hamma
asarlarining asosiy maqsadi
-
Rim kishisini
Yunon mutafakkirlarining ta’limotlari
bilan
tanishtirishdan iborat bo`lgan. Yangidan shakllanib kelayotgan lotin tilida Yunon
faylasuflarining
ta’limotlarini bayon etish birmuncha qiyinchiliklar tug`dirganligi
vajidai, Sitseron shu og`ir ishni o`z gardaniga olib, murakkab nazariy tushunchalarni
faqatgina oddiy, o`ng`ay iboralarda emas, hatto go`zal bir shaklda o`zining ona tiliga
ko`chirishga harakat qiladi va bu vazifani katta muvaffaqiyat bilan ado etadi. Sitseron
hech qachon izchillik bilan muayyan bir falsafiy ta’limotga ergashgan emas; shuningdek
uning asarlarida muallifning o`zi yaratgan mustaqil biron nazariyani axtarish ham
noo`rindir. Rim ma’rifatparvarining falsafa sohasidagi butun faoliyatida eklektizm,
ya’ni bir necha ta’limotlarni birga qo`shib, shular yordamida o`zining g`oyalarini talqin
etish prinsipi asosiy o`rin tutadi. Shu bilan birga, Sitseron har qanday nazariyaga uning
amaliy mohiyati nuqtai nazaridan yondashib, ayni vaqtdagi axloq va siyosat talablariga
to`g`ri kelganlarini qabul qiladi, begonalarini rad etadi. Mazkur talablarga ko`ra ijtimoiy
va siyosiy hayotdan chetda turuvchi va subyektivizm g`oyalarini targ`ib etuvchi Epikur
falsafasi, Rim jamiyatining aktiv davlat arbobi bo`lgan Sitseronga yoqmaydi. Uning
diqqatini ko`proq jalb etuvchi ta’limotlar orasida eng muhimlari — Polibiy va Panetiy
falsafalaridir. Sitseron har ikkala mutafakkirning g`oyalarini targ`ib qilib yozgan bir
qancha maxsus asarlarida Rim hayotidan va o`ziniig faoliyati tajribalaridan olingan
ko`pgina misollar asosida, respublika tuzumi afzal, xususiy mulk muqaddas, dahlsiz;
demokratlar tomonidan ko`tarilgan yer islohoti, qarzlarni bekor qilish masalalari esa
aholi o`rtasida raqobatning kuchayishiga, mamlakatda osoyishtalikning yo`qolishiga
sabab bo`ladigan qo`rqinchli hodisalar, deb isbotlashga urinadi. Xullas, falsafiy
ta’limotlar Sitseronning siyosiy faoliyatida nazariy zamin vazifasini ado etuvchi bir
vosita bo`lgandir.
Umuman aytganda, Sitseronning axloq masalalariga doir falsafiy asarlari, boshqa
mutafakkirlarning ta’limotlari asosida yozilganligi vajidan, u qadar ahamiyatli bo`lmasa
ham, tarixiy manba sifatida ularning mohiyati juda ham zo`rdir. Ma’lumki, ellinizm
davrida o`tgan barcha faylasuflarning asarlari bizga qadar deyarli butunlay yetib kelgan
emas. Shu sababli Sitseron asarlarida keltiriladigan mufassal bayonotlar asosida ko`pgina
faylasuflarning ta’limotlari haqida mukammal tasavvur hosil qilishimiz mumkin Sitseron
asarlarining badiiy shakli va tilining nafisligiga kelganimizda bu jihatdan ular, albatta,
har qanday maqtovdan yuqoridir. Falsafa sohasida boshqalarning targ`ibotchisi
darajasidan yuqori ko`tarila olmagan Sitseron, so`z san’atining ustozi sifatida
tamomila yangi yo`ldan boradi va birinchi bo`lib Rim tuprog`ida notiqlik
nazariyasining mustaqil poydevorini
Do'stlaringiz bilan baham: |