqli
mintaqalarida
40-50%
ga,
noqoratuproqli
mintaqalarida 60-75% ga O’rta Osiyoda, xususan, O’zbekiston Respublikasi
xududidagi unumdor tuproqlarda 50-60% ga to’g’ri keladi. O’simliklar yaxshi
19
o’sishi, mo’l hosil berishi va uzoq yil yashashi uchun tuproqqa o’g’it solish kerak.
O’g’it tarkibida turli mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar bo’ladi.
O’simliklar tuproqdan o’zi uchun kerakli tuzlarni oladi. Agar kerakli mineral tuzlar
yetishmasa, ularda ichki va tashqi o’zgarishlar sodir bo’lishi yoki qurib qolishi
mumkin. O’simliklaming mineral tuzlarga bo’lgan ehtiyojini aniqlashga doir
ko’pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Natijada ularda qaysi tuz yetishmasa,
qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi aniqlangan. O’g’itlar, asosan, ikki guruhga
bo’linadi. Birinchisi, hammamizga ma’lum bo’lgan organik o’g’itlar, ya’ni go’ng.
Ular tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildorligini oshiradi, o’simliklar
uchun zarur bo’lgan moddalarni hosil qiladi. Ikkinchisi mineral o’gitlar. Bu o’g’itlar
kimyo zavodlarida maxsus tayyorlanadi. O’zbekistonda Navoiyda, Chirchiqda va
boshqa joylarda mineral o’g’itlar ishlab chiqaradigan zavodlar bor. Mineral o’g’itlar
har xil bo’ladi. Ular azotli (selitra), fosforli va kaliyli o’g’itlardir.
O`g`it bu- Tarkibida ozuqa elementlari tutgan tuproqqa qo`shiladigan organic va
norganik (menaral) moddalar o`g`itlar deb ataladi. Ozuqa elementi bu - Tuproq
tarkinida mavjud bo`lib, o`simliklarni o`sishini ta’minlovchi elementlar (ozuqa
elementlari) deyiladi. Mineral o’g’itlar. - Ular o’simliklarga har xil ta’sir qiladi.
Masalan, azotli o’g’itlar o’simliklarning o’sishini tezlashtirsa, fosforli va kaliyli
o’g’itlar mo’l hosil to’planishiga va uning tez pishib yetilishiga yordam beradi. Qisqa
qilib aytganda o’g’itlar mo’l hosil garovidir. Lekin o’g’it solishda uning me’yoriga
qat’iy rioya qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: