rohatlanmasdan, ruhiy huzurlanish xususiyatiga egadir. Gedo-
nizm ta’limotining asoschisi Aristippdir (e.av. 435—355-y.y.).
U Suqrotning zamondoshi bolib, insonning ruhiy holati ikki
turda bolishini aniqlaydi. Birinchisi, inson ruhining rohatlani-
shi bolsa, ikkinchisi noxush og‘riqli holatidir. Insonning butun
hayot mazmuni rohatlanishdan, huzurbaxshlikdan iborat, degan
g‘oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad. yun. hedone
— zavqlanish, rohatlanish)dir. Gedonizm ta’limotiga ko'ra, inson
o‘z hayotining tabiiy ehtiyoji, asosiy harakatlantiruvchi kuchi si
fatida huzurbaxshlikka, rohat-farog‘atga intiladi. Aristipp flkri-
cha, rohatlanish yengil, yoqimli va huzurbaxshlik bilan kechsa,
ruhiyatnig noxush og‘riqli holati esa azob va qiynoqlardan ibo-
ratdir. Aristipp fikricha, inson og‘riqdan qochishi va iloji bori-
cha rohatlanishga intilishi oqibatida baxtga erishishi mumkin,
jismoniy ehtiyojlarni qondirish esa inson hayotining mazmun-
mohiyatini tashkil etadi. Bu ta’limotga binoan, huzur-halovat,
rohatlanish baxsh etmaydigan harakatga e’tibor qaratish va kuch
sarflash arzimaydi.
Gedonizmning psixologik talqinida insonni harakatga un-
dovchi asosiy kuch bu — zavqlanish va rohatlanishga intilish,
deya e’tirof etiladi. Axloqiy gedonizmda esa, inson o‘zining
yoki o‘zga kishilarning rohatlanishi uchun yashashi kerak,
degan g‘oyani targ‘ib etuvchi turli xil falsafiy yondashuvlarni
o‘zida mujassamlashtirgan. Masalan, gedonizmni huzurbaxsh
lik, rohatlanish sifatida targ‘ib etuvchi yondashuvlardan biri-
ning asoschisi Epikur insonning yotsirashdan va jirkanishdan
xalos bolishi bu — xohish-istaklarni qondirish, deya talqin
etadi. Bu yondashuvda inson ehtiyojlarining qondirilishi emas,
balki azob va baxtsizlikdan xalos bolish maqsadi ifoda etilgan.
Inson hayotini gedonistik yondashuv asosida talqin qilish falsa
fa tarixida markaziy masalalardan biri b olib kelgan va ko‘plab
faylasuf-mutafakkirlar ijodida o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan.
Fransuz faylasufi I.Bentamning yozishicha, «Tabiat
insonni ikki
asosiy borliq: azob va rohat girdobiga tushirgan. Ular bugun
biz nima qilishimiz va ertaga nima bilan shug‘ullanishimizni
belgilab beradi. Hatto haqiqat va yolg‘on, sabab va oqibat me-
273
dagina erishish mumkin. Evdemonizm yo‘nalishi namoyandalari
qarashlarida inson uchun eng buyuk ne’mat baxt sanaladi. Uning
asosida yunon faylasufi Arastuning baxt haqidagi ta’limoti yota-
di. Uning fikricha, baxt bu «biz doimo uning o‘zi uchun o‘zini
tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tu-
shunchadir1. 0 ‘rta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga yeti-
shuv ta’limoti) akviniyalik Foma ta’limotiga yo‘naltirilgan bolib,
yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir,
degan g‘oyani tasdiqlar edi.
Evdemonizm yo‘nalishidagi huzurbaxshlik ta’limotini yoq-
lovchilar Epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlar baxt va
huzurbaxshlikni uyg‘unlashtiradilar. Ammo gedonizmdan farq-
li o laro q huzurbaxshlik bu yerda insonning axloqiy faoliyati
bilan bevosita boglanadi. Misol uchun, Epikur nazdida yuk
sak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki nafis
ma’naviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya hola-
tidagina inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi. Yangi davrda evde
monizm ko‘plab faylasuflar tomonidan rivojlantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: