14
Kirish
O’rta Osiyo mintaqasida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi asosiy muammo
mineral o’g’itlar yetishmasligidir. Mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar:
O’zbekistonda yettita, Qozoqistonda uchta, Turkmanistonda uchta, Tojikiston va
Qirg’izistonda esa yo’q. Ishlab turgan zavodlar azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar
ishlab chiqarmoqda. Mintaqada kaliyli ma’danlar zaxirasiga boy bo’lib, Qashqadaryo
viloyatida “Dexqonobod Kaliyli o’g’itlar zavodi” 200 ming t/yil, Turkmanistonda
Tyubegatan koni asosida 1000 ming t/yil kaliyli o’g’it ishlab chiqarilmoqda.
O’zbekistonda azot, fosfor va kaliyli o’g’itlarga bo’lgan 2005 yildagi talab
quyidagicha: 100% li azot 761,82 ming. T. 100% li R
2
O
5
– 518,27 ming.t. va 100% li
K
2
O – 278,12 ming.t. 2004 yilda O’zbekistonda 100% li ozuqa elementlariga
hisoblaganda 736,754 ming.t. azotli va 137,414 ming.t. fosforli o’g’itlar ishlab
chiqarildi. 250 ming.t kaliyli o’g’it (K
2
O bo’yicha) Rossiyadan sotib olingan.
O’zbekiston qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy maxsuloti paxta va dondir.
Paxta xosildorligi 3 mln.t bug’doy esa 5 mln.t. dan ortiqroq.
Ma’lumki, xar bir tonna paxta xar yili yerdan 45 kg azot, 15 kg R
2
O
5
va 45 kg
K
2
O xar bir tonna bug’doy esa 35 kg azot, 10 kg R
2
O
5
, 24 kg R
2
O
5
o’zlashtiradi.
Faqat ikkita qishloq xo’jalik maxsuloti (paxta va don) keltirilgan xosildorlikda
xar yili yerdan 310 ming.t azot, 115 ming.t fosfor va 255 ming. t kaliy o’zlashtiradi.
Boshqa maxsulotlar xam yerdan o’zi bilan katta miqdordagi ozuqa elementlarini olib
chiqadi. O’zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti ko’rsatishicha, o’g’itsiz paxta
xosildorligi 12 s/ga, xar gektarga 225 kg azot, 150 kg fosfor, 100 kg kaliy ishlatganda
va to’g’ri agrotexnik qoidalariga amal qilinganda xosildorlik 30-35 s/ga yetishi
tasdiqlangan. xozir o’rtacha paxta xosildorligi 24 s/ga teng.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi rivojlangan agrar mamlakatdir. Mexnatga loyiq
axolining 40%i qishloq xo’jaligi ishlari bilan band. Paxta va boshoqli don
yetishtiridigan asosiy ekinlardir. O’zbekistonning xozirgi rivojlanish bosqichida 30
milliondan ortiqroq axolini turli xil qishloq xo’jalik maxsulotlari bilan ta’minlashga
katta e’tibor berilmoqda. Ekinlar xosildorligini oshirish va ularning sifatini
yaxshilashda turli o’g’itlardan foydalanish asosiy omil xisoblanadi.
15
Qishloq xo’jalik maxsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda mineral o’g’itlar
asosiy o’rinda turadi chunki yetishtiriladigan xosildorlikning deyarli 50% mineral
o’g’itdan foydalanish xisobiga olinadi. Shuning uchun mineral o’g’itlar ishlab
chiqarish muntazam o’sib boradi. Masalan, dunyo bo’yicha mineral o’g’itlarni
qishloq xo’jaligida ishlatish 1994-1995 yillarda 121,8 mln. tonnani tashkil qilgan
1997-1998 yillarda esa 134,1 mln. tonnaga yetdi . Xozirgi kunda birgina Xitoy
davlatida 40 mln. tonna mineral o’g’it ishlab ishlab chiqarilmoqda. 1994 – 2000
yillarda ushbu mamlakatda 17 ta azotli va 11 ta fosforli o’g’itlar ishlab chiqaruvchi
zavodlar qurildi. Fosfor xom ashyo zaxiralariga ega bo’lgan va o’g’it ishlab chiqarish
sanoati rivojlangan mamlakatlarda qatoriga Rossiya, Qozog’iston, Ukraina,
Belorusiya, Markaziy Osiyoda esa O’zbekiston Respublikasi kiradi.
Mendeleyev
davriy
jadvalidagi 40
dan ortiq kimyoviy
elementlar
o’simliklarning normal xolatida o’sishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Jumladan,
azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, oltingugurt va magniy o’simlikning asosiy oziq moddalari
xisoblandi. Tuproq unumdorligini oshirishda va undan olinadigan qishloq xo’jalik
ekinlarining xosildorligini ko’tarishda qo’llaniladigan barcha mineral o’g’itlar ichida
fosforlisi yetakchi rol o’ynaydi. Fosforli o’g’itlarga bo’lgan talabni qoplash fosfor
xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash korxonalarining quvvatini oshirish asosida
bajariladi. Ishlab turgan korxona uskuna va qurilmalaridan foydalanib juda qisqa
muddatda maxalliy xom ashyo manbalarini qayta ishlab o’g’it olish muxim
axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: