Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Ayniyat  va  ziddiyat  bilan  bogliq  qonuniyat



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Ayniyat  va  ziddiyat  bilan  bogliq  qonuniyat. 
Olamdagi  har  bir 
narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-
114


birini  istisno  qiladigan  qarama-qarshi tomonlar birligidan  iborat. 
Demak,  voqelik  va  o‘zgarish  jarayonida  ayniyat  va  ziddiyatning 
bolishi ham odatiy hoi.  Masalan,  issiq va  sovuq,  oq va  qora,  ke~ 
cha va kunduz,  elektrning musbat va manfiy zaryadlari,  yaxshilik 
va  yomonlik,  adolat  va  jaholat  va  h.k.  qarama-qarshi  tomonlar 
bir-birini  inkor  etadi  va  shu  bilan  birga  biri  ikkinchisini  taqo­
zo  etadi,  biri  ikkinchisisiz  mavjud  bola  olmaydi.  Faraz  qilaylik, 
magnitning manfiy zaryadi bolmasa, u holda ushbu narsa magnit 
bololmaydi.
Borliq  narsa,  voqea-hodisalarning  turli-tumanligidan  iborat. 
Lekin  narsalar  qanchalik  xilma-xil,  turli-tuman  bolmasin,  ular 
o‘rtasida yaqinlik,  aynanlik mavjuddir.  Masalan,  stol va stul sifat 
jihatidan  turli  narsalardir.  Lekin  baribir  ular  o‘rtasida  o‘xshash 
tomonlar,  belgilar  bor.  Aytaylik,  ularning  yo  rangi  yoki  bir  xil 
materialdan  yasalganligi  yoki  bolmasa,  vazni  o‘xshash  bolishi 
mumkin va h.k.
Ayniyat  tushunchasi  narsa  va  hodisalar  o‘rtasidagi  o‘xshash 
tomonlarni  ifodalaydi.  Shu  bilan  birga  narsa-hodisalar  bir-biri- 
dan  farq  qiladigan tomonlar,  xususiyatlar,  belgilarga ham egadir. 
Aynan  bir  xil  bolgan  narsaning  o‘zi  yo‘q.  Hatto  daraxtning  bir 
shoxida  yonma-yon  turgan  2  barg  ham  bir-biridan  farq  qiluv­
chi ba’zi jihatlarga  ega.  Hech bolmaganda,  ular  bir-biridan  ma- 
kondagi o‘rni bilan farq qiladi.
Hayotdan  misol  keltiradigan  bolsak,  bir-biriga  tashqi  to­
mondan  tamomila  o‘xshash  bolgan  Hasan  va  Husanlarda 
ham juda  ko‘p  farq  qiluvchi  xususiyatlar  bor.  Masalan,  ularda 
fe’l-atvor,  qiziqish  turi,  dunyoqarashlar  har  xil  bolishi,  ya’ni 
ularning  ichki  dunyolari  farq  qilishi  mumkin.  Demak,  tafovut 
narsa-hodisalarning  farq  qiluvchi  tomonlarini  ifodalovchi  tu- 
shunchadir.
Qarama-qarshilik  deb  esa,  narsa,  voqea-hodisalarning  bir- 
birini  taqozo  etuvchi  va  shu  bilan  birga  bir-birini  inkor  etuvchi 
tomonlari,  kuchlarining  o‘zaro munosabatiga aytiladi.
Qarama-qarshiliklar  o‘rtasidagi  munosabatni  ziddiyat  degan 
tushuncha ifodalaydi.  Ko‘p hollarda ayniyat va tafovutning  zidli- 
gi  va  ularning bir  maxrajga  kelishi,  me’yoriy  o‘zgarishlar  tufayli
115


rivojlanish,  taraqqiyot,  yangilanish  jarayonlari  amalga  oshadi. 
Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo 
bolishi,  rivojlanishi  va  hal  qilinishidan  iborat  bo‘lgan  abadiy va 
azaliy murakkab jarayondir.
Sobiq  Ittifoqning  mafkurasi  darajasiga  ko‘tarilgan  mark- 
sizmda  asosan  ziddiyatga  ko‘proq  e’tibor  berilar  edi.  U  mut- 
laqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib,  asosan,  antogonistik ziddi- 
yatlar to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli 
hayotga  olib  boradi,  deya  xayol  qilinar  edi.  Holbuki,  insoniyat 
paydo bolibdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham,  ziddiyat 
va  qarama-qarshiliklar  ham  mavjud bo‘lib  kelmoqda.  Odamzod 
ziddiyatlar  kamroq  bolgan,  kishilarning  xilma-xil  intilish  va 
maqsadlari,  bir-biridan  farq  qiladigan  g‘oyalari  uyg‘unlashgan, 
barqarorlik ustuvor bolgan jamiyatni  qurish  uchun bosh  qotirib 
kelmoqda.
Ana  shunday  intilishlar  fanda  «Konfliktologiya»  (konflikt  — 
ziddiyat,  logos  — ta’limot)  deb  ataladigan  falsafiy yo‘nalish  pay­
do  bolishiga  olib  kelgan.  Bu  soha  bilan  shug‘ullanadigan  olim 
va  mutaxassislar  konfliktologlar  deb  ataladi.  Ular  konfliktlarni 
keltirib  chiqarish  emas,  balki  ularning  oldini  olish  va  jamiyat 
uchun  foydali  tarzda  hal  qilish  yollari  va  usullari  ustida  bosh 
qotirishadi.
Har  bir  ziddiyatning  aniqlanishi,  hal  qilinishi  o‘zgarishga, 
yangilanishga,  bir  sifatdan  ikkinchi  sifatga,  eskidan  yangiga 
o‘tishga  sabab  boladi.  Olam  turli-tuman  bolganligi  uchun  zid­
diyatlar  ham  xilma-xildir.  Masalan,  ichki  va  tashqi  ziddiyatlar, 
asosiy va asosiy bolmagan ziddiyatlar mavjud.  Ular o‘rtasida farq 
bolgani  bilan  birga,  mutlaq  chegara  ham  yo‘q.  Chunki  amalda, 
hayotda ular bir-biriga o'tishi, birgalashib  ketishi va taraqqiyotda 
turli xil  o‘rin tutishlari mumkin.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish