Shaxsi noaniq gap
— kesimi fe’lning 3-shaxsi bilan ifodalangan,
shaxsi (egasi) noma’lum bir tarkibli gap: Aytishlaricha, ... So‘ziga
qaraganda, ... kabi.
Yig‘iq gap
— bir ega va bir kesimga ega bo‘lgan gap: Shokir keldi.
Yoyiq gap
— bosh bo'laklari bilan birga ikkinchi darajali bo'lak
lari (aniqlovchi, hoi, to'ldiruvchi) bo'lgan gap: Mirza chiroyli she’r
yozdi.
Qo'shma gap
— tarkibida bir necha gap bo'laklari bo'lgan gap:
Ahmad menga kecha bergan kitobni o'qidim va kitob menda juda
yaxshi taassurot qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |