foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Mazkur ishda 6 ta jadval, 2 ta rasm, 1
5
1-BOB: AXOLINI SIFATLI OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARI BILAN
TA’MINLASHNING ASOSIY MEXANIZMALARI
1.1.
Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi.
Oziq-ovqat xavfsizligi bu iqtisodiyotning shunday holati bo’lib, bunda
jahon bozorlari tebranishlaridan qat’iy nazar bir tomondan, ilmiy asoslangan
ko’rsatkichlarga mos miqdorlarda, ikkinchi tomondan tibbiy me’yorlar
darajasida iste’molni qondirish uchun shart-sharoit yaratilgan holda aholini
oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash kafolatlanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi birinchi bor 1974 yilda Jahon oziq-
ovqat sammitida taklif qilingan bo’lib, “oziq-ovqat iste’molining barqaror
o’sishini ta’minlash hamda ishlab chiqarish hajmi va narxlarning
o’zgarishlarini qoplash uchun asosiy oziq-ovqatlarning dunyoda yetarli
jamg’armalari har doim mavjudligini” anglatadi. Keyingi yillarda oziq-ovqat
mahsulotlarining xavfsizligi va to’yimliligi hamda shaxsiy hohishlarni ham
inobatga olish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi kengaytirildi. Oziq-
ovqat xavfsizligi sohasida mavjud zamonaviy adabiyotda juda ko’p tushuncha
va ko’rsatkichlar mavjud. Oziq-ovqat xavfsizligiga oid ko’p tushunchalar va
ko’rsatkichlar mavjudligiga qaramay, mazkur g’oyaning o’ta muhimligini
hamma e’tirof etgan. 1996 yilda Jahon Oziq-ovqat xavfsizligi sammiti oziq-
ovqat xavfsizligini shart sifatida belgiladi: “...barcha odamlar o’z oziqlanish
ehtiyojlari va shaxsiy hohishlariga binoan hamda faol va sog’lom hayotni
ta’minlash uchun yetarli miqdorda xavfsiz va to’yimli oziq-ovqat mahsulotlariga
yetarli va iqtisodiy jihatdan ega bo’la olishi”.
2001 yilda oziq-ovqat xavfsizligi g’oyasiga moddiy va iqtisodiy
imkoniyatdan tashqari ijtimoiy imkoniyat tushunchasi ham qo’shildi. Hozirgi
FAO belgilagan tushuncha mazkur qo’shimcha jihatni quyidagicha aks ettiradi:
“barcha odamlar odamlar o’z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy hohishlariga
binoan hamda faol va sog’lom hayotni ta’minlash uchun yetarli miqdorda
xavfsiz va to’yimli oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo’lishi uchun jismonan,
6
iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari mavjudligi oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlandi
deganidir”
Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning asosiy maqsadi ichki va tashqi salbiy
ta’sirga bog’liq bo’lmagan holda qayta ishlovchi korxonalarni xomashyo, aholini-
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdir. U hatto valyutaning yetishmasligi,
chetdan mahsulotlarni olib kirishda embargo (boshqa mamlakatlar tomonidan
to’siqlar qo’yish) narxlarning o’sishiga bog’liq bo’lmagan bo’lishi kerak.
Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning muhim shartlari:
har bir inson uchun oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli bo’lishi (etarli
miqdorda uning taklifi);
aholi barcha itimoiy toifalari, shu jumladan kam taminlangan aholi
tomonidan oziq -ovqat mahsulotlarini sotib olishning iqtisodiy jihatdan
imkoniyati (iste’molchilik talabining to’lov qobiliyati);
me’yorda ovqatlanish uchun yuqori sifatli mahsulotlarni iste’mol qilishning
yetarli miqdorda bo’lishi.
FAO mutaxassislari fikriga ko’ra oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan holat
oziq-ovqat xavfsizligi omillari, ko’rsatkichlari, ta’minot barqarorligi, ega bo’lish
imkoniyati va sog’lomligi bilan belgilanadi. Ular quyida batafsil belgilangan.
Barqarorlik:
oziq-ovqat ta’minoti uzilmasligi uchun aholi, oila har
doim oziq-ovqatga ega bo’la olishi lozim. Ular kutilmagan hodisalar
(masalan, iqtisodiy yoki iqlimiy bo’hron) yoki tsiklik hodisalar (masalan,
iqlimiy oziq-ovqat tanqisligi) tufayli oziq-ovqatdan uzilib qolmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: