17-mavzu: Xalqaro moliya institutlari va ularning turlari
17.1. Xalqaro moliyaviy institutlariga umumiy xarakteristika
17.2. Xalqaro valyuta jamg’armasi
17.3. Jahon banki
17.4. Evropa tiklanish va taraqqiyot banki
17.5. Mintaqaviy moliya – kredit institutlari
17.6. O’zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlari
17.1. Xalqaro moliyaviy institutlariga umumiy xarakteristika
Xalqaro valyuta – kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi
o’z ichiga ko’plab halqaro moliyaviy tashkilotlarni oladi. Ularning ayrimlari yirik
moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo’lib, dunyo iqtisodiyoti va moliya –
kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo
moliyaviy masalalarni muhokama etish, moliya – kredit siyosati bo’yicha
tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko’rsatish bilan
shug’ullanadi. Yana boshqalari axborot yig’ish, muhim valyuta – kredit va moliya
muammolari va umuman, iqtisodiyotda statistik va ilmiy – tadqiqot ishlarini
amalga oshiradi.
Ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlar zamonaviy xalqaro moliyaviy
institutlari deb yuritiladi. Ularning vujudga kelishi, tashkil topishi va
rivojlanishining asosiy sababi jahon xalqaro iqtisodiyotining taboro globallashib
borayotganligidir (quyidagi rasmga qarang).
Bu institutlarning asosiy maqsadi – xalqaro va mahalliy ijtimoiy – iqtisodiy
doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama – qarshiliklarni bartaraf etish,
yumshatish hamda ularning o’zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgandir.
Dunyoda global ahamiyatga ega bo’lgan xalqaro moliyaviy institutlar
tarkibiga, BMTning hayrxoxligida tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro
valyuta jamg’armasi (XVJ), Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo tashkiloti
kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlar Birlashgan millatlar
tashkiloti (BMT)ning faoliyati bilan bog’liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy
masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etadi.
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi – iqtisodiy kengash – Evropa,
Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va
Lotin Amerikasi komissiyalari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Amerikalararo
taraqqiyot banki (ATB)ni tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus
jamg’armalar bu tashkilotlarni to’ldirib turadi.
«Marshall rejasi»ning amalga oshirilishi munosabati bilan 1948 yilda
tuzilgan Evropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti, keyinchalik Evropa to’lov
ittifoqining tashkil etilishiga yo’naltirilgan (1950 – 1958 yillar), 1960 yilda esa
iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IXTR
67
, Parij) almashtirilgan.
Hozirda bu tashkilot o’z ichiga 32 mamlakatni oladi, uning vazifalariga –
67
OESR – Organizatsiey ekonomicheskogo sotrudnichestvo i razvitiya.
mustaqillikni joriy etish, ularning xalqaro doiradagi ishtirokini faollashtirish, milliy
iqtisodiyotda vujudga kelayotgan muammolarni minatqa va xalqaro darajada
echish masalalariga qaratilgan.
Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro moliya institutlarining vujudga kelishiga
quyidagi omillarni keltirish mumkin.
33.
Xalqaro iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash borasida
kuchlarni umumlashtirgan holda hamkorlikda faoliyat yuritish.
34.
Davlatlararo valyuta va moliya – kredit siyosatini tartibga solish
yuzasidan xalqaro andozalarni yaratish va amaliyotga joriy etish.
35.
Hamkorlikda jahon valyuta va moliya – kredit siyosati yuzasidan
strategik taktikani ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: