o‘z rangidan boshqa rang-bo‘yoq ham yo‘q». Ular: «Endi haqiqatni aytding»,
dedilar-da, uzoq mashaqqatlar chekib (o‘sha aytilgan sifatlarga ega bo‘lgan
sigirni topib) so‘ydilar.
I z o h .
Mazkur oyatlar mazmunidan bir hikmatni anglash mumkin: odam birovga
ishonib e’tiqod qo‘yganidan keyin uning amr-farmonini darhol bajarishi lozim. Aks holda
uning o‘ziga zarar bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi oyatlarda zikr qilingan kishilar ketma-ket
bergan savollari natijasida shunday sifatli sigir so‘yshi lozim bo‘ldiki, ular bunday sigirni
izlab topish uchun ozmuncha qiynalmadilar. Oxiri topganlarida uning egasi bo‘lgan
kampir sigiri uchun juda qimmat narx — o‘sha sigirning terisi to‘la tilla talab qildi va ular
bu narxga ko‘nishga majbur bo‘ldilar. Agar farmon bo‘lishi bilan darhol bir sigirni olib
qurbon qilganlarida o‘zlariga oson bo‘lar edi.
72—73. Eslang (ey bani Isroil), bir jonni o‘ldirib qo‘yib, uning qotili kim ekani
Do'stlaringiz bilan baham: |