28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/283
Sana02.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#310711
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   283
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Eslab qoling! 
 
Buxgalteriya hisobi  registrlari  deb boshlang’ich  va  yig’ma xujjatlarda aks ettirilgan 
xo’jalik  mablag’lari  va  xo’jalik  jarayonini  tartibi  va  harakatini  ularning  tashkil  topish 
manbaalari,  iqtisodiy  mazmuniga  muvofiq    guruhlarga  bo’lib  ro’yxatga  olish  uchun 
mo’ljallangan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi. 
 
Esda tuting 
Tashqi ko’rinishiga ko’ra 3 xil  buxgalteriya hisobi  registrlari majud  bo’lib, ular daftarlar, 
kartochkalar va varaqlar hamda vedomostlardan iborat. 
 
YOzuv  turlariga  ko’ra  xronologik  uslubi  va  kombinatsiyalashtirilgan  registrlar 
farqlanadi. Xronologik  hisob registrlari xo’jalik operatsiyalarini xronologik tartibda, yaoni 
operatsiyani  qisqacha  mazmuni,  bo’lgan  vaqti  va  summasini  yozib  borish  uchun 
mo’ljalangan.  Statistik  hisob  registrlari  operatsiyalarni  sistematik  tarzda  yozish  uchun 
mo’ljallangan.  Bunda  operatsiyalar  maolum  belgilarga  ko’ra  guruhlangan  holda  aks 
ettiriladi. 
 
Kombinatsiyalashgan  registrlarda    xronologik  yozuv  sistematik  yozuv  bilan 
qo’shilgan  holda  aks  ettiriladi.  Ularni  qo’llash  ishlarini  ixchamlashtiradi,  hisobda 
qo’llaniladigan registrlar sonini kamaytiradi. 
 
Registrlar  ulardan  olinayotgan  maolumotlar  hajmiga  ko’ra  sintetik  va  analitik 
turlariga bo’linadi. 
 
Sintetik  registrlar  sintetik    hisob  maolumotlarini  aks  ettiradi.  Analitik  registrlardan 
analitik hisob yuritishda foydalaniladi. 
 
Korxona mablag’lrining but saqlanishi debitor qarzlarni o’z vaqtida qaytarib olish va 
ho’jasizlikning oldini olish, shuningdek buxgalteriya hisobotlari va balansning o’z vaqtida, 
to’liq holda yozilishiga bog’liqdir. 
 


 
108 
 
 
Buxgalteriya  hisobi  registrlariga  xo’jalik  operatsiyalarini  yozish,  korxonalar 
xo’jalik-moliyaviy  faoliyatining  u  yoki  bu  tomonini  aks  ettiruvchi  boshlang’ich 
xujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
 
Buxgalteriyada qo’llaniladigan hisob registrlarining tuzilishi, ularning o’zaro 
bog’liqligi xo’jalik operatsiyalarni ularda ketma-ket yozish usullari hamda hisobda 
qo’llaniladigan texnik vositalar buxgalteriya hisobining shaklini belgilaydi. Bunda 
korxona,  tashkilot,  muassasa  buxgalteriya  hisobida  sodir  bo’lgan  har  xil 
operatsiyalarni  o’z  vaqtida,  to’g’ri,  izchillik  bilan  hisob  registrlarining  aniq  bir 
tizimida jamlanishini ta’minotlaydi. 
 
Buxgalteriya  hisob  shakllari  buxgalteriya  hisobini  yuritish  texnikasi  va  uni 
tashkil  qilish  borgan  sari  rivojlanib,  o’zgarib  kelmoqda.  Buxgalteriya  hisobining 
qator  shakllari  mavjud.  Ular  quyidagi  asosiy  printsiplarga  ko’ra  bir  biridan  farq 
qiladi.
  
1. Registrlarning soni, vazifalari va tashqi ko’rinishiga ko’ra. 
2. Registrlarda xronologik va sistematik yozuvlar, sintetik va anali 
  tik hisobni qo’shib olib borish tartibiga ko’ra. 
3. Registrlarga yozuvlarni yozish tartibi va texnikasiga ko’ra. 
 
Buxgalteriya  hisobining  memorial-order  shakli  uzoq  vaqt  hisobda  asosiy 
o’rinni egallab kelgan. Hisobning bu shakli xar tomonlama tekshirilgan dastlabki 
xujjat asosida yoziladi. 
 
Keyinchalik  memorial-orderlarning  raqamlari  va  summalari  operatsiyalarni 
ro’yxat qilish jurnaliga (xronologik registr tartibi bilan) yozib boriladi. 
 
Ro’yxatga  olish  jurnali  memorial-orderlarning  saqlanishi  ustida  va  tartib 
bilan  hamda  raqamlanishini  nazorat  qilib  turish  uchun  shuningdek,  oy  davomida 
bajarilgan  barcha  xo’jalik  opratsiyalarining  umumiy  summasini  aniqlash  uchun 
xizmat  qiladi.  Undan  tashqari,  har  oyning  oxirida  jurnaldagi  xo’jalik 
operatsiyalarining  jami  summasi  sintetik  schyotlar  bo’yicha  oy  oxiriga  tuzilgan 
oborot  vedomostlarining  umumiy  summasi  bilan  solishtiriladi.  Bu  usulda  sintetik 
schyot  bo’yicha  muntazam  registrlarda  aks  ettirilgan  xo’jalik  operatsiyalarining 
to’plamini  tekshirish  xamda  ikki  yoqlama  yozish  qoidasiga  qatoiyan  rioya 
qilinganligini tekshirish mumkin. 
 
Ro’yxatga olingan memorial-orderdan sintetik schyotlar bo’yicha muntazam 
registr bosh daftarga operatsiyalarni yozish uchun foydalaniladi.  
Unda har bir sintetik schyot uchun alohida varaq ajratiladi. 
 
Memorial-order  shakli  qo’llaniladigan  korxona,  tashkilot  va  muassasalarda 
analitik  hisob  registrlari  sifatida  kartochkalar  yuritiladi.  Memorial-orderga  ilova 
qilinadigan  kartochkalardagi  yozuvlar  boshlang’ich  va  yig’ma  xujjatlarga 
asoslangan  bo’ladi.  Hisobot  oyining  oxirida  analitik  schyot  registrlari  bo’yicha 
jami  summa  yigiladi  va  shunga  muvofiq  oborot  yoki  qoldiq  vedomosti  tuziladi. 
Ulardagi  maolumotlar  sintetik  schyotlar  jami  summasi  bilan  solishtiriladi  va 
shunday  qilib  yo’l  qo’yilgan  xatoliklarni  aniqlash  yoki  uning  oldini  olish 
imkoniyati yaratiladi. 
 
Buxgalteriya  hisobining  jurnal  order  shakli  yuqorida  ko’rib  o’tilgan  hisob 
shakllarida mavjud kamchiliklarni yo’qotish va hisob shakllarini takomillashtirish 


 
109 
natijasida vujudga kelgan. Uning xususiyatlaridan biri shundaki, bunday  yozuvlar 
hisobot  olish  davomida  jamlash  va  guruhlash  vedomostlarida,  shu  jurnalda 
guruhlanib beriladi. Jurnal orderidan tashqari erdamchi vedomostlar ham yuritiladi. 
 
 SHaklning  xususiyatlaridan  yana  biri  hisob  registrlarining  buxgalteriya 
hisoboti tuzishga moslanganligidadir, yaoni unda ”memorial- order”, ”bosh jurnal”  
shakllariga  qaraganda  xujjatlarning  aylanishi  tezlashadi,  sintetik  va  analitik 
hisoblar  qo’shilib  ketadi,  hisobotning  qo’shimcha  ishlarini  bajarmasdan, 
to’g’ridan-to’g’ri  hisob  registrlaridan  tuzish  mumkin  bo’ladi  va  xakozo.  
SHaklning 
kamchiligi 
hisoblash 
mashinalaridan 
foydalanish 
chegaralanganligidadir. 
 
Korxonalarda  hisob  ishlarini  yuritish  va  xo’jalik  operatsiyalarini  hisobga 
olishni tashkil qilishning turli shakllaridan foydalaniladi. 
Buxgalteriya  hisobining  shakli  deb  hisob  yozuvlarining  maolum  texnika 
vositasidan  foydalanib  tashkil  qilishga  aytiladi.  Bunda  korxona  buxgalteriya 
hisobida  sodir  bo’lgan  har  xil  xo’jalik  operatsiyalari  o’z  vaqtida  to’g’ri,  izchillik 
bilan hisob registrlarining aniq bir tizimda jamlanishi ta’minotlanadi. 
 
Buxgalteriya  hisobining  shakllari  quyidagi  asosiy  printsiplariga  ko’ra  bir-
biridan farq qiladi. 
a) sintetik hisob registrlarining tuzilmasi; 
b)  sintetik  va  analitik  hisob  registrlari,  xronologik  va  muntazam  registrlarning 
o’zaro aloqasi; 
v) buxgalteriya hisobi registrlarining tashqi ko’rinishi; 
 
g)  buxgalteriya  hisobi  registrlariga  yozuvlarni  izchillik  bilan  yozish  tartibi  va 
texnikasi. 
 
Tajribada  buxgalteriya  hisobining  juda  ko’p  xil  shakllarini  sanab  chiqish 
mumkin.Bularni ko’pchiligi bir-biriga mos keladi, chunki ko’plari avval qo’llanib 
kelaetgan  shakllarning  airim  elementlarini  takomillashtirish  hisobiga  vujudga 
kelgan. 
 
Buxgalteriya  hisobi  tarixan  shuni  ko’rsatib  turibdiki,  keyingi  yillarda 
buxgalteriya  hisobi  shakllarining  ko’p  turliligi  tipozitsiyalash  tirish  va 
unifikatsiyalashtirish  kabi  ilg’or  yo’nalishlarga  amal  qilgan  holda  birmuncha 
qisqartirilgan. 
 
Buxgalteriya  hisobining  ilg’or  shaklini  qo’llash  masalasi  juda  muhim  va 
qiyin  masaladir.Bu  masalaning  dolzarbligi  xozirgi  vaqtda  hisob-kitob  ishlarida 
personal hisoblash texnikasini intensiv qo’llash natijasida ortib bormoqda. 
 
Xozirgi  kunda  buxgalteriya  hisobining  ilg’or  shakllaridan  hisobni  tashkil 
qilishda keng qo’llanilayotgan ayrim turlarini ko’rib chiqishdan oldin buxgalteriya 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish