Boshqaruv aloqasi — hokim so'z tobe so'zning ma’lum shaklda
bo'lishini talab qiluvchi aloqa: kitob o'qimoq, dars tayyorlamoq.
Sintagma — ma’nosi jihatdan bog'langan ikki yoki undan ortiq
so'zlaming ohang vositasida bog'lanishi.
Sodda gap — faqat bosh bo'lakdan iborat bo'lgan gap: Bahor
keldi.
Bir tarkibli (sostavli)
gap — tarkibida bir bosh bo'lagi bo'lgan gap.
Maktabga kelishdi.
Ikki tarkibli (sostavli)
gap — ega va kesimi bo'lgan gap: Komil
o'qidi.
Atov gap (nominativ gap) — bosh bo'lagi otning bosh kelishigi
bilan ifodalangan bir tarkibli gap: Ertalab. Sovuq. Soat olti kabi.
Shaxssiz gap — egasi bo'lmagan bir tarkibli gap: 0 ‘qish kerak.