Xoki poyi yaxshilar bo’l, xok bo’lmasdan burun,
Bu qaroyer bag'ri senga chok bo'lmasdan burun.
O'g'lim Musomurod! Yana shu o'gitlardan biri, halimlikda insonlarning o'likni eslatadigan holda
bo'lishidir. Inson g'azablanganda qo'lidan, tilidan, ko'zidan yomonlik otilib chiqadi. O'sha damda o'zini
o’likdek tutsa, o'sha yomonlikni qaytaradi.
O'g'lim Musomurod! Mana shu fazilatlarni egallagan kishi eng yuksak axloqiy darajaga erishadi.
Bolaginam! Bularni bilish, amal qilish bilan yaxshi inson bo'lasan. Inson faqat shu tuyg'ular
bilangina islomiyat va insoniylikni anglab yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |