Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Tarmoq antivirus dasturiy ta’minoti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Tarmoq antivirus dasturiy ta’minoti
 
Kompyuter  tarmoqlarida  axborotni  himoyalash  tizimining  asosiy 
elementlaridan biri bu – antivirus dasturiy ta‟minotidir. 
Kundan-kunga  ko„plab  tashkilotlar  ichki  standart  sifatida  elektron 
pochtadan foydalanish va Internetda ishlashni o„zlashtirmoqdalar. 
Bundan  kelib  chiqadiki,  korporativ  (mahalliy)  tarmoqqa  virus 
tushishidan  himoyalanish  uchun  javobgarlikning  asosiy  qismi  axborot 
texnologiyalari bo„limi mutaxassislariga tushadi. 
Keyingi  yillarda  kompyuter  viruslarining  faolligi  ham  ortib 
bormoqda.  Turli  bahslarga  sabab  bo„lgan 
Microsoft  Office 
paketidagi 
Visual  Basic 
tilidan  (
Microsoft  Outlook 
pochta  mijozi  bilan  ishlash 
uchun) foydalanuvchi 
Melissa 
virusini esga olaylik. U tashkilotlarga ular 
bu munosabatda naqadar ojiz ekanligini ko„rsatdi. Korxonaning axborot 
texnologiyalari  sohasida  mutaxassis  bo„lmagan  xodimlari  o„z  antivirus 
omborlarini  (baza)  doimiy  sozlsh  uchun  zarur  bo„lgan  malakaga  ega 
emaslar. 
Elektron  pochtada  kriptografik  vositalarni  qo„llovchi  yoki  tarmoq 
bo„yicha  shifrlangan  fayllarni  uzatuvchi  foydalanuvchilar  antivirus 
himoyasini  aylanib  o„tadilar.  U  holda  sizning  tarmog„ingizda  nafaqat 
elektron  pochta  orqali  xavf  mavjud  bo„ladi.  Agar  foydalanuvchilar 
ActiveX 
kodli  Web-saytga  kirsalar,  tarmoq  jiddiy  xavfga  uchraydi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
156 
 
Ko„plab brauzerlar 
ActiveX 
qo„llashni o„chirishni ta‟minlaydilar, ammo 
ko„plab  foydalanuvchilar  buni  bilmaydilar.  Antivirus  shlyuzlari  siz  va 
sizning tarmog„ingizni 
ActiveX 
viruslaridan himoya qiladi. 
Foydalanuvchilar  mashinalarida  o„rnatilgan,  lokal  ishlovchi 
antivirus dasturiy ta‟minoti hozirda ham disketlarda va boshqa olinuvchi 
jamlagichlarda keltirilgan viruslardan himoyalaydi. Tarmoqda ishlovchi 
antivirus dasturiy ta‟minoti tarmoqning normal ishlashi uchun zarur. 
Tarmoq  antivirus  dasturiy  ta‟minoti  ikki  shaklda  taqdim  etiladi: 
elektron pochta serveri antivirusi va antivirus-shlyuz sifatida. 
Server  antivirusi 
elektron  pochta  serverlariga  yuklanadi  va  pochta 
jo„natmasini  virus  mavjudligiga  tekshiradi  (skanerlaydi).  Ko„plab 
bunday  mahsulotlar  xat  oluvchiga  yoki  jo„natuvchiga  virus  bilan 
zararlanganlik  haqida  ma‟lum  bir  xabar  jo„natish  imkoniyatiga  ega, 
hamda mavzu bo„yicha axborot to„planmasini yoki xat tanasini filtrlashi 
mumkin.  Ko„plab  server  antiviruslari  jamoaviy  ishlash  tizimlari: 
Lotus 
Notes,  Microsoft  Exchange,  Novell  GroupWise 
kabilar  uchun 
mo„ljallangan. Masalan, 
Network Associates 
firmasining 
McAfee Group 
Shield 
dasturi 
Microsoft  Exchange 
serveri  bilan  ishga  tushuriladi  va 
nafaqat  elektron  pochtani,  balki  mos  sozlashlarda  foydalanuvchi 
papkalarini ham skanerlash (tekshirish) imkoniyatiga ega. 
Antivirus-shlyuzlar 
turli  modifikatsiyalarda  taqdim  etiladi  va  turli 
platformalar uchun baajariladi. Ularning ba‟zilari tarmoqda ishlaydi yoki 
dasturiy  ta‟minotning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Boshqalari 
tarmoqlararo ekran tarkibida ishlaydi. Bunday mahsulotlarning umumiy 
tomoni ma‟lumotlarni 
HTTP

FTP
 va 
SMTP
 protokollari bo„yicha uzatish 
davrida skanerlash. 
F-Secure 
firmasi tomonidan taqdim etilgan 
Anti Virus for Firewalls 
Check Point 
antivirus-shlyuzi 
Software Technologies 
firmasi tomonidan 
taqdim  etilgan  Internetning 
OPSEC
  (Open  Platform  for  Security) 
platformasi  uchun 
CVP
  (Content  Vectoring  Protocol) 
protokolini 
ta‟minlaydigan  har  qanday  tarmoqlararo  ekranga  oson  o„rnatiladi. 
Platformaning tarmoqlararo ekrani antivirus shlyuzi orqali sozlangandan 
so„ng, foydalanuvchilar o„z hoxishlariga ko„ra virusdan himoyalanishni 
o„chira olmaydilar. 
Ayrim  hollarda  server  antivirusi  siz  foydalanayotgan  elektron 
pochta serveriga mos kelmaydi. Ko„plab tashkilotlar uchun bu muammo 
emas,  chunki  ular  elektron  pochta  orqali  uzatiluvchi,  keng  tarqalgan 
viruslarni aniqlash uchun 
Sendmail 
filtridan foydalanadilar. 
Unix, Linux 
administratorlari  o„z  navbatida 
SMTP
-trafikni  skanerlovchi  antivirus- 
shlyuzlardan foydalanishlari mumkin. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
157 
 
Ko„plab  dasturiy  ta‟minot  ishlab  chiqaruvchilar  o„z  mahsulotlarini 
Internet orqali yuklash imkoniyati mavjud bo„lishi uchun odatda u yoki 
bu  ma‟lumotlarni  siqish  turidan  foydalanadilar.  Agar  sizning  antivirus 
dasturingiz  virusga  ega  bo„lgan  arxivlarning  asosiy  turlarini  aniqlay 
olmasa,  sizning  himoya  qobig„ingizdan  osonlik  bilan  o„tib  ketadi. 
Melissa 
kabi makroviruslarga ham yengiltaklik bilan qarash kerak emas. 
Agar  foydalanuvchilar 
Microsoft  Office 
ilovalari  bilan  ishlasalar,  ular 
makroslarning  bajarilishidan  ogohlantiriladilar.  Axborot  texnologiyalari 
bo„yicha  ko„plab  mutaxassislar  shuni  ta‟kidlaydilarki,  foydalanuvchi-
larning  ko„pchiligi  bu  ogohlantirishlarni  e‟tiborsiz  qoldiradilar. 
Microsoft  Office 
dan  foydalanuvchi  korporatsiyalar  makroviruslarni 
aniqlovchi va yo„q qiluvchi mahsulotlarni tanlashlari kerak. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish