Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


HTML – gipermatnli belgilash tili



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

14. HTML – gipermatnli belgilash tili
 
1989
-yilda 
Tim  Berners-Li
  Yuqori  Energiyalar  Xalqaro  markazi 
(
CERN
)  rahbariyatiga  o„zining 
World  Wide  Web
  (
WWW

deb  nomlangan 
taqsimlangan  gipermatnli  tizimi  loyihasini  taklif  qildi. Bunda birlamchi 
g„oya  gipermatnli  navigatsion  tizim  yordamida 
CERN
ning  barcha 
axborot  manbalari  to„plamini  yagona  axborot  tizimiga  birlashtirish  edi. 
Texnologiya  shunday  samarali  bo„ldiki,  jahonda  eng  ommaviy  bo„lgan 
global  axborot  tizimining  rivojlanishiga  turtki  bo„ldi.  Internet  global 
kompyuter 
tarmog„ini  yaratish  asosan  uchta  asosiy  axborot 
texnologiyalariga  tayanadi: 
elektron  pochta  (e-mail);  faylli  arxivlar 
FTP; World Wide Web. 
Hozirgi kunga kelib so„nggi keltirilgan texnologiya birinchi o„ringa 
ko„tarilib bormoqda. 
World  Wide  Web 
texnologiyasining  muvaffaqiyati 
ikki  asosiy  omil  bilan  belgilanadi:  soddalik  va  Internet  asosi  bo„lgan 
TCP/IP
 
(Transmission Control Protocol / Internet Protocol – uzatishlarni 
boshqarish  protokoli  /  Internet  protokoli) 
tarmoqlararo  almashinuv 
protokollari oilasini qo„llash. 
Amaliy  jihatdan, tarmoqning barcha foydalanuvchilari o„zlarini bir 
vaqtda xalqaro to„rda chop qilingan axborot materiallarining yaratuvchi 
va 
o„quvchi 
hisoblanadilar. 
Internetning 
ommaviylashuvi 
foydalanuvchilarga  turli  tarmoq  manbalariga  kirish  uchun  sodda 
zamionaviy interfeys taqdim  etgan birinchi tarmoq texnologiyasi 
World 
Wide  Web 
ning  yuzaga  kelishi  bilan  bog„liq. 
WWW
ni  qo„llashning 
soddaligi  va  qulayligi  undan  foydalanuvchilar  sonining  ortishiga  olib 
keldi  va  o„z  navbatida  tijorat  faoliyati  bilan  shug„ullanuvchi 
tashkilotlarning  e‟tiborni  jalb  etdi.  So„ngra,  foydalanuvchilar  sonining 
ortishi jarayoni juda tezlashib ketdi va hozirda ham ortib bormoqda. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
158 
 
Texnologiya boshlang„ich bosqichda juda sodda edi. Gap shundaki, 
texnologiyaning  turli  tashkil  etuvchilarini  ishlab  chiqishda  (
HTML
 
(HyperText  Markup  Language) 
–  gipermatnli  belgilash  tili, 
HTTP
  – 
gipermatnli  axborotlarni  almashish  protokoli,  CGI  amaliy  dasturiy 
ta‟minotni  ishlab  chiqish  va  boshqalar)  axborot  manbalari  mualliflari 
malakasi 
va 
ularning 
hisoblash 
texnikasi 
vositalari 
bilan 
ta‟minlanganliik darajasi minimal bo„ladi, deb qaralgan edi. 
World  Wide  Web 
taqsimlangan  gipermatnli  tizimini  yaratish 
texnologiyasining  asosiy  tashkil  etuvchilaridan  biri  chop  qilish 
hujjatlarini  belgilash  tili  standarti  – 
SGML
 
(Standard  Generalised 
Markup  Language
,  umumlashgan  standart  belgilash  tili)  asosida  Tim 
Berners-Li  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
HTML
  gipermatnli  belgilash  tili 
bo„ldi. 
Tilning  birinchi  talqini  (
HTML  1.0
)  uning  imkoniyatlarini  bayon 
etuvchi  tavsifiy  xarakterga  ega  bo„lgan  tilni  taqdim  etishga 
yo„naltirilgan edi. Ikkinchi talqini (
HTML 2.0
) tilning konstruksiyalaridan 
foydalanish  amaliyotini  o„z  ichiga  olgan.  ++  (
HTML++)
  talqini  tilning 
teglari  to„plamini  kengaytirgan  holda  ilmiy  axborot  va  jadvallarni 
tasvirlashning yangi imkoniyatlarini taqdim etdi. 
HTML 3.2
 talqini barcha 
kiritilgan  yangiliklarni  mavjud  bo„lgan  amaliyot  bilan  moslashtirdi  va 
tartibladi. 
HTML 3.2
 jadvallardan foydalanish Java tili kodlarini bajarish, 
grafikaning  matn  bilan  bog„lanishini  ta‟minlash,  hamda  yuqori  va  quyi 
indekslar (ko„rsatkichlar) ni tasvirlash imkonini berdi. 
World Wide Web Consortium (
W3C

– xalqaro tashkilot, 
HTML 
yangi 
talqinlarining  bayonlari  hujjatlarini  tayyorlash  va  tarqatish  bilan 
shug„ullanmoqda.  Hozirda 
HTML  4.01 
talqini  materiallari  chop  qilindi. 
HTML 
ning  avvalgi  talqinlarida  mavjud  bo„lgan  imkoniyatlari  (matnni 
belgilash,  mul‟timedia,  gipermatnli  bog„lanishlar  yaratish)  bilan  birga 
mul‟timedia  bilan  ishlash  bo„yicha  qo„shimcha  vositalar,  dasturlash 
tillari, 
stillar 
jadvali, 
tasvir 
va 
hujjatlarni 
chop 
qilishning 
soddalashtirilgan  vositalari  kiritilgan.  Website  sahifalarini  ko„rish 
ssenariysini  boshqarish  uchun  (
WWW 
texnologiyasida  bajarilgan 
gipermatnli berilganlar bazasi) dasturlash tillaridan foydalanish mumkin, 
masalan, 
JavaScript

Java
 
va 
VBScript

HTML
ning  murakkablashishi  va  dasturlash  tillarining  yaratilishi 
natijasida  Web-bo„g„inlarni  yaratish  yuqori  malakali  mutaxassislarning 
ishiga aylandi. Internetning imkoniyatlari 
HTML
 tili asosiga ega bo„lgan 
foydalanuvchilarga katta harajatlarsiz o„z Web-bo„g„inlarini yaratish va 
joylashtirish imkoniyatini beradi. 
Yakuniy  hujjat  o„z  ichiga  turli-tuman  belgilarni,  illyustratsiyalarni, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
159 
 
audio-  va  videoparchalari  olishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  til  tarkibiga 
turli  darajadagi  sarlavhalarni  yaratish,  shriftli  belgilashlar,  turli 
ro„yxatlar,  jadvalar,  fayllar  va  boshqa  axborot  manbalari  (gipermatnli 
murojaatlar)  o„rtasidagi  bog„lanishlar  uchun  rivojlangan  vositalar 
kiritildi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish