64
yordamida xo’jalik jarayoniga amaliy taosir ko’rsatish va xo’jalik jarayoni
ustidan nazorat olib borish uchun kerakli maolumotlar umumlashtirilishi
kerak.
Buxgalteriya hisobining barcha schyotlari korxonadagi xo’jalik
mablag’’lari yoki ularning tashkil topish manbaalari yoki xo’jalik
jarayonining hisobini olib borishga mo’ljallangan bo’lsada, ularning
ko’pchiligini umumiy hususiyatlariga qarab bir xil guruhlarga yig’ish
mumkin. Buning natijasida xo’jalik operatsiyalarining hisobini yuritish
uchun kerakli miqdordagi buxgalteriya hisobi schyotlarini namunali schyotlar
ro’yxatidan ajratib olishga erishiladi.
Bunday turkumlarga ajratish schyotlardan xo’jalik operatsiyalarini
yozish uchun, ulardan to’g’ri foydalanish hamda kerakli ko’rsatkichlarni
olish uchun qaysi schyotlardan foydalanish zarurligini aniqlashga yordam
beradi. Schyotlarning tayinlanishi va tuzilishiga qarab guruhlashni o’rganish
buxgalteriya schyotlaridan xo’jalik operatsiyalarini ikkiyoqlama yozish
usulini o’zlashtirishga katta yordam beradi.
Buxgalteriya schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga
ajratishda, bu schyotlarda nimalar hisobga olinishi eotiborga olinadi. Bunday
guruhlash xo’jalik mablag’’larini hamda ularni tashkil topish manbaalarini va
xo’jalik jarayonining mavjudligi, holati va xarakatini tasvirlash. maolumotlar
olish uchun qaysi schyotlardan foydalanish zarurligini ko’rsatadi.
SHuning uchun ham buxgalteriya schyotlarining ro’yxati schyotlarning
iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishga asosan ishlab chiqariladi.
Schyotlarni ikki xususiyatiga qarab turkumlarga ajratish, ularning
tayinlanishi va iqtisodiy mazmunini to’la aks ettiradi. SHunday bo’lsa ham
schyotlarning tayinlanishi va tuzilishiga qarab hamda iqtisodiy mazmuniga
qarab turkumlarga ajratishlarning o’ziga xos kamchiliklari bor. Bunday
turkumlarga ajratishning asosiy kamchiliklaridan biri uning juda ham
murakkabligidadir. SHuning uchun ham schyotlarni ikki xususiyatiga qarab
turkumlarga
ajratish,
buxgalteriya
hisobi
nazariyasi
bo’yicha
mutaxassislarnigina baxramand qiladi xolos. Bu mutaxassislarning
buxgalteriya hisobi umumiy nazariyasi bo’yicha schyotlarni turkumlarga
ajratishni soddalashtirishga qaratilgan ilmiy ishlar olib borishlarini taqozo
qiladi.
Buxgalteriya
hisobi
schyotlarini
iqtisodiy
mazmuniga
qarab
turkumlarga ajratishning zaminida buxgalteriya hisobi oboektlarining
xo’jalik mablag’’lariga, mablag’’larning manbaaiga va xo’jalik jarayoniga
Do'stlaringiz bilan baham: