Past tog‘lar va ularni xalkasimon o‘rab turgan qiya prolyuvial
maydonlar.
Bularga viloyatni shimol tomonidan o‘rab turgan Quljuqtog‘ tizmasi,
Ko‘kchatog‘ qirlari (487 m), Tuzkon tog‘i (367 m) ularga to‘tash nishob tekisliklar
kiradi va relefdagi eng baland zinapoya hisoblanadi. Bular aksariyat poliozoy,
mezozoy davrlarining qumtosh, gilli silans va uvulangan tog‘ jinslaridan tarkib
topgan.
Nurash va katta-kichik soylarining erozion faoliyati tufayli rel’ef
parchalangan va aksariyat gumbazsimon tog‘lar shaklini olgan. Tog‘larning
yonbag‘ir-etaklari uvalangan toshlardan iborat bo‘lib o‘simliklarning unib o‘sishi
uchun noqulayliklar tug‘diradi. Lekin soylar etagida yer osti suvlarining yaqinligi,
ekotiplarning rang-barangligi organik dunyoning xilma-xilligiga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |