110
hisobi shakllari rivojlanishiga qisqacha tavsifnoma berib utiladi.
Memorial-order - bu esda saqlovchi daftar hisoblanib, xo’jalik
operatsiyalarini sodir bo’lgan paytda buxgalteriya hisobi schyotlari ko’rsatmasi
asosida to’ldiriladi. Bu daftarga yozish xo’jalik operatsiyalarini xujjatlashtirish
bosqichi hisoblanadi. Buxgalteriya provodkalari shu daftarda aks ettirib boriladi.
Lekin, hisobning bu shakli maonaviy tomondan va o’zining rasmiylashtirish
talablari bo’yicha ancha eskirgandir.
Jurnal-xronologik registr hisoblanib, unda xo’jalik operatsiyalarini
korespondentsiyalovchi schyotlar ko’rsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Bunda
jurnalni yozish uchun boshlang’ich xujjat rolini memorial bajaradi.
Jurnal-order asosiy hisob shakllaridan bo’lib, memorial - orderga qaraganda
ancha afzalliklarga ega. Misol uchun jurnal-orderdagi yozuvlar memorial orderga
qaraganda anchagina qisqargan ko’rinishga ega. Bundan tashqari jurnal-orderlar
aniq sintetik schyotlar bilan bog’liqoperatsiyalarni aks ettirish uchun moslangan.
Masalan, “Kassa” schyotining kredit tomonidagi operatsiyalar summalari 1 sonli
jurnal-orderda aks ettiriladi.
Xozirgi kunda Respublikamizdagi juda ko’p korxonalar va boshqa xo’jalik
suboektlari buxgalteriya hisobining avtomatlashgan shakli - qog’ozsiz shakliga
o’tmoqdalar. Bu shaklning afzalligi shundaki, buxgalteriya hisobining
boshlang’iya xujjatlari va boshqa xujjatlar hisoblash texnikasi yordamida ishlov
berilmoqda.
Buxgalteriya hisobining xozirgi shakllarini qo’llash vaqtiga etib kelgunga
qadar, uning rivojlanish tarixi ham yo’q emas.
Kapitalni yig’iklashuvi va markazlashuvi operatsiyalar sonini o’sishiga va
xo’jalik aloqalarini qiyinlashuviga sabab bo’lib, oqibat natijada takomillashgan
buxgalteriya hisobi shakllaridan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Buxgalteriya hisobini “Frantsiya shakli” bir qancha vaqt qo’llanib kelingan. Bu
“Fransuscha shakl” ni Matoe Dela Port 1685 yilda taoriflab berilgan . Bu shaklda
umumiy jurnaldan kassa jurnali , sotilgan narsalar jurnali , olingan veksellar
jurnali, berilgan veksellar jurnali va har xil operatsiyalar jurnali kabi jurnallar
ajralib chiqarilgan.
Bu davrga kelib (17-18 asrlar) buxgalteriya hisobining ratsional yangi shakli
yana Italiyada vujudga keldi . Buxgalteriya hisobi “ YAngi Italiya shakli” ni
F.Garatti 1688 yilda taoriflab bergan.
Bu shaklni xarakterli tomoni, undagi hamma schyotlarning kollektiv va
oddiy schyotlarga bo’linganligidir. Bosh daftar endi fakat sintetik schyot uchun
xizmat
qiladigan,
analitik
schyot
uchun
esa
yordamchi
daftarlardan
foydalaniladigan bo’ldi. Daftarlarni yuritishning bunday usuli buxgalteriya
hisobining operativligini taminlaydi.
Buxgalteriya hisobi “yangi Italiya shakli” quydagi registirlardan : jurnal -
xronologik hisobning asosiy daftari, bosh daftar - muntazam hisobning asosiy
daftari va yordamchi daftarlaridan iboratdir. Har bir operatsiya ayrim moddasi
bo’yicha jurnalga yozilgandan keyin, bosh daftar schyotlarga
va tegishli yordamchi
daftarlarga ko’chiriladi.
111
Bu daftarlardagi yozuvlarga muvofiq xar oyda sintetik va analitik schyotlar
bo’yicha aylanma videmostlar oyda bir marta bir-biriga solishtirilib tekshiriladi .
Sintktik schyotlar bo’yicha oborot qaydnoma aylanma balansini uzida
mujssamlashtirgan bo’lib ,bu maolumotlar koldik balansini tuzishuchun ma’lumot
olinaligan manba bo’lib xizmat qiladi . "yangi Italiya shakli" ning “Vinetsiya
shakli“ nisbatan o’ziga xos hususiyatlar mana shulardan iborat.
Frantsiyada "YAngi Italiya shakli" ning ancha soddalashtirilgan shakli
yaratildi va u buxgalteriya hisobining “Amerika shakli “deb ataldi. Buxgalteriya
hisobining "Amerika shakli" da xronologik va muntazam “bosh jurnal registirida
birga olib boriladi. Bu shaklni E.Degronij 1797 yilda taorif berilgan.
Buxgalteriya hisobining “shaxmat shakli” bosh jurnalni tuzish yo’li bilan
oborot qaydnomani olishni ta’minotlaydi. Bu shaklni D. Rossi 1889 yilda
tariflab bergan. 20 asrning boshlariga kelib, buxgalteriya hisobining integral shakli
vujudga keldi. Buxgalteriya hisobining “integral shakli” ni J. B. Dyumarshe 1914
yilda ta’riflab bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: