Qur’oni karim.
Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
76. Ular iymonli kishilarga yo‘liqqanlarida: «Iymon keltirdik», deydilar. Bir-
birovlari bilan yolg‘iz qolganlarida esa: «Ularga (musulmonlarga) Alloh sizlarga
ochgan narsa haqida gapiryapsizlarmi? O’sha hujjat bilan Parvardigoringizning
huzurida hujjatlashishlari uchun-a? Aqlingizni ishlatmaysizmi?» — deyishadi.
I z o h.
Ya’ni, musulmonlarga «Tavrot kitobida kelgan Muhammad payg‘ambar haqidagi
gaplarni gapiryapsizmi? Bu axir oxiratda o‘zingizning zararingizga hujjat bo‘ladi-ku?» —
deyishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: