203
LABARATORIYA ISHI 15-16
Mavzu:
Internet resurslar va ulardan o‗quv jarayonida foydalanish.
Ishning maqsadi: :
Internet resurslar va ulardan o‗quv jarayonida foydalanish
o‘rganish
Qisqacha nazariy ma‟lumot.
Ta‘lim Web-serverida EO‘K ni taqdim etish xususiyatlari. Agar elektron
o‘quv kursi dastlab, alohida kompyuterda avtonom foydalanish uchun ishlab
chiqilgan bo‘lsa, uni tarmoqning (lokal yoki Internet) maxsus ajratilgan serverida
joylashtirish uchun maxsus qayta ishlash talab etiladi. Avvaldan universal
foydalanishga mo‘ljallangan va shunga muvofiq, gipermatnli texnologiya asosida
tayyorlangan kurslar bundan mustasno. Hozirgi vaqtda bunday yondashuv keng
tarqalmoqda, shuning uchun elektron o‘quv kursini ta‘lim Web-serverida taqdim
etish xususiyatlari nafaqat kursning o‘zi bilan, balki axborotni va berilgan serverda
o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkillashtirish uchun, qanday umumiy
prinsiplar tanlangani bilan ham bog‘liq. Ta‘lim serverlarining Internet tarmog‘ida
ishlashi bilan tanishib, hozirgi vaqtda o‘quv materiallarini taqdim etishga ham,
o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkillashtirishga ham yagona yondashuv va
standartlar ishlab chiqilmaganligini ko‘rish mumkin. Taklif qilinayotgan axborot
kurslarining muhofazalanganlik darajasi, berilgan o‘quv yurti o‘quvchilarining tor
doirasi uchun faqat parol bo‘yicha cheklangan foydalanishdan tortib, ochiq
foydalanish rejimida o‘quv-metodik materiallar, ilmiy maqolalar va sh.k.larni
to‘liq taqdim etilishigacha oraliqda tebranadi.
Ta‘lim tizimida maktab, oliy o‘quv yurtidan tortib regional va Umum
Rossiya darajasida telekommunikatsiyalar markazlari yaratilmoqda. Shu
munosabat bilan, makonda taqsimlangan ta‘lim tizimining asosi sifatida Internet
global tarmog‘ida ta‘lim serverini yaratish texnologiyasining o‘zini va ilmiy-
metodologik asoslarni ishlab chiqish ayniqsa dolzarb bo‘lib bormoqda. Rossiya
o‘quv yurtlari ishni asosan quyidagi yo‘nalishlarda olib bormoqda.
• O‘quv yurtining ixtisoslashtirilgan ta‘lim Web-serverida va alohida
bo‘linmalarning serverlarida turli xil o‘quv-metodik, namoyish qilinadigan va
obzorli materiallar taqdim etiladi. O‘quv yurti mutaxassislari ushbu holatda ta‘lim
serveri konsepsiyasini mustaqil belgilaydilar (5-rasm).
• Regional ta‘lim Web-serverlar bazasida axborot-ta‘lim muhiti shakllantiriladi,
uning mazmunan to‘ldirilishi turli o‘quv yurtlari pedagoglarining birgalikdagi
sa‘y-harakatlari bilan amalga oshiriladi.
• Umum Rossiya virtual ta‘lim makonini yaratish dasturi doirasida, joylarda
Rossiya virtual universitetining regional markazlari tashkil qilinadi. Mavjud
bo‘lgan, shu jumladan, ushbu dasturda qatnashayotgan boshqa oliy o‘quv
yurtlaridagi elektron o‘quv resurslari to‘g‘risidagi axborotdan barcha manfaatdor
shaxslar – o‘qituvchilar, talabalar Internet orqali foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Barcha regional markazlar o‘quv resurslaridan foydalanish uchun yagona qobiqdan
foydalanadilar. Ularning gipermatnli texnologiya yordamida rasmiylashtirilgan
bo‘lishi, ular uchun yagona cheklash hisoblanadi.
204
Ta‘lim Web-serveri konsepsiyasi. Makonda taqsimlangan ta‘lim tizimini
yaratishdagi ko‘plab masalalarni hal qilishda, pedagoglar ham, o‘quvchilar ham
katta rol o‘ynashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |