Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati.
Ulug‘vorlik —
insonning narsa-hodisalarga estetik va axloqiy mezonlar bilan
yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluv
chi ma’naviy hodisa. Ulug‘vorlikning ko‘lami go‘zallik ko‘lami
kabi cheksiz bo‘lib, o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni
mujassam etadi. Shuning uchun ulug‘vorlik muhokamasi yuk
sak darajada madaniyatni talab qiladi. Ulug‘vorlik tabiat, jami-
yat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon boladigan
ma’naviy-axloqiy tushunchadir. Ulug‘vorlik belgisiga ega bo‘lgan
barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan umumiylik — me’yoriy
barkamollikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |