Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Fazo  va  vaqtning  xususiyatlari



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Fazo  va  vaqtning  xususiyatlari. 
Fazo  va  vaqt  borliq  miqdoriy 
va  sifatiy  jihatlarni  ifodalashiga  qarab,  metrik  va  topologik  xu­
susiyatlarga ega.  Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning 
miqdoriy munosabatlarini aks ettirib,  olchanadigan,  ko‘zga tash- 
lanadigan  va  nisbiy  tabiatli  xususiyatlaridir.  Ularga  kolam,  bir 
jinslilik,  izotroplik  (anizotroplik)  kabi xususiyatlar kiradi.
Fazo  va  vaqtning  topologik  xususiyatlari  esa,  borliqning  tub 
sifatiy  jihatlarini  ifodalaydi.  Bunday  xususiyatlarga  uzluksizlik, 
boglanganlik,  olchamlilik,  kompaktlik,  tartiblanganlik  singari 
xususiyatlar  kiradi.  Vaqtning  topologik  xususiyatlariga  orqaga 
qaytmaslik,  bir olchamlilik kabi xususiyatlar qo‘shiladi.
Fazo  (vaqt)ning metrik o‘zgarishlari borliq strukturasini jiddiy 
o‘zgartira  olmaydi,  topologik  o‘zgarishlar  esa  borliqning  sifatiy 
o‘zgarishiga  sababchi  boladi.  Masalan,  bir  boglangan  sistema- 
ning ko‘p boglangan sistemaga o‘tishi fazo topologiyasini tubdan 
o‘zgartiradi,  ya’ni  fazoning  ikki  nuqtasini  tutashtiruvchi  turli- 
cha  yollar  paydo  boladi.  Bunday  fazoda  katta  idishning  ichiga 
kichik  idishni  sig‘dirish  mumkin  boladi.  0 ‘lcham  darajasi  ko‘p 
bolgan  sistema  olchov  darajasi  kam  bolgan  sistemaga  nisbatan 
ko‘rinmas  va  murakkab  boladi.  Shuningdek,  fazo  va  vaqtning 
metrik  xususiyatlarini  kuchli  o‘zgarishi  topologik  xususiyatlari- 
ning  o‘zgarishiga  olib  kelishi  mumkin.  Masalan,  fazoning  egri- 
lik  darajasi  kuchli  o‘zgarsa,  bir  boglangan  fazo  ko‘p  boglangan 
fazoga aylanishi mumkin.
Hayot  — borliqning namoyon bolish  shakli.  Tabiat va jamiyat 
haqidagi  konkret  fanlar  borliqning  muayyan  xususiyatlarinigina 
o‘rganadi.  Borliqning  umumiy  xossalari  hac ida  esa,  falsafa  fani 
tadqiqot  olib  boradi.  Bu  jihatdan  falsafada  hayot  muammosiga 
nisbatan  muayyan  yondashuv  shakllanganini  alohida  qayd  etish
107


lozim. Xo‘sh, hayot nima? Borliqning eng murakkab shakllaridan 
biri hayot va uning mohiyati haqida to'xtalaylik.  Biz hayot ekan- 
miz,  olamni bilamiz.  Hayotning xilma-xil turlari,  shakllari borki, 
ular  borliqning  moddiy  shaklini  harakatga  keltirishda,  boshqa- 
rishda  asosiy  o‘rin tutadi.  Hayotning  eng  murakkab  shakli inson 
hayotidir.  Bu  inson  ruhiyati,  ongi,  tafakkuri  bilan  chambarchas 
boglangan.  Har  bir  odamga  bir  marotabagina  hayot  kechirish 
imkoniyati berilgan.  Insonning qadr-qimmati shu hayotni qanday 
o'tkazganligi bilan olchanadi.
Odamning tabiati va hayoti u yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy 
muhitga  ham  bog‘liq.  Farovon  jamiyatda  insonlar  ham  farovon 
hayot  kechirishadi.  Qashshoq  jamiyatda  esa  qashshoqlik  tomir 
otadi.  Demak,  jamiyatimizni  qanchalik  farovon  qilsak,  unda 
yashaydigan  insonlarning,  kelgusi  avlodlarimizning  hayoti  ham 
shunchalik baxtli va farovon boladi.
Hayotning  vujudga  kelishi  va  mohiyati  haqida  hanuzgacha 
olimlar bir nuqtayi  nazarga  kelishmagan.  Har bir  insonning  ha­
yoti  takrorlanmas  va  o‘ziga  xosdir.  Balki  stanokning  bir  detali 
o‘rniga boshqa detalni qo‘yish bilan natija o‘zgarmas yoki bir ish- 
chining  o‘rniga boshqa ishchini qo‘yish bilan stanok to‘xtab  qol- 
mas. Ammo bir otaning o‘rnini boshqa  ota,  bir do‘stning  o'rnini 
boshqa  do‘st bosa  olarmikin?  Shunday  ekan,  har bir  odam  tak­
rorlanmas va o‘z o‘rnida qadrli.  Insonni, uning hayotini qadrlash 
muhim ijtimoiy vazifadir.
Inson tabiiy muhitsiz,  suv,  havo,  quyosh va tuproqsiz yashay 
olmaydi.  Bu  unsurlar  uning  tirikchiligini  ta’minlaydi.  Bunday 
qulay sharoit inson uchun faqat Yer sharida mavjuddir.  Yerning 
hayot  tarqalgan  qismi  biosfera  deb  ataladi.  Biosfera  tirik  orga- 
nizmlarning hayot kechirish muhitidir.  Agar Yer shari quyoshga 
yaqinroq  joylashganida,  yer  yuzasidagi  harorat  ko‘tarilib  ket- 
gan  b olar  edi  va  oqibatda  yerdagi  namlik,  suv  yo‘qolar  edi. 
Agar u  quyoshdan uzoqda joylashganida,  yer yuzasidagi harorat 
pasayib,  hamma joy mangu  muzlik bilan  qoplanar  edi.  Har  ik- 
kala  holatda  ham  yer  yuzasida  hayotning  paydo  bolishiga  im­
koniyat  yo‘qolgan  bolardi.  Yana  boshqa  holni  olaylik:  Quyosh 
sistemasi  Galaktika  markaziga  yanada  yaqinroq  joylashganda
108


edi,  yer  yuzasida  kuchli  gravitatsiya  ta’sirida  narsalarning  vaz- 
ni  og‘irlashib,  insondek  murakkab  jonzodning,  balki  umuman 
hayotning paydo  bo‘lishiga  sharoit bo‘lmagan b olar  edi.  Aksin- 
cha,  Quyosh  sistemasi  Galaktikamiz  markazidan hozirgiga  nis­
batan  chetda joylashganda  ham,  gravitatsiya  kuchining  zaifligi 
ayrim kimyoviy va biologik jarayonlarning  ro‘y berishiga xalaqit 
bergan  b olar  edi.  Buning  oqibatida  yer  yuzasida  hayot  paydo 
bolm as  edi.
Demak,  inson  olamning  eng  ajoyib  mo‘jizasi,  Yaratganning 
in’omi,  o‘zi  uchun  eng  qulay  bolgan  joyda,  Yer  sayyorasida 
yashaydi  va  bunga  shukur  qilsa  arziydi.  Inson  aql-idrokining 
olamga  ta’sir  ko‘rsatish  chegarasi  «Noosfera»  deb  ataladi.  Qa- 
dimda  insonning  tabiiy  muhitga  ta’siri  o‘ta  kuchsiz  bolgan. 
Davrlar o‘tishi bilan inson qolida qudratli kuch va quvvat man- 
balari  to‘plangach,  uning  tabiatga  ta’siri  o‘zgardi,  atrof-muhit- 
ni  ifloslantirib,  biosferadagi  tabiiy  muvozanatni  izdan  chiqara 
boshladi.
Bugungi  inson  o‘zligini  anglamas  ekan,  uning  sayyoramiz- 
ga  halokatli  ta’siri  kuchaygandan  kuchayib,  oxir-oqibatda  uning 
o‘zini ham halokatga olib borishi mumkin,  degan ilmiy bashorat­
lar  bor.  Haqiqatan  ham  inson  faoliyati  aql-idrok  bilan  oqilona 
boshqarilmas  ekan,  u  Yer  yuzining  halokatini  tezlashtirishi 
muqarrardir.
Hozirgi  zamondagi  ekologik  muammolardan  biri  ham  inson 
tomonidan  atrof-muhit  ifloslanishining  oldini  olish  va  bu  halo- 
katni  to‘xtatib  qolishdan  iborat.  Bu  olamni  qay  darajada  yaxshi 
bilib  olishimiz va uning hayotiga nisbatan  mas’uliyatni anglashi- 
mizga bogliqdir.  Har bir  inson jamiyatda va  tabiatda  tutgan  ocz 
o‘rnini,  umrining  ma’nosi  va  bu  hayotdagi  mas’uliyatini  to‘g‘ri 
anglasa,  atrof-muhitni  avaylab-asrashi,  Yer yuzini  gullatib  yash- 
natishga harakat qilishi shubhasiz.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish