adolat va erkinlik sha’nga o`qiladigan tahsin va maqtovlar - haqiqatan ham
tinglovchilarda kuchli taassurot qoldirib, ishning
notiq foydasiga hal qilinishini ta’min
etardi. Biroq Sitseronning notiqlik nafosati faqatgina tantanali so`zlar doirasi bilan
chegaralanib qolmaydi. Uning nutqlarida ulug`vor uslub bilan birga oddiy iboralar,
mo`’tadil tasvirlar bab-baravar qadam tashlab boradi. Biz hatto yolg`iz bir nutq davomida
salobatli so`zlarning hazil-mutoyiba bilan, ehtirosli qizg`in xitoblarning oddiy va beozor
muloyimlik bilan galma-gal almashib turishini juda ko`p uchratamiz. Bir maromda oqqan
so`z bilan tinglovchini toliqtirib qo`ymaslik uchun so`z davomida ko`tarinki uslubni bir
parda pasaytirib, sud ishiga aloqador bo`lgan kishilarning goh salbiy, goh ijobiy
xarakteristikasini berish, ilgari o`tgan mashhur zotlar haqidagi biron latifani eslatib ketish,
lozim bo`lib qolsa ba’zi bir hayotiy manzaralarni, dramatik voqealarni tasvirlab o`tish, yo
bo`lmasa, o`rniga qarab, qandaydir biron hikmatli so`z, maqol yoki qochiriq gapni qistirib
ketish - Sitseronning eng sevgan usullaridandir. Bu xildagi ijobiy vositalar barobarida
ba’zi bir zo`raki, yasama holatlarni, mubolag`ador gaplarni xam Sitseron nutqlarida
uchratish mumkin. CHunonchi, Katilinaga qarshi aytilgan nutqida Sitseron bu odamning
go`yo Rimga o`n ikki tomondan o`t qo`ymoqchi bo`lganini, halol kishilarning bittasini
ham tirik qoldirmaslikka qasd qilganini ko`pirtirib gapiradi. Ba’zi kezlarda aybdorning
himoyasiga oxirgi so`zni aytayotganida behosdan to`xtalib, bamisoli sahnadagi artist
singari yig`lamsirash, yo bo`lmasa gunohkorning qizchasi yoki o`g`ilchasini baland
ko`targan holda xo`rsinib-xo`rsinib sudlardan bolaning otasiga rahm qilishni o`tinib
so`rash hodisalari ham Sitseron faoliyatida onda-sonda uchrab turadigan holdir.
Sitseron o`zining har bir nutqini yozishga o`tirganida, bu nutqning faqatgina
mazmundorligiga, jumlalarning to`g`riligi, so`zlarning rango-rangligiga e’tibor qilish
bilan kifoyalanmasdan, tilining ohangdor bo`lishiga ham katta ahamiyat bergan. Lotin
nazmida birinchi marta vazn sistemasini qo`llab bu sohada ajoyib natijalarga erishgan
kishi Sitserondir.
Nihoyat, Rim respublikasining so`nggi yillari, zamonasining atoqli davlat arboblari,
muallifning yor-do`stlari, shaxsiy hayoti, tabiati, sevinch va tashvishlari haqida
qimmatbaho ma’lumotlar beradigan manbalardan yana biri - Sitseronning maktublaridir.
Shu bilan birga Sitseron uslubining boshqa asarlarda ko`rinmagan ba’zi bir nozik
tomonlarini faqatgina uning maktublarida uchratish mumkin. Har bir xatning qanday
odam nomiga yozilayotganligiga qarab, ularning ohangi ham turlicha bo`ladi. Masalan,
sezar, Pompey yoki shularga o`xshash yirik davlat arboblariga yozilgan maktublarda
muallif o`zini odob, sadoqat va mutanosiblik doirasida ushlasa, qarindosh-urug`lari,
85
Aim.uz
yoronlari va sirdosh kishilariga yuborgan
Do'stlaringiz bilan baham: |