1.
Boshning tasmasimon mushagi
(m. splenius capitis)
ensa
boylamining pastki qismi, VII bo‘yin va yuqorigi 3–4 ta ko‘krak
umurt qalarining o‘tkir qirrali o‘siqchasidan boshlanadi. Mushak
tolalari yuqoriga lateral yo‘nalib, ensaning yuqori bo‘yin chizig‘i
lateral qismiga va so‘rg‘ichsimon o‘simtaga birikadi.
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, bosh va bo‘yinni orqaga
tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o‘z tomoniga tortadi.
2.
Bo‘yinning tasmasimon mushagi
(m. splenius cernicis)
III–V ko‘k rak umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqchasidan bosh-
lanib, 2–3 ta yuqo rigi bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siq-
chasining orqa do‘mboq chasiga birikadi.
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, umurtqa pog‘onasining bo‘-
yin qismini orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, o‘z tomoniga
buradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |