Sho‘rxoq cho‘l zonasi.
Kuzatishlarimiz olib borilgan rayonning shimoliy
g‘arb va janubiy g‘arbiy hududlarida uchraydi, buday yerlarda sizot suvlar juda
yuza joylashgan. Chunki bahor va qish bo‘yi yoqqan yomg‘ir shu yerlarga oqib
keladi, natijada sho‘rxoq uchastkalar paydo bo‘ladi. Tuproqning ustki qatlamini
sho‘r bosgach, u o‘simlikning o‘sishiga imkon bermaydi. Sho‘r va sho‘rxok yerlar
tarkibidagi tuzning miqdoriga qarab turli xil: taqir, qattiq, quruq, ho‘l sho‘rxoq va
botqoq sho‘rxoqlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Taqir yerlarning chekkalarida va yoriqlar orasidagi yaltirbosh,
qo‘ng‘irbosh, kamg‘oq, uchma, choy o‘t, momiq kabi efemer va efemeroidlar
o‘sadi. O‘simliklar turi va qoplamining kamligi tufayli taqir yerlar deyarli yaylov
xizmatini o‘tay oldi. Shu sababli na dehqonchilikda na chorvachiliqda
foydalanilmasdan kelinayotgan bunday yerlarni o‘simliklar ekish- fitomelioratsiya
yo‘li bilan yaxshilash va hosildorligini oshirish yaylovshunos olimlar, qishloq
xo‘jaligi mo‘taxassislari oldidagi muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi.
Qorabarak –
sho‘radoshlar oilasiga mansub buta bo‘lib, bo‘yi 1,3,5 mga
etadi, poyasi kuchli shoxlangan bir yillik navdalari kul rang, sersuv va tuksiz
bo‘ladi. U mart oyida ko‘karadi. Ildizi o‘q ildiz, ancha chuqur joylashadi.
Qorabarak iyun-iyul oylarida gullaydi, gullari oq, urug‘idan yaxshi ko‘karadi.
Qorabarakni mollar ko‘kligida yaxshi emaydi. U qurigach kuz va qishda
boshqa o‘simliklar qor ostida qolganda, u qordan yuqori chiqib turadi, shoxchalari
nam bilan yumshab tarkibidagi tuzlar kamaygach mollar ishtaha bilan eydi . U
asosan nam va sersuv sho‘rxok yerlarda keng tarqalgan.
Sarsazan-
sho‘radoshlar oilasiga kiradi. Bo‘yi 10-30 sm ga etadi, yarim
buta holida o‘sadi. Poyasi juda shoxlangan, sersuv, ba’zan bir tupi 1 m kv joyni
egallaydi. U yer bag‘irlab o‘suvchi o‘simliklar avlodiga mansub. Barglari juda kam,
qisqarib ketgan. Sarsazan mart- aprel oylarida ko‘karadi, iyul-avgust oylarida
gullaydi. Gullari kichik, ko‘rimsiz. Mevasi avgust-oqtyabr oylarida pishadi.
Respublikamizning sho‘rxok yerlari keng tarqalgan.
Qora sho‘ra-
sho‘radoshlar oilasiga kiradi. Bo‘yi 5-50 smga etadi. Bir xil
o‘sadi. Poyas i asosidan shoxlangan, bo‘g‘inli, sersuv, tuksiz.
Qorasho‘ra
26
mart-aprel oylarida ko‘karadi. Ildizi o‘q ildizli. Ko‘pincha yerning yuza qismida
yon ildizlar hosil qiladi, iyun oyida gullaydi. Gullari qisqa, boshoqsimon. Mevasi
iyun-avgust oylarida pishadi. Urug‘i ilmoqsimon, mayda tukchalar bilan
qoplangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |