Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


  Вернадский  В.И.  Начало  и  вечность  жизни.  — М.:  «Сов.  Россия»



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

1  Вернадский  В.И.  Начало  и  вечность  жизни.  — М.:  «Сов.  Россия»,
 
1989.  -   С. 186-187.
371


Yuqorida  ta’kidlab  o‘tilganidek,  inson  tafakkuri  noosfera- 
ning  turli-tuman  yo‘nalishlarini  vujudga  keltirmoqda.  Nano- 
texnologiyalar  bugun  hayotimizga  kirib  kelmoqda.  Tabiat  va 
nanotexnologiyaning  o‘zaro  munosabati  murakkab  bo‘lib  va 
ko‘p  ma’noli  xususiyatlarga  ega.  Uning  o‘ziga  xosligi  shunda 
ko'rinadiki,  nanotexnologiyaning  ba’zi  bir  obyektlari  tabiat 
obyektlaridan  farq  qiladi.  Tabiatda  mavjud  bo‘lmagan  nano- 
mahsulotlar  sun’iy  dunyoni  paydo  qilib  tabiatga  nisbatan  mu- 
nosabatni  qiyinlashtiradi.  Shu bilan  birgalikda  nanotexnologiya 
nafaqat  sun’iy  dunyoni  yaratadi,  balki  tabiat  bilan  yangi  mu- 
nosabatlarni  o‘rnatadi.  Bu  muammolar  bugun  insoniyat  oldiga 
turli-tuman  hal  etilmagan  masalalarni  ham  qo‘ymoqda.  Texni­
ka  insoniylashuvi,  inson  ma’naviyati  bilan  uyg‘unlashuvi,  in­
son  manfaatlari  har  bir  insonning  ongi  va  faoliyatiga  singishi 
lozim.  Negaki  ular  inson  ma’naviy  olami,  estetik  ongi  va  didi, 
estetik  ehtiyojlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.  Shunday ekan  olamni 
estetik  anglashda  texnologiyalarning  roli  muhimligini  hayot- 
ning  o‘zi  ko‘rsatmoqda.  Buni  kompyuter  texnologiyalari,  in- 
ternetning  farzandlarimizga  ta’siri  orqali  ko‘rishimiz  mumkin. 
EAV va  kommunikatsiya  texnologiyalaridan  ma’lumotlar  oqimi 
manfaatdorlik  nuqtayi  nazaridan  yetkazilishi,  ataylab  qarama- 
qarshi xarakterdagi ma’lumotlarni ketma-ket berish orqali  oxir- 
oqibatda yoshlarning idrokini susaytirishga olib keladi.  Internet 
va  uning  shakllari  bo‘lgan  internet-televideniya,  internet-radio, 
elektron  pochta,  onlayn-video,  ijtimoiy  tarmoqlar  kabi  ko‘plab 
axborot  tarqatish  texnologiyalari  imkoniyatlaridan  yoshlarning 
ma’naviyati  va  bilim  darajasini  oshirishda  maqsadli  va  oqilona 
foydalanish zarur.
Shu  o‘rinda  reklamalarga  ham  alohida to‘xtalib  o‘tish  lozim. 
Reklamaning  estetik jihatlari  va  g‘ayriestetik  holatlar  mavjudligi 
hech  kimga  sir  emas.  Ayrim  firma  va  kompaniyalar  o‘zlarining 
sifatsiz  ayni paytda zararli  mahsulotlarini  reklama qilishda usta- 
lik  bilan  foydalanmoqda.  Bunday  reklamalarni  ko‘rgan  yoshlar 
maqtalgan «o‘sha» narsalarni tatib ko‘rishni xohlaydi.  Bu reklama 
beozor  ko‘ringani  bilan  ma’lum  mamlakat  turmush  tarzini  ham 
yoshlarga  yetkazayotgani,  ularda  qiziqish  uyg‘otayotganini  unut-
372


maslik lozim.  Shunday  ekan,  ijtimoiy voqelikdagi  hodisa  hamda 
jarayonlarga yoshlarda ongli munosabatni shakllantirish, ularning 
erkinlik  haqidagi  tasavvurlari,  ijtimoiy  mas’uliyatga  munosabat- 
larini  tarixiylik  va  zamonaviylik  o‘zaro  uyg‘unligini  ta’minlash 
asosida  quyidagilarni  yoshlar  turmush  tarziga  singdirib  borish 
zarur:
— jamiyatning har bir fuqarosini global jarayonlarni mulohaza- 
korlik bilan tahlil qilishga o'rgatish,  ularning axloqiy mas’uliyatni 
chuqur his qilishiga erishish;
—  shaxs  erkinligi  oila,  mahalla,  davlat  va  jamiyatni  o‘zaro 
uyg‘unligida  ro‘yobga  chiqqani,  xorijdan  eksport  qilinayotgan, 
razolat  va  tubanlikka  yetaklovchi  «ommaviy  madaniyat»  millat 
axloqi,  urf-odati,  dinu-diyonati,  imon-e’tiqodiga  mutlaqo  yot 
ekanligini,  ular ruhiyatiga muntazam singdirib borish;
—  sharq  kishisiga  xos  fazilatlarni  yuksaltirish  asosida  har  bir 
shaxsning  erkinlik  va  mas’uliyatni  chuqur  anglashga  safarbar 
etish  o‘z  amaliy  faoliyatida  demokratik  qadriyatlarga  tayanish 
ko‘nikmasini hosil  qilish;
—  ayni  paytda  erkinlikni  tom  ma’noda  mohiyatan  anglashda 
uning  g‘arbona  (Yevropacha)  tamoyillariga  ko‘r-ko‘rona  asosla- 
nishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki bunday 
taqlid  yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  kutilmagan  oqibatlarga,  xu- 
susan  erkinlik niqobiga  o‘rangan mas’uliyatsizlikka,  demokratiya 
niqobiga  o‘rangan  parokandalikka,  bosh-boshdoqlikka  olib  keli- 
shi  mumkin.
Nima bo‘lganda ham globallashuvjarayoni ijobiy ta’sirini e’tirof 
etgan  holda  o‘tmish  qadriyatlarimiz  bilan  zamonaviy  tamaddun 
o‘zgarishlarni muntazam o‘rganib borish milliy qiyofasizlik,  did- 
sizlik,  axloqsizlik,  mas’uliyatsizlik  kabi  salbiy  holatlarga  zamin 
yaratuvchi  global  ta’sirlardan  yoshlarni  imkon  darajada  asrash, 
bugungi kundagi eng muhim vazifadir.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish