jigar darvozasi oldida o‘t pufagi chu-
qurchasi bilan yumaloq boylam yorig‘i o‘rtasida, dumli bo‘lak esa
jigar darvozasining orqasida, pastki kavak venaning egati va ve-
na boylami joylashgan yoriq o‘rtasida joylash gan. Jigarning vis-
seral yuzasida ichki a’zolarning tegib turishidan botiq liklar ho-
sil bo‘ladi.
Jigar tashqi tomondan seroz parda bilan (qorin parda bo‘lma-
gan maydondan tashqari) qoplangan. Uning ostida yupqa va
pishiq fib roz parda
bor. Jigar darvozasida fibroz parda qon to-
mirlar bilan jigar ichiga kirib uni bo‘laklarga bo‘ladi.
Jigar jarrohligining taroqqiyotiga bog‘liq ravishda oxir-
gi vaqt da jigarning segmentar tuzilishi haqidagi ilm keng tar-
qalmoqda. Qon tomir lar va o‘t naylarining tarqalishiga qarab
(Kuyno, 1957) ji garda ikkita bo‘lak, 5 sektor va 8 segment tafo-
vut qilinadi. Jigar bo‘laklari da jigarning darvoza venasining o‘ng
va chap tarmoqlari tarqaladi. Jigar sektori jigar parenximasini
jigarning darvoza venasini ikkinchi tartibli tarmog‘i, jigarning
xususiy arteriyasini shunga mos tarmog‘i va sektor o‘t yo‘lini
o‘ragan qismidan iborat. Jigar segmenti jigar parenximasini ji-
garning darvoza venasini uchinchi tartibli tarmog‘i, jigarning
xususiy arteriyasi va o‘t yo‘lining shunga mos tarmog‘ini o‘ra-
gan qismidan iborat.
232
Tuzilishi jihatidan jigar murakkab tarmoqlangan naysimon bez
bo‘ lib, uning chiqaruv nayi o‘t yo‘llaridan iborat. Jigarning tarki-
biy-vazifaviy birligi jigar bo‘lakchasidir. U prizma shaklida, keng-
ligi 1–2,5 mm bo‘lib, odam jigarida 500 000 ga yaqin bo‘lak-
cha bor. Bo‘lakchalar o‘rtasida oz miqdorda biriktiruvchi to‘qi-
ma bor bo‘lib, uning ichida bo‘lakchalararo o‘t naychasi, arte-
riya va vena joylash gan. Jigar bo‘lakchasi ikki qator gepatositlar-
dan hosil bo‘lgan va radiar joylashgan jigar ustunchalaridan ibo-
rat. Bo‘lakcha markazida markaziy vena
yotadi. Jigar ustunlari
o‘rtasida bo‘lakcha chekkasidan markaziga qon olib boruvchi si-
nusoid kapillyarlar bor. Sinusoid kapillyarlar bo‘lakcha atrofida-
gi vena tomirlari bilan markaziy vena o‘rtasida bo‘lgani uchun
uni jigarning ajoyib venoz to‘ri deb ataladi. Bo‘lakchalar ichida-
gi kapillyarlar devorida joylashgan yulduzsimon shakldagi endo-
teliy (kuper) hujayralari qonda aylanib yurgan zaharli moddalar,
mikroblar toksinlarini zararsizlantiradi. Jigar ustunlarining ikki
qator jigar hujayralari o‘rtasida o‘t yo‘li bo‘lib, bo‘lak marka zida
uning uchi yopiq. Bo‘lakcha chekkasida esa u bo‘lakchalar aro o‘t
yo‘liga quyiladi. Ularning o‘zaro qo‘shilishidan pirovard natijada
o‘ng bo‘lakdan jigarning o‘ng o‘t yo‘li,
Do'stlaringiz bilan baham: |