ko`taradi.
Yuqorida aytganimizdek, Sitseron so`z san’ati
nazariyasiga atab anchagina asar
yozgan.
Shular orasida
uchtasi -
«Notiq haqida»,
«Brut»
va
«Notiq»
mazmunda ham,
shaklda ham eng qimmatbaho asarlar hisoblanadi. Sitserondan ilgari o`tgan va ayni
zamonda yashayotgan bir qator notiqlarning tajribalari, muallifning qariyb qirq yil davom
etgan faoliyati iatijasida orttirilgan bilim va xulosalari - ana shu risolalarda muayyan bir
ilmiy nazariya darajasiga ko`tarilgandir. Mazkur asarlarning har birida Sitseron notiqlik
san’atining eng yirik masalalaridan tortib mayda-chuyda qonun-qoidalariga qadar diqqat
bilan birma-bir ko`zdan kechiradi. Sitseronning aytishicha, notiq shunchaki so`zamol, sud
ishlarining ikir-chikir qonunlarigacha biladigan qonunparast emas, balki bekamu ko`st
davlat arbobi bo`lmog`i darkor. Shu sababli bu kasbga intilgan har bir odam faqatgina
83
Aim.uz
ritorika ilmiga taalluqli ibtidoiy bilimlarni o`rganish va o`zining Tabiiy iste’dodiga
ishonish bilan cheklanib qolmasdan, muttasil mutolaa qilmog`i, beto`xtov madaniyat
cho`qqilariga intilmog`i lozim. Tinglovchilarning ruhiga chuqur ta’sir ko`rsatishning eng
birinchi vositasi sifatida yozuvchi hammadan burun axloq, mantiq, psixologiya fanlarini
har tomonlama mukammal o`rganishni va, umuman, mavjud falsafiy ta’limotlardan keng
xabardor bo`lishni tavsiya etadi. «Odamlarning diliga, - deb yozadi Sitseron, - qo`rquv,
g`azab va qayg`u sola bilish va, aksincha, bu xilda hayajonli holatlardan xalos qilib,
ularning ruhida xotirjamlik, mehr-shafqat hislarini uyg`ota olish - notiqning asosiy
xislatidir. Agarda notiq odamlarning turli-tuman xarakterlarini sezmasa, inson tabiatiga
xos umumiy xususiyatlarni bilmasa va har bir kishini goh bezovta qiladigan, goh
tinchlantiradigan sabablarni tushunmasa - hech qachon o`zining maqsadiga erisha
olmaydi. Axir, bularning hammasi falsafaga aloqador sohalar emasmi?!» («Notiq
haqida».) Bundan tashqari, so`z orasida keltiriladigan dalillarni monand misollar bilan
isbotlash uchun har bir notiq tarix va adabiyot bilan ham oshna bo`lmog`i lozim.
Sitseron o`zining asarlarida nutqning uslubi masalalariga nihoyatda katta e’tibor
beradi. Ma’lumki, muallifning zamonasida Osiyo uslubi tarafdorlari bilan attika uslubi
tarafdorlari o`rtasida kuchli tortishuvlar borar edi. Uslubda barqarorlikni, doimiylikni
talab etgan attikachilar, har qanday nutqning oddiy, sodda va aniq bo`lishini talab
qilganlar. Sitseron «Brut» hamda «Notiq» risolalarida attikachilarning fikrlariga qarshi
chiqib, tamomila qarama-qarshi da’volarni oldinga suradi. Uning aytishicha, har
qanday notiqning ko`zda tutgan asosiy maqsadi - tinglovchining zavqini uyg`otib,
o`ziga moyil qilishdan iboratdir. Modomiki shunday ekan, chinakam so`z san’atkori
sharoitga qarab, mavjud uslublarning hammasidan bab-baravar foydalanishi zarur.
Sitseron o`zining fikrlarini isbotlash uchun Demosfen ijodiga murojaat qilib, attika go`z
san’atining ulug` namoyandasi faqat oddiy va sodda uslubninggina emas, shuningdek,
jo`shqin va hayajonli nutqning ham beqiyos ustasi bo`lganligini misol keltiradi.
«...Xullas, ...kimki jo`n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida -
o`rtamiyona, ulug` hodisalar haqida - shavq-zavq bilan gapirsa - shu odam so`z
san’atining chinakam ustasidir». («Notiq».)
Umuman aytganda, Sitseron risolalarida notiqlarga beriladigan amaliy maslahatlar
shu qadar ko`p, shu qadar rango-rang, shu qadar mazmundorki, bu kitobda ularning
hammasini batafsil bayon etishning aslo iloji yo`q. Yozuvchi, ayniqsa, til qoidalarining
katta-katta masalalaridan tortib kichkina detallarigacha shu qadar mufassal to`xtaladiki,
kishi ularni o`qiganida lotin tilining bironta sohasi uning nazaridan chetda qolmagandek
tuyuladi. Nasr tilining vazni va ohangdorligi, uzun va qisqa hijolarning, unli va undosh
tovushlarning almashuvi, bir so`zning oxiri, ikkinchi so`zning boshida ikkita unlining
qator kelishiga yo`l qo`ymaslik, so`zlarni to`g`ri talaffuz etish, grammatik qoidalarga
katta e’tibor berish va shularga o`xshash yana birmuncha masalalar Sitseronning
risolalarida to`la ifodasini topgan,
Sitseron o`zining nazariy xulosalarini uzoq yillik amaliy faoliyatida to`la-to`kis
tatbiq etadi.
Notiqning sud tartiblariga kiritgan muhim yangiliklaridan biri shundaki, u hech
qachon o`ziniig nutqlarini, eski notiqlar singari, muhokamaga quyilgan masalalar doirasi
bilan chegaralab o`girmasdan, fikr
va mulohazalarini kengroq ifodalash maqsadida,
ba’zan yo`lakay, ba’zan batafsil, turli-tuman masalalarga taqalib o`tadi. Uning, deyarli
hamma nutqlarida uchraydigan siyosiy masalalar haqidagi mulohazalar, jamiyatdagi
84
Aim.uz
ahvollar, sudlardagi tartiblar, ayrim kishilarning kirdikorlari to`g`risida bayon qilinadigan
fikrlar va, nihoyat, muallifning axloq, adabiyot, falsafa masalalariga doir muhokamalari -
shu yangiliklarning ifodasidir. Masalan, Sitseron g`ayri qonuniy yo`l bilan Rim fuqarosi
huquqini olgan shoir Arxiyni himoya qilib gapirganida, o`zining da’volarini yuridik
dalillar bilan isbotlab o`tirmasdan, nazmning ahamiyati, ulug` shoirlarning vatan oldidagi
xizmatlari to`g`risida anchagina maqtovli so`zlar aytib, Arxiydek mo`tabar shoirga Rim
fuqarosi huquqini berish - sud hay’ati uchun faxrli bir sharaf ekanligini ta’kidlaydi.
Sitseronning ritorik asarlarida tantanali ulug`vor nutqning ta’sirchanligi haqida
anchagina so`z aytilganligini yuqorida qayd qilib o`tgan edik. Notiq bu uslubning
qanchalik nodir ustasi ekanligini amaliy faoliyatida ravshan ko`rsatadi. Sitseron
nutqlarining xotima qismlarida, ayniqsa, ko`proq ishlatiladigan tumtaroqli balandparvoz
iboralar, a’zoyi badanni harakatga keltirib, ma’budlarga qarata aytiladigan xitob va
nidolar,
Do'stlaringiz bilan baham: |