ibodat qilish bilan o‘zingizga zulm qildingiz. Endi o‘zingizni (bir-biringizni)
o‘ldirish bilan sizni bor qilguvchi zotga tavba qilasiz. Bor qilguvchi zot nazdida
mana shu (qatl) sizlar uchun xayrliroqdir». Bas, Alloh taolo tavbangizni qabul
qildi, albatta U kechirimli, mehribondir.
55. Ey bani Isroil, eslang: «Ey Muso, Allohni ochiq-ravshan ko‘rmagunimizcha
hargiz senga ishonmaymiz», deyishingiz bilan qarab turgan holingizda sizlarni
chaqmoq urdi.
56. So‘ngra shukr qilishingiz uchun o‘lganingizdan keyin tiriltirdik.
57. Va bulutni ustingizga soyabon qildik va osmondan shirinlik va bedanalar
yog‘dirib, «Sizlarga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar», (dedik). (Bani
Isroil) Bizga zulm qilmadilar, balki o‘zlariga zulm qilguvchi bo‘ldilar.
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
Do'stlaringiz bilan baham: |