qilguvchi mehribon zotdir.
38. «U joydan (jannatdan) hammangiz tushing», dedik. «Bas, sizlarga Men
tarafdan hidoyat kelganida, shu haq yo‘lga ergashgan kishilarga xavfu xatar
yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar».
39. Oyatlarimizni inkor qilib, yolg‘on degan kimsalar esa do‘zax egalari bo‘lib,
unda abadiy qolajaklar.
I z o h .
Yuqoridagi oyatlardan bizga Odamzod Tangrining Yerdagi sir-asrorini biladigan
xalifasi ekani va hatto begunoh farishtalar ham unga ta’zim qilishlari ma’lum bo‘lgani
kabi Shaytonning so‘ziga kirish uni jannatdan mahrum qilgani, endi Yerda tinch,
osoyishta yashash uchun shaytoni la’inning vasvasalariga uchmaslik zarurligi uqtiriladi.
Endi, Odamzodning koinotdagi eng aziz va mukarram zot ekani bayon qilinganidan keyin
so‘z bani Isroil (Isroil — Ya’qub payg‘ambarning nomlaridan biri, bani Isroil — Isroil
bolalari deyilganda yahudiylar tushuniladi) haqida ketadi. Ularning kim ekanliklari,
qilmishlari va topajak oqibatlari haqidagi batafsil hikoyada (40-141- oyatlar) aql egalari
uchun ibratlar bordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |