Emotsional ma’no
— his-hayajon tuyg'usini ifodalovchi ma’no.
Masalan: do'ndiq, mitti (juda kichik ma’nosida).
Stilistik ma’no
— obrazli, his-hayajon tuyg'usini ifodalovchi
ma’no.
FRAZEOLOGIYA
Frazeologizm
— tildagi turg‘un birikmalar. Frazeologik birik-
malaming umumiy nomi.
Frazeologik qo‘shilma
— tarkibidagi bir so‘z to'g'ri, ikkinchisi
ko'chma ma’noda bo'lib birikkan
ibora. Masalan: hordiq (to'g'ri
ma’noda) chiqarmoq (ko'chma ma’noda) kabi.
Frazeologik butunlik
— tarkibidagi so'zlaming ma’nolari va gram
matik jihati birikib, umumiy ko'chma ma’no beruvchi turg'un birik-
ma. Masalan: eti suyakka yopishgan (ozg'in), yuragi orqasiga tort-
moq(qo'rqmoq).
Frazeologik chatishma
— tarkibidagi so'zlaming ma’nolari bilan
ibora ifoda etgan ma’no o'rtasida hech qanday leksik aloqa sezil-
maydigan frazeologizm. Masalan: sichqonning inini ijaraga olmoq,
temimi qizig'ida bosmoq kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |