2.
Kichik va katta rombsimon mushaklar
(mm. rhomboidei
minor et major).
Kichik mushak VII bo‘yin va I ko‘krak umurt-
qasi, katta mu shak esa II–V ko‘krak umurtqalarining o‘tkir qirrali
o‘siq chalaridan bosh lanadi. Mushak tolalari yuqoridan pastga va
lateral tomonga yo‘nalib kurakning medial qirrasiga birikadi.
Faoliyati: kurakni umurtqa pog‘onasiga yaqinlashtiradi va
yuqo riga tortadi.
Orqaning qovurg‘alarga birikuvchi mushaklari uchinchi qavat-
da joylashgan orqaning ustki va pastki tishsimon mushagidan ibo-
rat.
l.
Orqaning yuqorigi tishli mushagi
(m. serratus posterior supe-
rior)
rombsimon mushaklar oldida yotadi. Pastki ikkita bo‘yin va
ustki ikkita ko‘krak umurtqalari o‘tkir qirrali o‘siqchalaridan bosh-
lanadi. Yuqoridan pastga va lateral tomonga qiya yo‘nalib II–V
qovurg‘alarning orqa yuzasi qovurg‘a burchagining tashqarisiga bi-
rikadi.
Faoliyati: qovurg‘alarni ko‘taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |