Alohida ifodalangan va uncha chuqur bo‘lmagan tovoqsimon,
novasimon ko‘rinishiga ega bo‘lgan byerk botiqlar.
Bularga To‘dakul,
Quyimazor, Sho‘rkul, Xojkab, Og’itma, Qoraxotin, Qoraqir, Katta Tuzkon,
Dengizko‘l kabilar kiradi. Hozirgi paytda bu botiqlar suv omborlari, tashlama
ko‘llar sifatida foydalanilmoqda. Sun’iy yaratilgan bu ko‘llar atrofida yuqorida
qayd etilganidek botqoqlanish, sho‘rlanish, kimyoviy ifloslanish kabi salbiy
jarayonlar davom etmoqda.
Viloyat tabiatining ekologik xususiyatini belgilovchi bosh omillardan biri
iqlimiy sharoitdir. Bu maskan uchun Osiyoning janubiy cho‘llariga xos bo‘lgan
iqlim, ya’ni subtropik belgilarga ega bo‘lgan keskin kontinental cho‘l iqlimi
haraktyerlidir. Kecha bilan kunduz, qish bilan yoz havosi haroratlari o‘rtasidagi
keskinlik, nisbatan syernam ba’zida ofatli (qora sovuqlar, sel, do‘l yog‘ishi, kuchli
shamollar) bahor; uzoq (V-IX oylar) quruq, jazirama va o‘rta yorug‘ yoz; qisqa (V-
XI) va turg‘unsiz kuz; iliq ba’zida esa ayozli muhim bo‘lmagan qish iqlimning
asosiy belgilaridir. Kuyoshli davr Toshkent, Termiz shaharlarida 2852 va 3053
soatdan bulsa, Buxoro hududida bu kursatgich 2800-3000 soatni tashkil qiladi.
Yorug‘lik kuchi ayniqsa, V-IX oylarda yuqori bo’ladi. Bu omil cho‘l zonasida
organik dunyoning rivojiga, hayot tarziga ko‘p qirrali ta’sir etadi. Issiqlikning
manbai hisoblangan kuyosh radiatsiyasining miqdori ham yuqori 150-160 k/kal ga
yetadi. Kunlik haroratning o‘rtacha musbat o’n darajadan yuqori bo‘lgan yillik
yigindisi 4800-5100
o
gacha boradi. Eng sovuq davr yanvar oyi bo‘lib, o‘rtacha
harorat 0,0
o
va -0,6
o
atrofidadir. Eng issiq oyda o‘rtacha harorat 28,0
o
va -31,5
o
atrofida bo’ladi. Eng past haroratning -25
o
gacha pasayishi va eng yuqori
haroratning 45
o
va +46
o
gacha ko‘tarilishi kuzatiladi. Haroratdagi bu keskin
farklanish (68-72
o
) mavjudodlar uchun ofatlidir. Hatto yilning iliq davrida kecha
va kunduz o‘rtasidagi havo haroratida ham farklanish katta «javzoda javrab
o‘tgan» (javzo oyi 21 maydan 21 iyungacha davom etadi) degan xalq iborasi bejiz
yaratilmagan.
Viloyat hududida tabiiy namlanish yetarli emas. Atmosfera yoginlarining
yillik miqdori 90-150 mm ni tashkil qiladi. Yer yuzidan mumkin bo‘lgan parlanish
esa 2000 mm gacha boradi. Bu jihatdan Buxoro hududi o‘ta qurgoqchil zonaga
mansubdir. Bu yoginlar ham yil davomida notekis taksimlanadi. Bahorga nisbatan
sernam bo‘lib yoginlarning 45-55 % shu davrda to‘g‘ri keladi. Qish faslida esa bu
kursatgich 35-40 % ga teng. Yoz fasli o‘ta quruq havoning nisbiy namligi iyul,
avgust oylarida 10-20 % gacha pasayadi va ofatli issik (garmsel) shamollarga
sabab bo’ladi. Bu o’rinda qayd qilish lozimki, cho‘l zonasining tabiati yil
davomida organik dunyo uchun talay qulayliklarga ega, lekin quruq, o‘ta yorug‘,
jazirama uzoq davom etadigan yoz davri organik dunyo va insonlar uchun qiyin
kechadi. Bu davrda cho‘l cho‘lligini aynan namoyon qiladi.
10
Cho‘l zonasidagi bioekologik holatni shamollarsiz tasavvur qilib bulmaydi.
Issiq va qurgoqchil iqlim va mavjud yarim-yalangoch qaqragang yuzalar
chamollarning yaratuvchilik kuchiga qulay imkoniyat yaratib beradi.
Aksariyat shimoldan esadigan bu maskandagi shamollar uzoq tarixiy davrda
katta qumli maydonlarni bunyodga keltiradi. Bular viloyatni taxminan uchdan bir
qismini egallaydi. Shamollar kuchi tufayli harakatga keladigan bu qumlar XIX
asrning ikkichi yarmidan asrimizning birinchi choragigacha organik dunyoga,
odamlar boshiga katta kulfatlar keltirgan. «Qum bosish» davrida faqatgina Buxoro-
Qorako‘l vohalarining shimoliy etagida joylashgan 60 ming gektardan ortiq obod
yerlar, qishloq, shaharlar qumlar ostiga qolib ketgan.
Yuqorida viloyat hududida tabiiy namlanishni etishmasligi qayd qilingan edi.
Eng aginarlisi shuki, bu maskanda maxalliy ichimlik, sug‘orma suvlar yo‘q
hisobida. Past tog‘lar etagidagi katta-kichik soylar erta bahordan
Do'stlaringiz bilan baham: |