II. Argumentlarni rad etish.
Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan ar-
gumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash
uchun yetarli emasligi aniqlanadi. Argumentlarning xatoligi te
zisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin
bolishi ham mumkin. Argumentlarni rad etish orqali tezisning
isbotlanmaganligi asoslab beriladi.
III. Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘1 qo‘yilgan xatolar
aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezisning chinligi uni asoslash
uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asos
lab beriladi. Isbotlash usulida yol qo‘yilgan xato aniqlanganda
tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi.
Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birga-
likda, bir-birini toldirgan holda qollanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |