«Hikmat mo'minning yo'qotganidir. Uni
qaerda topsa oladi»,
deganlar. Sen ularni kofirlar tilidan topsang ham ol. Bu hikmatli haqiqat
sening yo'qotgan molingdir. Ilmu tahsil uchun har qanday zahmatga tayyor bo'l, zavqlarning eng
kattasi shudir. Va hormasdan ishla, bu esa jihodning eng kattasidir. Bu yo’lda ter to'kish, uyqudan
kechish, iztirob chekish, jon berish sharafdir. Sen faqat bu yo'llardan haqiqatni izla. Xayoliy
xurofotdan yiroq bo'l. Haqiqatlarga o'zingni bag'ishla. Mana shu seni Allohga do'st qiladi. Buni birovlar
ko'zi uchun emas, Alloh uchun qilsang, haqiqiy olim bo'lasan. Maqtanib ko'rsatish uchun qilsang,
halokatga giriftor bo'lasan.
Payg'ambarimiz(s.a.v.) ilmni kibr uchun o'rgangan kishini Alloh jahannamga ravona qilishini
aytganlar.
O'g'lim Musomurod! Ilmni Alloh rizoligi uchun egallagan kishilar insoniyatga haqiqiy xizmat qilgan
bo'ladi. Ilm o'rganishadi va o'rgatishadi. Ilmni yomon niyatda o'rgangan insonlar yomon oqibatlarga
duch keladi.
Shuning uchun sen insonlarga foyda keltiruvchi yo’lni tanla. Olimlarni hurmat qil.
Payg'ambarimiz(s.a.v.) ham:
Do'stlaringiz bilan baham: |