8. U seni O’zi qay suratni xohlagan bo‘lsa (o‘sha surat — shaklda) tarkib
toptirdi — ijod qildi-ku!
I z o h.
Ushbu oyatlarda Alloh taolo insonga o‘zining kim tomonidan yaratilib, bunday
aql-hush, mavzun qomat va go‘zal suratga ega bo‘lganini uqtirmoqda va undan o‘zini
boshqa barcha maxluqotlardai ajratib shunday azizu mukarram qilib yaratgan ulug‘
Parvardigoriga nega qulluq — ibodat qilmayotganini so‘rab tanbeh bermoqda.
Darhaqiqat, inson vujudidagi qay bir a’zoga ibrat ko‘zi bilan qaralsa — undagi
mukammallikni ko‘rib, Yaratganning buyuk qudratiga, bilim va hikmatiga qulluq
qilmasdan iloj qolmaydi.
Endi quyidagi oyatlarda dinsiz kimsalar Alloh taoloning amriga itoat etmasliklarining
sababi nima ekanligi zikr qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |