Fizika matematika fakulteti axborot texnologiyalari



Download 7,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/303
Sana02.01.2022
Hajmi7,16 Mb.
#306819
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   303
Bog'liq
axborot tizimlari va texnologiyalari fanidan

Masalani qo‟yilishi. 
      Ta‘lim  Web-serveri  negizidagi  virtual  o‘quv  markazini  axborot  jihatdan 
qo‘llab-quvvatlash  kompleksini  shakllantirish  va  rivojlantirishning  ustuvor 
yo‘nalishlari sifatida, ikkita asosiy yo‘nalishni belgilash mumkin. 
       Birinchi  yo‘nalish  –  bu  o‘quv  yurti  serverida  joylashtirilgan  va  virtual  o‘quv 
markazi  ma‘muriy,  o‘quv-metodik,  ilmiy-tadqiqot  faoliyatining  axborot  jihatdan 
qo‘llab-quvvatlanishini ta‘minlaydigan axborot-ma‘muriy  Web-saytini loyihalash. 
Bunday  saytlar  mustaqil  ahamiyat  kasb  etadi,  ularni  rasmiy  Web-sahifalar  bilan 
almashtirib  bo‘lmaydi,  chunki  ularning  strukturasi  virtual  o‘quv  markazi 
faoliyatining xarakteri bilan belgilanishi kerak. Bu, masofadan o‘qitish ham, ijodiy 
loyihalarni  bajarish  ham,  tarmoq  olimpiadalarini  o‘tkazish  ham  bo‘lishi  mumkin. 
Tegishlicha,  bu  yo‘nalishlarning  har  biri  uchun,  sayt  negizida  shuni 
tashkillashtirishga  alohida  yondashuv  talab  etiladi.  Aynan,  pedagog  axborot 
resurslaridan 
foydalanish 
tartibini 
rejalash-tirishi, 
o‘quvchilar  bo‘yicha 
ma‘lumotlar bazasida serverda to‘planadigan axborot yordamida, o‘quv yoki ijodiy 
jarayon boshqarilishini va monitoring tashkillashtirilishini mulohaza qilib ko‘rishi 
mumkin. Loyiha dasturiy jihatdan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi (oliy 
o‘quv yurtlarida bu axborot texnologiyalari markazlarining yoki boshqa o‘xshash 
struktura-larning  xodimlaridir).  Albatta,  bunday  saytlar  yaratilishini  bosqichma-
bosqich,  pastdan  yuqoriga  texnologiyasida  –  o‘quvchilarni  oddiy  ro‘yxatga 
olishdan  tortib,  virtual  o‘quv  markazi  butun  faoliyatini  to‘la  ma‘muriy 
boshqarishgacha,  real  amalga  oshirish  mumkin.  Ikkinchi  yo‘nalishning  mohiyati, 
ta‘lim  serverini  mazmunan  to‘ldirish  uchun  turli  elektron  o‘quv  materiallari 
tayyorlashda  ko‘rinadi.  Bu  ishda  asosiy  rol,  albatta  pedagoglarga  tegishli,  lekin 
o‘quvchilar  uchun  ham  keng  faoliyat  maydoni  ochiladi.  Bu,  masalan,  obzorli 
materiallarni ichiga oluvchi Web-sahifalarni tayyorlash, u yoki bu fan bo‘yicha eng 
qimmatli 
axborot 
manbalari 
(Internet 
havolalari) 
ro‘yxatlari  bo‘lgan 
annotasiyalangan kataloglar, modellashtiruvchi dasturlarda ma‘lumotlar bazalarini 
shakllantirish  bo‘lishi  mumkin.  Gipermatnli  texnologiyadan  foydalanish,  ham 
pedagoglar,  ham  o‘quvchilar  uchun  axborot  bilan  ishlash  imkoniyatini  doimo 
yaxshilab borgan holda, butun tizimni oson o‘zgartirish va kengaytirish imkonini 
beradi. 
      Gipermatnli  texnologiyadan  foydalanish  o‘z-o‘zidan  barcha  ishlanmalarni 
yagona standart doirasiga kiritadi, lekin O‘AT dasturiy ta‘minoti kompleks ishlashi 
uchun,  odatda,  yagona  axborot  makoni  shakllanishini  ta‘minlaydigan  va  o‘zida, 
o‘quvchilar, o‘quv yurti pedagoglari va ma‘muriyati operativ foydalana oladigan, 
muammoga  yo‘naltirilgan  axborot  muhitini ifodalaydigan standart dastur  – qobiq 
tuziladi  yoki  jalb  qilinadi.  Bunday  qobiqlarni  (VLE,  Net-maktab  va  boshqalar) 
joriy  qilish  pedagoglarning  bevosita  ishtirokida  olib  borilmoqda.  Pedagoglar 
tajriba  foydalanish  bosqichidayoq,  o‘z  takliflarini  ishlab  chiquvchilarga  bergan 


205 
 
 
 
 
 
holda,  ta‘lim  jarayonini  tashkillashtirish  uchun  ularning  imkoniyatlarini 
o‘rganadilar.  Biroq,  afsuski,  bunday  dasturiy  ta‘minot  uchun  yagona  standart 
hozircha  ishlab  chiqilmagan.  Masofadan  va  ochiq  o‘qitish  dasturlarini  amalga 
oshiradigan  o‘quv  yurtlari  va  markazlari  (mamlakatimizdagi  va  chet  eldagi), 
axborot  muhitini  saqlab  turish  uchun  faoliyatlarining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini 
hisobga olgan holda, o‘zlarining dasturiy ta‘minotini ishlab chiqishmoqda. 
      Bundan tashqari, standartlashtirilgan dasturiy vositalarning yo‘qligi tufayli, 
o‘quv yurtlari kommunikasion texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 
mo‘ljallangan dasturiy ta‘minotni sotib olishlariga yoki ishlab chiqishlariga to‘g‘ri 
keladi. Bularga, lokal tarmoq hamda Internet orqali o‘quv-metodik materialdan 
foydalanishni va ular bilan ishlashni tashkillashtirish vositalari; ta‘lim (o‘quv) 
dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari, topshiriqlarni va sh.k. tarmoqlar orqali yuborish, 
testlashni tashkillashtirish va o‘tkazish kiradi. 

Download 7,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish