Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Demografik  muammolar. 
XX  asr  o‘zining  bir  qator  belgilari 
bilan  oldingi  barcha  davrlardan  keskin  farq qiladi.  Xususan,  XX 
asrni  «demografik portlash»  davridir,  degan  qarashlar ham  keng 
tarqalgan.  Bunda  qolgan  barcha  jahonshumul  muammolarni 
keltirib  chiqaruvchi  bosh  sabablardan  biri  ham  aynan  yer  yu- 
zida aholining tez sur’atlar bilan ko‘payishi bilan bevosita bogliq 
ekanligi nazarda tutiladi.  «Demografik portlash» tushunchasi ijti- 
moiy-tarixiy taraqqiyotning  qisqa bir  davrida,  muayyan  mintaqa 
yoki mamlakatda va Shuningdek, butun yer yuzida tabiiy tug‘ilish 
hisobiga aholi miqdorining nihoyatda tez ko‘payishini anglatadi.
Insoniyatning  oldida  ana  shunday  xavf  borligi  to‘g‘risida 
dastlab  ingliz  iqtisodchisi  Tomas  Robert  Maltus  (1766—1834-y.) 
ogohlantirgan  edi.  U  o‘zining  «Aholishunoslikning  qonuniyati 
to‘g‘risida tajribalar» nomli kitobida aholining geometrik progres- 
siya  bo‘yicha  ko‘payishini,  uning  hayot  kechirishi  uchun  zarur 
bolgan  moddiy  ne’matlarning  ko‘payishi  arifmetik  progressiya 
bo‘yicha  ro‘y  berishini  aytgan  edi.  Maltus  bu  jarayonning  oldi 
olinmasa,  yaqin  kelajakda,  planetar  masshtabda,  tabiiy  muhit 
berishi mumkin bolgan moddiy ne’matlar miqdori bilan juda tez 
sur’atlarda ko‘payayotgan dunyo  aholisi  ehtiyoji  o‘rtasida ziddiyat 
vujudga kelishini bashorat qilgan edi.
Darhaqiqat,  bundan 6—8  ming yillar oldin yer yuzida  5  mln. 
atrofida  odamlar  istiqomat  qilishgan,  deb  taxmin  qilinadi.  Bu 
ko'rsatkich  eramizning  boshlarida  230  mln.,  1-ming  yillikning 
oxiri 2-ming yillik boshlarida, ya’ni Beruniy zamonida  305  mln., 
1500-yilda 440  mln.,  1800-yilda  952  mln.,  1900-yilda  1656  mil- 
lionni,  2012-yilda  esa  7  mln.ni  tashkil  etgan.  XVI  asr  boshidan
199


XIX  asr boshigacha,  ya’ni uch asr  mobaynida bu ko‘rsatkich  174 
foizga  oshganligini;  1900-yildan  to  2016-yilgacha  esa  bu  nisbat 
salkam  5 barobar oshganligini kuzatamiz.
XX  asrning  ikkinchi  yarmida  yer  yuzi  mintaqalarida  aholi- 
ning  tabiiy  ko‘payish  sur’atlari  turlicha bolib,  bu  o‘z  navbatida, 
Yer  yuzida  mintaqalar,  mamlakatlar,  xalqlar  salmoglning  kes­
kin  o'zgarishiga  olib  kelmoqda.  Masalan,  1800-yilda  (Napoleon 
zamonida)  Fransiya  aholisi  27  mln.  kishi  —  Yer  yuzi  aholisi- 
ning  3  foizini tashkil  etgan bolsa,  Filippin orollarida yashayot- 
gan  aholi  1,6  mln.  kishi  miqdorida  bolib,  planeta  aholisining 
umumiy  salmoglga  nisbatan  0,16  foizni  tashkil  etardi.  1999-yil 
13-oktabr  kuni  Yer  yuzi  aholisi  olti  milliardlik  dovonni  bosib 
o‘tdi.  Fransiya aholisi 56,2 mln.ni, Yer yuzi aholisi salmoglning
0,94  foizini,  Filippin  aholisi  ham  65  mln.  kishini  tashkil  etib, 
jahon  aholisidagi  salmogl  (1,05%)  bo‘yicha  Fransiyadan  o‘zib 
ketdi.  Bu  borada  milliarddan  ko‘p  aholi  yashaydigan  Xitoy  va 
Hindiston  alohida  o‘rin  tutadi.  Xullas,  bu masala bir  mamlakat 
doirasidan  chiqib,  jahon  muammosiga  aylandi.  U  bilan  bogliq 
muammolarni  hal  qilish  uchun  ham  butun jahonda  mushtarak 
faoliyat olib borish zarur.
Umumbashariy  muammolar  0 ‘zbekistonni  ham  chetlab 
o‘tgan  emas.  Albatta,  mamlakatimizda  sobiq  ittifoqdan  meros 
qolgan  eng  global  muammo  Orol  fojiasi  ekanligini  bilamiz.  Bu 
borada respublikamiz mintaqadagi davlatlar orasida ko‘pdan-ko‘p 
tashabbuslarni o‘rtaga tashlab  kelmoqda.  Shu bilan birga,  mam- 
lakatimiz aholisi ham muttasil o‘sib bormoqda.
0 ‘zbekiston o‘z aholisi o‘sishi bilan bogliq masalalarni,  aytish 
mumkinki, muvaffaqiyatli hal qilishga kirishdi.  Keyingi paytlarda 
respublika  hukumati  inson  sogliglni  muhofaza  qilish,  tug‘ilgan 
har  bir  chaqaloq  oldida  ota  va  onaning,  qolaversa,  jamiyatning 
javobgarlik  hissini  oshirish  borasida,  Shuningdek,  farzandning 
ota-ona  va  Vatan  hamda  xalqi  oldidagi  burchlarini  chuqur  ang- 
lashlari  uchun  juda  katta  ma’naviy  rag‘batlantiruvchi  tadbirlar 
ishlab  chiqqanligi  o‘ta  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Shu  maqsad- 
da  «Soglom  avlod»  jamg‘armasining  tuzilishi,  «Soglom  avlod 
uchun»  ordenining ta’sis  etilishi ham flkrimizning dalili boladi.
200


Bugungi  kunda  ajdodlarimizning  o‘z  Vatani,  tabiiy  muhitga 
mehr-muhabbatli  bolish  kabi  muqaddas  tuyg‘ulari  avloddan-av- 
lodga  meros  bolib  o‘tayotganligi  bejiz  emas.  Zero  ona  Vatani- 
miz Yer yuzining eng  obod va ozod go‘shalardan biriga aylanishi 
shak-shubhasizdir.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish