O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


ABU ABDULLOH RO`DAKIY (858-941)



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

ABU ABDULLOH RO`DAKIY (858-941)
Abu Abdulloh Ro`dakiy fors-tojik adabiyotining asoschilaridan bo`lib, Somoniylar
podsholigi   zamonida   Buxoroda   tug`ilgan.   Zamonasining   mashhur   tarixchi,   faylasuf,
olimlaridan muntazam tahsil olgan. Abdullohni saroyga chaqirishadi. Ro`dakiy  yozgan
asarlarning oz miqdori bixzgacha yetib kelgan. Unda shoir haqiqiy hayotni tasvirlashga
harakat qiladi. Ayniqsa, «Qarilikdan shikoyat», «May onasi» qasidalari va o`nlab o`ynoqi,
ravon, sermazmun g`azallari kishini o`ziga maftun etadi. Shoir ijodini ilmiy o`rgangan
olimlar   uning   «Kalila   va   Dimna»   ni   nazmga   aylantirganini   qayd   etadilar.  Somoniylar
saroyidagi  muhitga  o`rganolmay  qolgan  Ro`dakiy  o`zi  tug`ilgan  Panjrudak  qishlog`iga
qaytadi. 941-yilda o`sha yerda vafot etdi. 1957-yili dunyo bo`yicha Ro`dakiyning 1100
yilligi keng nishonlandi. 1963-yilda Tojikiston hukumati eng yaxshi badiiy asar uchun
Ro`dakiy nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etdi.
«Qarilikdan shikoyat» asari shoir Ro`dakiyning hasbi holi tarzida qabul qilinadi.
O`zbek   tiliga   G`afur   G`ulom   juda   sodda,   ravon   tarjima   qilgan.   Shoir   qarilik   holatini
tishining to`kilishi, sochining oqarishi, qaddining xam bo`lishi tarzida tasvirlaydi:
Tishim bari to`kilib ketdi, durri g`alton ketdi,
Ularni tish dema, balki charog`i tabon edi.
Oqish kumush edi-yu, xuddi duru marjon edi,
Buloqning qatrasi yoinki tongda cho`lpon edi.
Dunyoning   bevafoligini   uqtirgn   shoir   yoshlik   kezlarini   eslaydi.   Shod-xurram
yurgani-yu gajak-gajak qora sochini, atlas kabi yuzining tiniqligi-yu bir ko`p kanizaklar
unga oshiqligini zavq bilan qalamga oladi:
Sen, ey yuzi to`lin oydek go`zal, ne bilgaysan?
Besh olti kuni nari holim nechog`li shodon edi?
Ko`pincha sen gajaging birla menga maqtanasan?
Gajak-gajak qaro sochim misoli chavgon edi.
Yuzim tekisligi atlas kabi zamon o`tdi,
Mening sochim u zamonda qaro-yu qatron edi.
Ro`dakiy   yoshligidagi   ijodiy   shijoatini   tasvirlarkan,   she'riy   tilining   burroligini   alohida
uqtiradi. O`shanda u o`zining eng boy inson deb biladi:
Dilim xazinasi o`z gavhari-la limmo-lim,
Qayonga xatki yozibman she'r muhr unvon edi.
Ko`rib turibsan o`zing Ro`dakiyni, oy yuzlim,
Ko`rolmading uni, attangki, u boy inson edi.
Shoir o`zining yigitlarning yigiti, she'rlari olamga manzur, devon tuzgan Xuroson
shuarosi   deb   bilib,   mazkur   yuksalishning   ulug`   manbai   Somoniyligiga   alohida   urg`u
beradi:
Butun she'rlari manzuru tinglamish olam,
Butun she'rlari o`z-o`zigacha devon edi.
Uning she'rlarini tinglagan jahon o`tdi,
6


Aim.uz
Kechib zamonaki, ul shoiri Xuroson edi.
To`yin-to`kin, bu ulug`lik sabablarini so`rasang, 
Bu ne'matu bu ulug` manbai oliy Somon edi.
Asar oxirida shoir xulosalaydi: avvalo, umr o`tdi, tishlar to`kilib, sochlar oqardi,
qarilik o`z haqqini oldi. Yoshlikdagi qiziqishu, quvonchlar o`tdi-yu, ketdi. Ikkinchidan, biz
yashagan yoshlik damlari va quvonchlarining vaqti zamoni o`tdi, ya'ni endi Somoniylar
davlatining zamoni emas:
Zamona aynadi, men ham tamoman o`zgardim,
Asomni qo`lga ber endi, u  boshqa davron edi.
Xullas, Ro`dakiy sazkur asarida tug`ilishidan to qarilikkacha bo`lgan davrini real
tasvirlashga intiladi.
Ro`dakiy   qit'alarida   ko`tarilgan   mavzu   ijtimoiylikdan   odamiy   munosabatlarga
o`tadi, ya'ni zamonadan noliyotgan shoir birdan samimiy ishqqa o`tadi.
Zamona menga juda qimmat nasihat etdi,
Agar bilsang, zamon to`la nasihat erur.
Dedi: o`zdan balandroqni ko`rib g`am yema,
Ko`p kishi bor, sen bo`lishni orzu qilur.
Uning fikricha, ishq mayidan bir tomchi Nil daryosiga tushsa, hidi nahangni mast
qiladi.   Agar   sahroda   chanqagan   kiyik   bir   qatra   ichsa,   o`zini   arslonday   tutib,   sherni
nazariga ilmaydi. Ishqqa mubtalo oshiqqa har qanday to`siq pisand emas:
Bu maydan bir tomchi Nil ichra tushsa,
Hamisha mast qilur hidi nahangni.
Kiyik bir qatrasin sahroda ichsa,
Arslondek ko`ziga ilmas palangni .
Ro`dakiyning «Jahonning shodligi yig`ilsa bugun…» matla'i bilan boshlanadigan
masnaviysini   Muinzoda   go`zal   tarzda   tarjima   qitlganki,   kattadan   kichik   barchasi   yod
olgan:
Jahonni shodligi yig`ilsa butun,
Do`stlar diydoridan bo`lolmas ustun.
Har qancha bo`lsa ham olamda achchiq,
Achchiqroqdir dono do`stdan ayriliq.
Odamdan yuqori turarkan olam,
Bilim oshirmoqqa muhtojdir odam.
Aqlli kishilar har qaysi tilda,
Har qanday zamonda, har qaysi xilda.
Bilimlarni to`plab, hurmat etdilar,
Toshlarga naqsh etib, bitib ketdilar:
Odamlar qalbining chirog`i bilim,
Yomondan saqlanish yarog`i bilim.
Agar menga birov dushmanlik qilsa,
Doimo do`stlikni ko`zlayman unga,
Muloyimlik bilan so`zlayman unga.
7


Aim.uz

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish