3.3. Amir Temurning iqtisodiy qarashlari
Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni
boshqarishda o‗ziga xos maktab yaratdi.
Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh
vazir)dan tashqari har bir viloyatda Devon
deyiluvchi boshqarma bo‗lgan. U davlatning
muhim ishlarini: soliq yig‗ish, tartib saqlashni,
ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo‗l-
lar, suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat
qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan
Amir Temur (1336-1405)
58
tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu tarozi
to‗g‗riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq
jazolangan.
Mamlakatda ko‗rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar,
birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og‗ir
ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. A.Temur:
“Raiyatni
xonavayron qilish davlat xazinasining kambag„alashishiga olib keladi.
Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab
bo„ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o„z navbatida, saltanatning
kuchsizlanishiga olib boradi”
, – deb ta‘kidlaydi.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e‘tibor berilgan bo‗lib, yerga
egalik qilish quyidagi ko‗rinishlarda bo‗lgan:
1.
Suyurg„ol yerlar.
Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan
ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o‗tgan. Suyurg‗ol egasi
soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer
solig‗i – xiroj olganlar.
2.
Tarxon yerlar.
Bu yerlar xususiy mulk bo‗lib, ular odamlarga
biron-bir xizmati uchun berilgan.
3.
Ushr yerlar.
Sayid va xo‗jalarga mansub yerlar. Bu yerlarda
olingan hosilning o‗ndan biri davlatga berilgan.
4.
Vaqf yerlar.
Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari
joylarga doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar
mol-mulki bilan in‘om etiladi.
5.
Askarlarga, ularning rahbarlariga
beriladigan yerlar.
Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini
tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog‗ ko‗kartirsa
yoxud birorta xarob bo‗lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan
soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o‗z roziligi bilan berganini olgan.
Uchinchi yil xiroj yig‗ilgan. Mazkur muammoga bunday yondashuv
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo‗lov-
chilar qo‗nib o‗tadigan, kambag‗al yetim-yesirlarga ovqat beriladigan
joy), g‗aribxonalarni qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bunyod
etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim, deb bilgan va
ularni amalga oshirish uchun harakat qilgan.
Amir Temur Angliya va Fransiya
qirollariga murojaat qilib,
xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga
harakat qilgan. Mashriqdan
59
mag‗ribgacha bo‗lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur
bo‗lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon
yo‗lida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, yem-
xashak, oziq-ovqat, suv bo‗lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq
jazolangan. Shu narsaga alohida e‘tibor berish kerakki, chetdan olib
kelingan tovarlar ustiga
10 foiz narx
qo‗shib sotish mumkin bo‗lgan. Bu
hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga bo‗lgan
talabni kuchaytirsa, ikkinchidan – aholining iste‘mol buyumlariga
bo‗lgan ehtiyojini to‗laroq qondirish imkonini beradi.
A.Temurning iqtisodiy fikrlari
Do'stlaringiz bilan baham: |