Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Nozidlik  qonuni. 
Inson  tafakkuri  aniq,  ravshan  bolishi  bilan 
birga,  ziddiyatsiz  bolishi  ham  zarur.  Ziddiyatsizlik  inson  tafak-
205


kuriga  xos  bolgan  eng  muhim  xislatlardan  biridir.  Ma’lumki, 
obyektiv voqelikdagi  buyum va  hodisalar bir vaqtda,  bir xil  sha- 
roitda  biror  xususiyatga  ham  ega  bolishi,  ham  ega  bolmasligi 
mumkin  emas.  Masalan,  bir  vaqtning  o‘zida,  bir  xil  sharoitda 
inson  ham  axloqli,  ham  axloqsiz  bolishi  mumkin  emas.  U  yo 
axloqli,  yo  axloqsiz boladi.
Bir vaqtning  o‘zida bir predmetga ikki  zid xususiyatning taal- 
luqli  bolmasligi  tafakkurda  nozidlik  qonuni  sifatida  shakllanib 
qolgan.  Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yol qo‘ymaslikni 
talab  qiladi  va  tafakkurning  ziddiyatsiz  hamda  izchil  bolishini 
ta’minlaydi.
Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan 
ikki  o‘zaro  bir-birini  istisno  qiluvchi  (qarama-qarshi  yoki  zid) 
fikr bir vaqtda  va  bir xil  nisbatda  birdaniga  chin  bolishi  mum­
kin  emasligi,  hech  bolmaganda  ulardan  biri,  albatta,  yolg‘on 
bolishini  ifodalaydi.  Bu  qonun  «А  ham  В  ham  В  emas  bola 
olmaydi»  formulasi  orqali beriladi.
Nozidlik  qonuni  qarama-qarshi  va  zid  mulohazalarga  nis­
batan  qollanadi.  Bunda  qarama-qarshi  mulohazalarning  har 
ikkalasi  ham  bir  vaqtda  yolg‘on  bolishi  mumkin;  o‘zaro  zid 
mulohazalar  fcsa,  bir  vaqtda  yolg'on  bolmaydi,  ulardan  biri 
yolg‘on  bolsa,  ikkinchisi  albatta  chin  boladi.  Qarama-qarshi 
mulohazalarda  esa,  bunday  bolmaydi,  ya’ni  ulardan  birining 
yolg‘onligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi. Masalan: 
«Aristotel  —  mantiq fanining  asoschisi» va «Aristotel  —  mantiq 
fanining  asoschisi  emas»  —  bu  o‘zaro  zid  mulohazalardir.  Bu 
zid  mulohazalarning  har  ikkalasi  bir  vaqtda  yolg‘on  bolmaydi. 
Ulardan  birinchisi  chin  bolganligi  uchun,  ikkinchisi  yolg‘on 
boladi.  0 ‘zaro  qarama-qarshi  bolgan  «Bu  qog‘oz  oq  rangda» 
va  «Bu  qog‘oz  qora  rangda»  mulohazalarining  esa  ikkalasi  bir 
vaqtda, bir xil nisbatdayolg‘on bolishi mumkin.  Chunki qog‘oz 
oq  ham,  qora  ham  bolmasligi,  balki  sariq,  qizil  yoki  boshqa 
rangda bolishi  mumkin.
Ba’zida  ikki  qarama-qarshi  fikr  aytilganda  mantiqiy  ziddiyat 
bolmasligi  mumkin.  Bunda  bir  masala  yuzasidan  bayon  qilin­
gan  qarama-qarshi  flkrlar  turli  vaqtda  va  turli  nisbatda  aytilgan
206


boladi.  Masalan:  «Akmal musobaqada qatnashmadi» va  «Akmal 
musobaqada  qatnashdi».  Bu  mulohazalar  turli  vaqtga  nisbatan 
(bir oy awal yoki keyin), turli munosabatda (suzish yoki shaxmat 
bo'yicha)  bayon  qilingani  tufayli  bir-birini  inkor  etmaydi.  De- 
mak,  fikrlash jarayonida  vaqt,  munosabat  va  obyekt  birligining 
saqlanishi Nozidlik qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart- 
sharoit hisoblanadi.
Mantiq  ilmi  umuman  har  qanday  zid  mulohazalarni  taqiq- 
lamaydi,  balki  bir  masala  yuzasidan  bir  xil  vaqt  va  munosabat 
doirasida  o‘zaro  zid,  qarama-qarshi  mulohazalarni  bayon  qilish 
mumkin emasligini ta’kidlaydi.
Formal  mantiq  mantiqiy ziddiyatlar bilan  real hayot  ziddiyat- 
larini  chalkashtirib  yuborishni  qoralaydi.  Chunki  bulardan  bi- 
rinchisi  tafakkurda  yo‘1  qo‘yib  bolmaydigan  ziddiyat  bolsa,  ik- 
kinchisi buyum, hodisalar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil 
qiladigan  dialektik  ziddiyatdir.  Birinchisi  subyektiv,  ikkinchisi 
obyektiv ziddiyatdir.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish