Axloq tuzilmasida
uch omil — asos — axloqiy ong, axloqiy his-
siyot va axloqiy xatti-harakatlar muhim o‘rin tutadi.
Axloqshurfoslik tizimida uchta asosiy unsur, ya’ni odob, xulq
va axloq tushunchalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Odob — inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin
jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada
muhim ahamiyatga ega bolmaydigan, milliy urf-odatlarga asos-
langan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq
— oila, jamoa, mahalIa-ko‘y miqyosida ahamiyat-
li bolgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmuyi.
Axloq
— jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga
ega, insoniyat tarixi uchun namuna bola oladigan ijobiy xat
ti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi
ma’naviy hodisa.
Do'stlaringiz bilan baham: |