SO‘ZLARNING ISHLATILISHIGA KO‘RA TASNin Umumiy leksika — tilda keng qo'llaniluvchi, ishlatilishi chega-
ralanmagan so'zlar.
Dialektizm — lahja va shevalarda ishlatiluvchi so'z yoki ibora.
Masalan: shoti (narvon), likop (tarelka).
Professionalizm — ma’lum kasb-hunarga tegishli so'zlar.
Aktiv lug‘at (aktiv leksika) — keng qo'llanuvchi, ko'pchilikka
tushunarli bo'lgan so'zlar yig'indisi. Masalan: mashina, suv kabi.
Passiv lug'at (passiv leksika) — nutqda kam qo'llanuvchi so'zlar
yig'indisi. Masalan, zotan, po'rtana kabi.
Neologizm — tilda yangi paydo bo'lgan so'zlar.
Istorizm — tilda eskirib qolgan so'zlar. Masalan: ellikboshi,
yuzboshi, qozi kabi.
Arxaizm — tilda bor bo'lib hozir boshqa shaklda qo'llanuvchi
so'zlar. Masalan: ta’til — kanikul, farmon — buyruq kabi.