15-16-17-18. Bas, Men (kunduzlari ko‘zdan) g‘oyib bo‘lguvchi, (kechalari ham)
tez o‘tib (o‘z «uya»lari — burjlariga) yashiringuvchi (yulduz)larga, o‘z zulmati
bilan kelib-ketayotgan kechaga va otayotgan tongga qasam ichurmanki,
19-20-21. Shak-shubhasiz u (Qur’on) bir ulug‘, quvvatli, Arshning sohibi
(bo‘lmish Alloh) nazdida makon-martabali, u joyda (ya’ni osmonlarda
farishtalar tomonidan) itoat etilguvchi, ishonchli elchining (ya’ni Jabroil
farishtaning Alloh taolo tomonidan keltirgan) so‘zidir.
22. Va sizlarning sohibingiz (Muhammad alayhis-salom) majnun emasdir.
23. Darhaqiqat, u (Jabroilni) ochiq ufqda ko‘rdi.
24. U (Muhammad alayhis-salom) g‘aybga (ya’ni g‘aybdan kelgan vahiyga)
baxil ham emasdir (U Alloh taolo tomonidan o‘ziga keladigan vahiylarni
Do'stlaringiz bilan baham: |