Book · November 019 citations reads 2,471 authors


-§TA'LIM SIFATI BOSHQARUVINING ILMIY-



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

12-§TA'LIM SIFATI BOSHQARUVINING ILMIY-
METODOLOGIK ASOSLARI 
REJA: 
1.Ta'lim  sifati  va  samaradorligini  oshirish  yo‘nalishida  vujudga  kelayotgan 
zamonaviy talablar 
2.
 Ta'lim tizimini boshqarishga doir metodologik yondashuvlar
 
3. Ta'limda tizimli yondashuv yo‘nalishi 
Tayanch  tushunchalar:
  ta'lim  sifati,  zamonaviy  talablar,  ta'lim  tizimini 
boshqarish,  ta'limda  tizimli  yondashuv,
 
boshqaruv,  rejalashtirish,  faoliyatni 
tashkil etish, nazorat, tahlil, jarayon.
 
Ta'lim  sifati  va  samaradorligini  oshirish  yo‘nalishida  vujudga 
kelayotgan  zamonaviy  talablar
.  Mamlakatimizda  Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturining qabul qilinishi va uning asosida amalga oshirilayotgan uzluksiz ta'lim 
tizimidagi  islohotlar  rivojlanishning  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  vujudga 
kelayotgan  raqobat  muhitida  ustuvor  ahamiyat  kasb  etib,  ta'lim  sifatini 
takomillashtirish borasida yangi talablarni yuzaga keltirdi.  
Ta'lim  tizimining  sifat  darajasini  oshirish  ta'lim  standartlari  va  o‘quv 
dasturlarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanqidiy tahlil qilish hamda 
yangilash  bilan bir qatorda, ta'lim  muassasalarida pedagogik  jarayonlarni  tashkil 
etish va boshqarish tizimini ham takomillashtirishni taqozo etadi. Chunki, hozirgi 
kunda ta'lim muassasalarida yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlardan 
samarali foydalana oladigan, o‘z ishiga nisbatan talabchan, ta'lim muassasasi, oila 
va mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘ya oladigan, chuqur bilimli hamda o‘zini-o‘zi 
rivojlantiruvchi  rahbar  va  pedagog  kadrlarning  faoliyat  ko‘rsatishini  talab 
qilmoqda. 
Ta'lim  sifati  va  samaradorligini  oshirish  yo‘nalishida  vujudga  kelayotgan 
zamonaviy  talablar  sifatida:  pedagogik  jarayonlar  ishtirokchilarida  o‘zaro 
munosabatlarni,  sub'ekt-ob'ekt  va  sub'ekt-sub'ekt  munosabatlarini  tahlil  qilish  va 
muvofiqlashtirish;  kompetensiyaviy  diagnostika;  ta'lim  sifati  boshqaruvining 


253 
 
zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish; xalq ta'limi (rahbar, pedagog 
va  mutaxassis)  xodimlarida  malaka  oshirishga  bo‘lgan  ehtiyojlarni  o‘rganish, 
tahlil  qilish  va  ob'ektiv  baholash;  xalq  ta'limi  xodimlarining  kasbiy 
kompetentligini  rivojlantirish;  ta'lim  sifati  boshqaruvi  tizimini  shakllantirish  va 
muntazam takomillashtirib borish masalalarini keltirish mumkin.  
Bu  nafaqat  ta'lim  sifati  va  samaradorligini  oshirish  yo‘nalishidagi 
muammolarni,  balki  xalq  ta'limi  xodimlarining  malakasini  oshirish,  sifatni 
ta'minlashning  innovatsion  usullarini  amaliyotga  tatbiq  etish,  bir  so‘z  bilan 
aytganda, ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni ilgari surmoqda.  
Uzluksiz  ta'lim  tizimidagi  islohotlar  ta'lim  jarayonlarini  tashkil  etish  va 
boshqarish 
mexanizmlarini 
takomillashtirishni, 
ya'ni 
ta'lim 
sifati 
va 
samaradorligini  oshirishning  an'anaviy  metodlaridan  voz  kechib,  ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlanishlar  va  zamonaviy  talablarga  mos  keladigan,  demokratik 
tamoyillarga asoslangan ta'lim boshqaruvini shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu 
nafaqat boshqaruv muammolari, balki ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil 
etish  va  ularni  muvofiqlashtirish  asosida,  eng  avvalo,  ta'lim  sifati  boshqaruvini 
takomillashtirishning  yo‘l-yo‘riqlarini  aniqlash,  kompetensiyaviy  yondashuvlar 
asosida muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish vazifalarini belgilaydi.  
Ta'lim  o‘z  tarkibiga  turli  tashkil  etuvchilarni  qamrab  olgan  murakkab 
ijtimoiy  tizim  sifatida  uni  boshqarishga  alohida  yondashishni  talab  qiladi.  Shu 
bilan  birga,  ta'lim  jamiyat  ijtimoiy-iqtisodiy  faoliyatining  bir  qismi  sifatida, 
jamiyat boshqaruvining umumiy qoida va tamoyillarini ta'lim boshqaruvida ham 
qo‘llash  imkoniyatini  rad  etmaydi.  Shuning  uchun  ham  ta'lim  tizimini 
boshqarishga  doir  tadqiqotlarda  ijtimoiy  sohalarni  boshqarishni  tahlil  qilishda 
qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlardan foydalaniladi.  

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish