210
GLOSSARIY
Animatsiya (Анимация, Animation)
- Bir necha tasvir yoki kadrlarni ko‘rsatish
orqali yaratiladigan harakat taqlidi. Televideniedagi multfilmlar animatsiyaning bir
turidir. Kompyuterlardagi animatsiya ko‘ptashuvchili taqdimotlarning eng asosiy
tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida ko‘rish mumkin bo‘lgan
animatsiyalarni yaratish imkonini beruvchi ko‘plab dasturiy qo‘llanmalar mavjud.
Animatsiya va video o‘rtasidagi farqqa e‘tibor bering. Video davom etuvchi
harakatdan iborat bo‘lib, diskret kadrlarga bo‘lingan bo‘lsa, animatsiya mustaqil
rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi harakat tasavvurini yaratish uchun
birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: