28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


T/r  Xo’jalik muomalalarining mazmuni



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/283
Sana02.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#310711
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   283
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

T/r 
Xo’jalik muomalalarining mazmuni 
Schyotlarning bog’lanishi 
Debet 
Kredit 

Asosiy,  yordamchi  tsexlardan,  xizmat  ko’rsatuvchi  xo’jaliklardan 
tayyor maxsulotlarning kirim qilinishi 
2810 
2010, 2310, 2710 

Tayyor maxsulotlarni hisobning yarim tayyor usulida kirim qilish 
2810 
2110 

Tayyor maxsulotlarning ko’rgazmadan omborga kirim qilinishi 
2810 
2820 

Tayyor maxsulotni qayta baxolash 
a) qiymatining oshirilishi 
b) qiymatining kamaytirilishi 
2810 
3190 
6230 
2810 

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tayyor maxsulotlar 
2810 
9390 

Ichki  extiyojlar  uchun  tayyor  maxsulotlarning  ishlatilishi,  tayyor 
maxsulotlarning  tsexlarga  qayta  ishlov  berish  va  boshqalar  uchun 
qaytarilishi 
2010, 2310, 2510, 
2710 9410-9440 
2810 

Tayyor  maxsulot  omboridan  maxsulotlar  yaroqsiz  maxsulotlarni 
tuzatish uchun berildi 
2610 
2810 

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad, agar aybdor shaxs 
aniqlanmagan bo’lsa 
5910 
2810 

Kelgusi  davr  xarajatlari  tarkibida  yuritiladigan  xarajatlarga  tayyor 
maxsulotlarning ishlatilishi 
3190 
2810 
10 
Tayyor maxsulotlarning ko’rgazmaga berilishi 
2820 
2810 
11 
Sotilgan tayyor maxsulotning tannarxini hisobdan chiqarish. 
9110 
2810-2830 
12 
Tayyor  maxsulotlarning  moliyaviy  quyilmalar  (shu  jumladan 
qimmatli qog’ozlar) hisobiga berilishi 
0600, 5800 
9110 
9010 
2810 
13 
Inventarizatsiya  natijasida  moddiy  javobgar  shaxsning  aybi 
bo’yicha kamomadning aniqlanishi 
4730 
2810 
14 
Tayyor maxsulotlarning ajratilgan bo’linmalardan kelib tushishi 
2810 
6110 
15 
Tayyor maxsulotlarning ajratilgan bo’linmalarga berilishi 
4110 
2810-2830 
16 
Tayyor maxsulotlarning tekinga berilishi 
9430 
2810 
  
 
Sotishga  mo’ljallangan  tovar  va  prokat  buyumlari  sifatida  xarid  qilingan 
tovar-moddiy  qiymatliklarining  mavjudligi  va  xarakati  to’g’risidagi  axborotlarni 
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
2910 "Ombordagi tovarlar"; 
2920 "Chakana savdodagi tovarlar"; 
2930 "Ko’rgazmadagi tovarlar"; 
2940 "Prokatdagi buyumlar"; 
2950 "Tovarlar bilan band va bo’sh idishlar"; 
2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar"; 
2970 "Yo’ldagi tovarlar"; 
2980 "Savdo ustamasi"; 
2990 "Boshqa tovarlar". 
 
Sanoat  va  boshqa  ishlab  chiqarish  korxonalarida  tovarlarni  hisobga  oluvchi 
schyotlar, qandaydir buyumlar, materiallar, oziq-ovqat maxsulotlari maxsus sotish 
uchun xarid qilingan xollarda qo’llaniladi. 
Ta’minot,  tayyorlov,  savdo  korxonalarida  tovarlarni  hisobga  oluvchi 
schyotlarda shuningdek, asosiy vositalar yoki materiallarni hisobga oluvchi tegishli 
schyotlarda  yuritiladigan  ishlab  chiqarish  yoki  xo’jalik  extiyojlari  uchun  xizmat 
qiladigan inventarlardan tashqari sotib olingan idishlar va o’zida ishlab chiqarilgan 
idishlar hisobga olinadi. 


 
243 
2910  "Ombordagi  tovarlar"  schyotida  ulgurji  va  taqsimot  bazalarida, 
omborlarda,  umumiy  ovqatlanish  korxonalarining  saqlash  joylarida,  sabzavotni 
saqlash  joylarida  va  boshqalarda  saqlanayotgan  mavjud  tovar  zaxiralarining 
naqdligi va xarakati sotib olish qiymatida hisobga olinadi. 
Omborga  kelib  tushgan  tovarlar  va  idishlarning  kirim  qilinishi  2910 
"Ombordagi  tovarlar"  schyotining  debetida  tovarlarni  xarid  qilish  bilan  bog’liq 
xarajatlar bilan birgalikda aks ettiriladi. 
Tovarlar  va  idishlarning  kelib  tushishini  1510  "Materiallarni  tayyorlash  va 
xarid  qilish"  schyotidan  foydalanilgan  xolda  materiallar  bilan  bog’liq 
muomalalarni hisobga olish tartibi kabi bir xilda hisobda aks ettirish mumkin. 
Xaridorlar  (buyurtmachilar)ga  sotilgan  tovarlar  va  ular  uchun  ushbu  xaridor 
(buyurtmachi)larga  hisob-kitob  xujjatlarining  taqdim  etilishi  yoki  ular  tomonidan 
to’lanishi  2910  "Ombordagi  tovarlar"  schyotidan  9120  "Sotilgan  tovarlarning 
tannarxi" schyotining debetiga sotish tartibida hisobdan chiqariladi. 
2920  "Chakana  savdodagi  tovarlar"  schyotida  chakana  savdo  korxonalari 
(magazinlar, palatkalar, laryoklar, kioskalar va hokazolar) va umumiy ovqatlanish 
korxonalarining  bufetlaridagi  tovarlarning  naqdligi  va  xarakati  hisobga  olinadi. 
Chakana  savdo  korxonalari  va  umumiy  ovqatlanish  korxonalarining  bufetlaridagi 
shisha  idishlar  (shishalar,  bankalar  va  boshqalar)ning  naqdligi  va  xarakati  xam 
ushbu  schyotda  hisobga  olinadi.  Chakana  savdodagi  tovarlarning  sotilishida  xam 
2910  "Ombordagi  tovarlar"  schyotidagi  kabi  buxgalteriya  yozuvlari  amalga 
oshiriladi. 
2930 "Ko’rgazmadagi tovarlar" schyotida ko’rgazmalar, yarmarkalar, reklama 
va  ko’rsatish  uchun  mo’ljallangan  tovarlar  hisobga  olinadi.  Bunda  2930 
"Ko’rgazmadagi  tovarlar" schyotining debeti va 2910  "Ombordagi tovarlar"  yoki 
2920  "Chakana  savdodagi  tovarlar"  schyotlarining  krediti  bo’yicha  yozuvlar 
amalga  oshiriladi.  Tovarlar  uchun  javobgarlik  vaqtincha  bir  moddiy  javobgar 
shaxsdan  boshqasiga  o’tadi.  Agar  ko’rgazmaga,  yarmarkaga  va  xokazoga 
qo’yilgan  tovarlar  sotilsa,  u  xolda  buxgalteriya  yozuvlari  2910  "Ombordagi 
tovarlar" schyotidagi kabi amalga oshiriladi. 
2940  "Prokatdagi  buyumlar"  schyotida  prokatga  (ijaraga)  berish  uchun 
mo’ljallangan buyumlarning naqdligi va xarakati hisobga olinadi. 
2950 "Tovarlar bilan band va bo’sh idishlar" schyotida tovarlar bilan band va 
bo’sh turgan idishlarning (chakana savdo korxonalaridagi va umumiy ovqatlanish 
korxonalarining  bufetlaridagi  shisha  idishlardan  tashqari)  naqdligi  va  xarakati 
hisobga olinadi. 
Savdo  korxonalari  tovarlar  bilan  band  va  bo’sh  bo’lgan  idishlarning 
xarakatini ularning tarkibi va baxosidan kelib chiqqan xolda idishlar guruhi baxosi 
bo’yicha o’rnatiladigan o’rtacha hisob baxosi bo’yicha hisobga olishlari mumkin. 
Bunda  idishlarni  sotib  olish  baxosi  bilan  o’rtacha  hisob  baxolari  orasidagi  farq 
9390  "Boshqa  operatsion  daromadlar"  schyotida  yoki  9490  "Boshqa  operatsion 
xarajatlar" schyotida olib boriladi. 
2960  "Komissiyaga  berilgan  tovarlar"  schyotida  boshqa  korxonalarga 
komissiya va konsignatsiya shartnomasi bo’yicha berilgan tovarlar hisobga olinadi. 


 
244 
2970  "Yo’ldagi  tovarlar"  schyotida  hisobot  davri  oxirida  yo’lda  qolgan 
(omborga kelib tushmagan) tovarlar hisobga olinadi. 
2980  "Savdo  ustamasi"  schyoti  agar  chakana  savdo  va  umumiy  ovqatlanish 
korxonalarida tovarlar hisobda sotish baxosida yuritilsa, tovarlarning savdo ustama 
(chegirma)lari to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. 
Umumiy ovqatlanish korxonalarida ushbu schyotda omborxonalar, bufetlar va 
oshxonalardagi  mavjud  oziq-ovqat  maxsulotlari  va  tovarlarning  savdo  ustamalari 
shuningdek,  oshxona  va  bufet  maxsulotlariga  sotish  baxosida  ularning  qiymatiga 
belgilangan tartibda qo’yiladigan ustama summalari hisobga olinadi. 
2980  "Savdo  ustamasi"  schyoti  tovarlar  kirim  qilinganda  savdo  ustamasi 
summasiga  kreditlanib,  sotilgan,  chiqarilgan,  yoki  tabiy  yo’qotish  natijasida 
hisobdan  chiqarilgan,  yaroqsiz,  buzilgan,  kamomad  va  xokazolarda  tovarlar 
bo’yicha  savdo  ustamasi  summasiga  debetlanadi.  Savdo  ustamasining  sotilgan 
tovarlarga to’g’ri keladigan qismi 2980 "Savdo ustamasi" schyotining debetida va 
9120  "Sotilgan  tovarlarning  tannarxi"  schyotining  kreditida  aks  ettiriladi.  Savdo 
ustamasi summasining sotilmay qolgan tovarlar qoldig’iga to’g’ri keladigan qismi 
yo’qlama  qilish  opislari  asosida,  o’rnatilgan  me’yorlarga  muvofiq,  tovarlarga 
tegishli ustamani aniqlash orqali aniqlashtiriladi. 
Chakana savdo korxonalarida sotilmagan tovarlar qoldig’iga to’g’ri keladigan 
savdo  ustamasi  summasi  oy  boshida  tovarlar  qoldig’iga  to’g’ri  keladigan  savdo 
ustamasi  summasi  va  2980  "Savdo  ustamasi"  schyoti  debeti  bo’yicha  aylanma 
summasiga (boshqa hisobdan chiqarishlarga) kamaytirilgan 2980 "Savdo ustamasi" 
schyoti  krediti  bo’yicha  aylanmani  bir  oyda  sotilgan  tovarlar  summasi  (hisob 
baxolari  bo’yicha)  va  oy  oxiridagi  tovarlar  qoldig’iga  (hisob  baxolari  bo’yicha) 
nisbatidan kelib chiqqan xolda hisoblangan foiz bo’yicha aniqlanishi mumkin. 
2990 "Boshqa tovarlar" schyotida 2910-2950 schyotlarda aks ettirilmaydigan 
boshqa tovarlar hisobga olinadi. 
Tovarlarni  hisobga  oluvchi  schyotlar  (2900)  bo’yicha  analitik  hisob  moddiy 
javobgar  shaxslar,  tovarlarning  nomlari  (navi,  guruіlari,  toylar)  va  tovarlarning 
saqlanish joylari bo’yicha yuritiladi. 
 
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900)ning bog’lanishi 
  

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish